Telegram Group Search
#24_soatlik_navbatchilik_asosida #PS_ASTRANOMICHESKAYA

⚡️ YUQORI KUCHLANISHLI PODSTANSIYALARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlashni yanada yaxshilash to‘g‘risida» gi qaroriga muvofiq, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan poytaxt tumanlarida elektr ta’minoti tizimini yanada ishonchli va barqaror qilish maqsadida mavjud yuqori kuchlanishli podstansiyalarda modernizatsiya va mukammal ta’mirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida joylashgan 35-110 kV kuchlanishli podstansiyalarda elektr uskunalari ko‘rikdan o‘tkazilib, xizmat muddati tugagan qismlar zamonaviy va energiya tejamkor uskunalarga almashtirilmoqda.


Ayni vaqtda, podstansiyalarda modernizatsiya ishlari davom ettirilmoqda.

✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERING!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz,  quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998781507561,

Telegram-bot: @HETanticor_bot ,

Call-markaz: 1154

Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

🌐 Telegram
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#UCHTEPA_TETK

⚡️ «SHIRIN» MFYDA TRANSFORMATOR QUVVATI OSHIRILDI

🌿🛠 Yozning jazirama issiqligiga qaramasdan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilash ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🌿🛠 Xususan, Uchtepa tumanidagi «Shirin» MFY hududida joylashgan TP-1888-sonli transformator punktidagi mavjud 400 kVAli transformator yangi, zamonaviy va yuqori quvvatli – 630 kVAli transformatorga almashtirildi.

🌿🛠 Ushbu amaliy ishlar hududdagi elektr energiyasi iste’molchilari uchun yanada barqaror va ishonchli elektr ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi
.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Toshkent shahar Mirobod tumani “Temiryo‘lchilar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror qilish maqsadida muhim infratuzilmaviy ishlar bajarilmoqda.

Xususan, ushbu mahallada joylashgan 1535-sonli transformator punktining quvvati oshirildi.

Avvalgi 400 kVA quvvatga ega bo‘lgan transformator o‘rniga endilikda 630 kVA quvvatdagi yangi, zamonaviy transformator o‘rnatildi.

🌐 Telegram
2025/06/19 12:13:03
Back to Top
HTML Embed Code: