Telegram Group Search
#OB_HAVO

 ☀️  20-  iyun haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Retro

          ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hayotning har lahzasi go'zal, umrning har dami g'animat...
           ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐
Telegram
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN!

Bugun, 20 - iyun kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Shayxontohur TETK boshlig`i MUSAMEDOV AVAZ AZMATOVICHNINGning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, AVAZ AZMATOVICH!

Sizni, jamiyatimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yana bir bor TUGʻILGAN KUNINGIZ BILAN
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏


          ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
          ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐
Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

Siyosiy ma’rifat soati

Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!


Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi Siyosiy ma’rifat soati haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

Navbatdagi o‘quvni YouTube’da tomosha qilishingiz mumkin.

🌐
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
#CHILONZOR_TETK

⚡️ CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TARMOQLARI TO‘LIQ YANGILANMOQDA

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq, elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

🌿🛠 Jumladan, Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan tumanning «Lutfiy» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 0,4 kVli elektr uzatish havo tarmog‘i to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarildi va zamonaviy, xavfsiz SIP kabel tarmoqlariga bilan almashtirildi.

🌿🛠 Hozirda mazkur yangi kabel tarmoqlariga aholini bosqichma-bosqich ulash ishlari olib borilmoqda. Bu esa kelgusida elektr ta’minotining barqarorligi va xavfsizligini yanada oshiradi.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
MUROJAATGA MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Chilonzor tumanining 1-9 va S-Y-mavzelari hududidagi aholi xonadonlarida elektr kuchlanishi me'yordan past ekanligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 259-sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida 35-110 kVli podstansiyalarda modernizatsiya dasturi doirasida maʼnan va jismonan eskirgan elektr qurilmalarini zamonaviy elektr qurilmalarga almashtirish maqsadida, Toshkent shahrining barcha hududlaridagi podstansiyalarda keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, isteʼmolchilarni uzluksiz hamda sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, Chilonzor tuman elektr ta'minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan yuqoridagi qaror ijrosi yuzasidan tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Chilonzor» podstansiyada ham mavjud yuqori kuchlanishli elektr qurilmalarini yangilash, mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ta'mirlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida, joylarda elektr kuchlanishli vaqtinchalik me'yordan pasayishi kuzatilmoqda.

Tez orada mazkur taʼmirlash ishlari yakunlanib, elektr ta’minotidagi kuchlanish me'yor dararajasida berilishini ma'lum qilamiz.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилоятини ҳар томонлама ривожлантириш вазифаларини белгилаб берди.

Президент Шавкат Мирзиёев обозначил задачи всестороннего развития Кашкадарьинской области.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2025/06/29 16:42:47
Back to Top
HTML Embed Code: