group-telegram.com/soliqnews/10215
Last Update:
#yer_soligi
✅Yer solig‘i stavkalarini Soliq qo‘mitasining interaktiv xizmatidan bilib oling
🌐Soliq qoʻmitasining www.soliq.uz rasmiy veb-saytiga “qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha soliq stavkalari” joylashtirildi 👉 https://soliq.uz/regulations/land-property-tax
Ushbu havolada yuridik va jismoniy shaxslar uchun respublika miqyosida tuman (shahar)larning mahalla va koʻchalari kesimida qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlarini bilib olish mumkin.
👉Yuridik shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
👉Jismoniy shaxslar yer solig‘i bazaviy stavkalari
Oynada kerakli hudud tanlanganda tasdiqlangan soliq stavkalarining aniq miqdorlari haqida maʼlumot shakllanadi.
Misol:
Toshkent shahri Mirobod tumani “Bayot MFY”ning 4-zonasida joylashgan korxonaning umumiy yer maydoni 1 100 kv.m. qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha tasdiqlangan soliq stavkalariga koʻra, ushbu hududda 1 kv.m uchun yer soligʻi stavkasi 9 900 soʻm.
Shundan kelib chiqib, ushbu korxonaga 2023-yil uchun hisoblanadigan yer soligʻi summasi 1 100 x 9 900 = 10 890 000 soʻmni tashkil qiladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/10215