group-telegram.com/soliqnews/7114
Last Update:
#e_imtiyoz
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Davlat soliq qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va xalqaro shartnomalarda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari, shuningdek, ularni qo‘llashni amalga oshiruvchi soliq to‘lovchilar hisobini to‘laqonli va o‘z vaqtida yuritish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqildi.
“E-imtiyoz” tizimiga amaldagi 3931 ta soliq imtiyozi kiritilgan bo‘lib, ularning har biriga alohida ID-kod biriktirilgan.
EHF shakllantirishda va tovarlar (xizmatlar)ning MXIKini ko‘rsatishda, “Imtiyoz” qatorida ayni tovar yoki xizmat uchun mavjud imtiyoz kodi avtomatik ravishda aks etadi.
Agar maʼlum bir imtiyoz aks ettirilmasa, “Tadbirkor va Soliqchi” telegram guruhi yoki my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali tegishli tartibda murojaat yo‘llash lozim.
______________
Уважаемые налогоплательщики!
Специалистами Государственного налогового комитета разработана автоматизированная информационная система, предназначенная для совершенствования механизмов полного и своевременного учета налоговых льгот, предусмотренных нормативно-правовыми актами и международными договорами Республики Узбекистан, а также перечня налогоплательщиков, которые используют данные льготы.
В систему “E-imtiyoz” внесено 3931 действующая налоговая льгота, каждой из которых присвоен ID-код.
Так, при оформлении ЭСФ и указании ИКПУ товара или услуги, в строке «Льгота» автоматически отобразится код льготы, доступной именно для данного товара или услуги.
Если определенная льгота не отображается, необходимо отправить соответствующее обращение в телеграм-группу «Тадбиркор ва солиқчи» или в персональном кабинете на сайте my.soliq.uz.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/7114