Telegram Group Search
#OB_HAVO

 ☀️  26-  iyun haftaning payshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

☘️ Yangi kun barchamizga muborak bo'lsin
.

🌐 Telegram
#BUGUN_TUGʻILGAN_KUN!

Bugun, 26-iyun kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Xodimlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Mahkamova Nilufar Karimdjanovnaning  TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, NILUFAR  KARIMDJANOVNA!

Jamiyatimiz xodimlari nomidan Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda zafarlar tilab qolamiz. Hamisha sogʻ-omon boʻling. Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Go'zallik va  ayollik latofati Sizni hech qachon tark etmasin. Omad doimiy hamrohingiz boʻlsin.

Tugʻilgan kuningiz bilan
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
        ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#energiya_tejamkorlik

Energiyani tejash – barqaror kelajak sari muhim qadam!


↗️ Bugungi kunda yoqilg‘i-energetika sohasidagi bozor mexanizmlarining joriy etilishi bilan birga, davlat tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli choralar amalga oshirilmoqda.

🖋 Yuqoridagilarga asosan aholi o‘rtasida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida eslatma ishlab chiqildi!

😮 Ushbu eslatmada:

Energiya sarfi va tejamkorlik bo‘yicha foydali maslahatlar;

Maishiy texnikadan unumli foydalanish usullari;

Elektr va gaz sarfini kamaytirish yo‘llari tushuntirilgan.

💵 Energiya tejash — bu nafaqat iqtisod, balki atrof-muhitni himoya qilishga ham hissadir!

🌐 Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27-iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo‘ladi.

—————

По приглашению Президента Республики Беларусь Александра Лукашенко Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 26-27 июня посетит
с рабочим визитом город Минск.

🌐 Telegram
SIZNING OVOZINGIZ JUDA MUHIM!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni baholash maqsadida hududiy filial va korxonalar faoliyatiga oid so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📊 Ishtirokingiz orqali sizga xizmat ko‘rsatayotgan korxona faoliyati o‘rganiladi va zarur choralar ko‘riladi.

🏅 Eng yuqori natija ko‘rsatgan korxonalar maxsus mukofotlar bilan rag‘batlantiriladi.

📢 So‘rovnomada qatnashing — elektr ta’minoti sifatini oshirishga o‘z hissangizni qo‘shing!
"Toshkent shahar elektr tarmoqlari" MCHJ
SIZNING OVOZINGIZ JUDA MUHIM! Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari! “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr ta’minotini yaxshilash va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikni baholash maqsadida hududiy filial va korxonalar faoliyatiga oid so‘rovnoma…
“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aholining barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanishi, Davlat dasturlari doirasida taqsimlash tarmoqlarining modernizatsiya qilinishi ,shuningdek, 2025-2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini baholash maqsadida hududiy filial va korxonalar faoliyati yuzasidan maxsus so‘rovnomaga ovoz berish jarayoni bugun soat 14:00da to‘xtatiladi.

Mazkur vaqtdan keyin berilgan ovozlar hisobga olinmaydi. G‘oliblar ishchi guruh xulosasi va zarur hollarda o‘rganishlari asosida aniqlanib, e’lon qilinishini ma’lum qilamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#24_soatlik_navbatchilik_asosida
#OLMAZOR_TETK

🌿🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Olmazor tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan elektr qurilmalarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

🌿🛠 Xususan, tumanning «Ahil» MFY hududida joylashgan TP-3814-sonli 0,4 kVli past kuchlanishli transformator punktida mukammal ta’mirlash ishlari olib borildi.

🌿🛠 Ta'mirlash jarayonida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borildi.

🌿🛠 Hududlarda elektr tarmoqlarini yangilash hamda modernizatsiya qilish ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
2025/06/30 05:19:26
Back to Top
HTML Embed Code: