Telegram Group Search
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Retro

┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hayotning har lahzasi go'zal, umrning har dami g'animat...
┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐
Telegram
Jazirama issiqda energiya resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar

Рекомендации по эффективному использованию энергоресурсов в жаркую погоду

🌐 Telegram
MUROJAATGA RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Chiroq yo'q, lekin sabr qiling. Nima uchun yoz kelishi bilan Toshkent tobora qorong'ilikka cho'mmoqda va bu haqda energetiklar nima deydi? Sarlavha ostida e`tirozli murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-iyun kuni soat 16:44 da Qozog‘iston Respublikasidagi «Ekibastuz» energetika uzelida noqulay ob-havo sharoiti tufayli 500 kVli elektr uzatish tarmog‘i
favqulotda o`chgan.

Buning natijasida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatildi. Avariyaviy holatni bartaraf etish maqsadida ayrim hududlarda qisqa muddatli majburiy cheklovlar kiritildi.

Soat 19:30 da 500 kVli elektr uzatish liniyasidagi nosozlik bartaraf etildi va iste’molchilar ta’minoti tiklanlanganligini ma'lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#UCHTEPA_TETK

⚡️ «SHIRIN» MFYDA TRANSFORMATOR QUVVATI OSHIRILDI

🌿🛠 Yozning jazirama issiqligiga qaramasdan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🌿🛠 Xususan, Uchtepa tumanidagi «Shirin» MFY hududida joylashgan TP-1888-sonli transformator punktidagi mavjud 400 kVAli transformator yangi, zamonaviy va yuqori quvvatli – 630 kVAli transformatorga almashtirildi.

🌿🛠 Ushbu amaliy ishlar hududdagi elektr energiyasi iste’molchilari uchun yanada barqaror va ishonchli elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi
.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☀️ +36°C

Iste’molchilarni sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida hududlarda ta’mirlash va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

📌Toshkent shahri  Uchtepa tumani


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoq orqali Toshkent shahar Yunusobod tumani «Obod» MFY hududidagi aholi xonadonlarining elektr energiyasida uzilishlar bo`layotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Joriy yilning 17-iyul kuni soat 17:02 da Yunusobod tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi «Karamurutskaya» podstansiyasida nosozlik yuzaga kelishui natijasida elektr energiyasida qisqa muddatli uzilish yuzaga kelgan. Mazkur, «Obod» MFY da podstansiyada yuzaga kelgan nosozlik natijasida vaqtinchalik elektr energiyasidan uzilgan. Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida nosozlik bartaraf etilib, soat 18:07 da iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahrining Yashnobod tumani Aviasozlar 4-mavzesi hududidagi ko`p qavatli aholi xonadonlarida tungi vaqtda hech qanday ogohlantirishsiz elektr taʼminotidan uzilishlar bo`lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilning 18-iyun kuni tungi soat 00:00 dan 06:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Aviasozlar 4-mavzesi hududidagi ko`p qavatli uylarni elektr energiyasi bilan ta`minlovchi quvvati 10 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli ta`mirlangan yer osti elektr uzatish kabel tarmog`ini ulash (yoqish) ishlari olib borish vaqtida vaqtinchalik elektr ta`minotidan uzilish holati kuzatilgan, ulash ishlari yakunlangach soat 06:00 da qayta tarmoqqa ulangan.

Ayni vaqtda, tumanning yuqorida keltirilgan hududida yashovchi ko`p qavatli aholi xonadonlari elektr taminoti bilan toliq ta`minlangan.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
2025/06/29 16:53:00
Back to Top
HTML Embed Code: