Telegram Group Search
#Oʻqituvchilar_olimpiadasi
#Respublika_bosqichi
#1_kun

⚡️Oʻqituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi oʻtkazilmoqda

Olimpiadaning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev hamda olimpiada ishtirokchilari va mutasaddilari qatnashdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Andijon axboroti | "Yangi Oʻzbekiston" universiteti professor-oʻqituvchilaridan mahorat darslari
#andijonMTRK

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Guliston shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Nozima Sotiboldiyeva IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

🤩 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Zahro Polvonnazirova IELTS imtihonidan 8 ballni qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

KANADALIK O‘QUVCHILAR PREZIDENT MAKTABI MEHMONI

Mamlakatimizda Kanadaning "O‘zbekistonliklar Assotsiatsiyasi" vakillari, o‘quvchi yoshlaridan iborat delegatsiya mehmon bo‘lib turibdi.

"O‘zbekiston bo‘ylab sayohat" dasturi doirasida delegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Prezident maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasi faoliyati, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Kampus tur ishtirokchilarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev kutib oldi.

Mehmonlarga O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi yangiliklar va yutuqlar, Prezident maktablarining ilg‘or va innovatsion ta’lim tizimi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, kanadalik o‘quvchilar ta’lim muassasasida O‘zbekistonning boy milliy madaniyati va san’ati, o‘zbek xalqi an’analarining turli jihatlari, musiqasi, raqslari va san’at shakllari haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazmalarni tomosha qilib, o‘zlari uchun yangi bilim va koʻnikmalar oldi.

Kampus tur davomida Prezident maktabi o‘quvchilari va kanadalik yoshlar o‘rtasida samimiy va qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shu kabi tadbirlar madaniyatlararo aloqalarni mustahkamlash va yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik munosabatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
2025/03/12 00:50:46
Back to Top
HTML Embed Code: