Telegram Group Search
19-oktabr kuni Xorazm VXTXQTMOHMda Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari kursi tinglovchilari "Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazdilar.

Ona tilimiz - oʻzbek tiliga bagʻishlangan bayram tadbiri juda koʻtarinki shukuhda oʻtdi.

Ona tili insoniyat shuuriga ona allasi bilan o‘rnashgan, yuraklarga naqsh boʻlib chizilgan.
Tadbir ona allasi, unga berilgan chiroyli ta'riflar bilan boshlandi.
Tadbir davomida til tarixi, "Davlat tili" Qonunidan moddalar sharhi, tilning bugungi kundagi mavqeyi toʻgʻrisida maʼlumotlar keltirildi.

Bugungi kunda jahon minbariga yuz tutayotgan ona tilimiz - oʻzbek tilini tarannum qiluvchi sheʼr va ashulalar ijro qilindi.

Said Ahmadning "Qorakoʻz majnun" hikoyasi asosida ijro qilingan sahna koʻrinishida oʻz tili va eʼtiqodini unitib qoʻygan Boʻrivoy, uning onasi Saodat ayaning oʻgʻli dardida yonib - kuygani, bu esa onaning umri soʻnishiga olib kelganligi koʻrsatilib berildi.

"Tillarni o‘qitish metodikasi" kafedrasi o‘qituvchilari tashabbuslari asosida oʻtkazilgan ushbu tadbir orqali oʻzbek tiliga boʻlgan mehr, hurmat, iftixor tarannum qilindi.


👉@xor_uzbek_tili
20-oktabr kuni Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari 1-2-guruh tinglovchilari Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabida mahorat darslarida qatnashdilar.

Tinglovchilar Ogahiy uy-muzeyi bilan tanishdilar, shuningdek, ijod maktabi faollar zalida Davlat tili bayramiga bagʻishlangan suhbat ham tashkil qilindi.

👉@xor_uzbek_tili
2024/11/19 21:53:39
Back to Top
HTML Embed Code: