Telegram Group Search
"Bor mehrimiz senga, Bolajon!"

Bugun ezgulik, sahovat va mehr-oqibat ruhi ostida o‘tkazilgan beg‘araz donorlik aksiyasi yuraklarga iliqlik baxsh etdi.

📍 Tadbirda "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati markaziy apparati xodimlari faol ishtirok etib, bemor bolajonlar uchun o‘z mehrlarini qon orqali ulashdilar.

Bu kabi ezgu tashabbuslar – birgina tomchi qon hayotni saqlab qolishi mumkinligini yana bir bor isbotladi.

🩸 Donorlik – hayotni saqlab qolishning eng oliy ko‘rinishidir.

#Bor_Mehrimiz_Senga_Bolajon
#Donorlik_Ezgu_Amal
#Toshshahartransxizmat
#Ezgulik_Ulashaylik
🕌🌙Hurmatli yurtdoshlar!

“Toshshahartransxizmat” AJ jamoasi Sizni shukronalik va mehr-oqibat ayyomi bo’lgan – muborak Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi.

Sizlarga sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy hotirjamlik, ishlaringizda omad va zafarlar hamda ikki dunyo baxt-saodatini tilaymiz.

Ushbu qutlug’ kunda qilgan barcha hayrli ezgu amallaringizni Yaratganning o‘zi qabul aylasin.

🌙Kunlarning ulug‘i QURBON HAYITI barchangizga muborak bo‘lsin!

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qurbon_Hayiti_2025

🌙 🚌 Qurbon Hayiti bayramida poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga qulaylik yaratish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ avtobuslari sahar soat 03:00 dan yo’lovchilarga sifatli, xavfsiz va bepul xizmat ko’rsatishi ta’minlandi.

Eslatib o’tamiz avtobuslar bugun soat 10:00 ga qadar bepul xizmat ko’rsatdi.

✍️
Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
#Qurbon_Hayit
#Qadriyat

🕌 Qurbon hayiti munosabati bilan ezgu tashabbus

Kuni kecha, "Toshshahartransxizmat"AJ tasarrufidagi 12 va18- avtobus saroylarida "Qurbon hayit" bayrami munosabati bilan xayriya tadbiri bo'ldi. Unda transport sohasida ko'p yil xizmat qilgan xodim va faxriylar Jamiyat kasaba uyushma tomonidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

🔘 Ushbu ezgu tashabbus jamiyatimizda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🕊 Tadbir davomida, xodimlarga bayram shukuhini ulashish kabi maqsadlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu kabi tadbirlar kelajakda ham davom ettiriladi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
⚡️⚡️E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!⚡️⚡️

🚈 Toshkent metropolitenining yer usti halqa yo'nalishidagi "Quruvchilar" va "Qipchoq" bekatlari oralig'idagi metro harakati profilaktika ishlari sababli, 2025-yil 8-iyun kunidan vaqtincha to'xtatiladi.

🚍 Yo'lovchilar tashish uzluksizligini ta'minlash maqsadida, ushbu oralig'da 1m-sonli avtobus yo'nalishi tashkil etiladi. Yo'nalish faoliyati soat 5:00 dan 23:00 gacha belgilangan bo'lib, ushbu avtobus yo'lovchilarga bepul xizmat ko'rsatadi.

🚌 Yo'nalishda 5 ta King Long rusumli avtobuslar 6 daqiqalik interval bilan harakatlanadi. Yo'lovchilarni avtobuslarga chiqish va tushirish faqat metro stansiyalarida amalga oshiriladi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Film_haydovchi
#Mohir_haydovchi

🚌 Jamoat transporti fidoiylari – sharafli maqsadlarga baxshida umr 

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
⚡️⚡️E'lon! Yo'lovchilar diqqatiga!⚡️⚡️

⛔️ Joriy yilning 10-iyun kuni Toshkent shahridagi "Milliy" stadionida “O‘zbekiston - Qatar” futbol o‘yini o'tkazilishi sababli, ko‘chalarda harakat cheklanishi munosabati bilan stadionga yondosh bo'lgan Chilonzor, Cho'pon ota, Bunyodkor ko'chalari orqali harakatlanuvchi 2, 18, 33, 75, 77, 80, 84, 94, 98, 103, 135, 150-sonli avtobus yo‘nalishlari harakati mazkur chizma bo‘yicha vaqtincha o‘zgartiriladi.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
2025/06/11 23:48:01
Back to Top
HTML Embed Code: