Agrotekxnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilsa hosil mo‘l bo‘ladi✅Amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan
vazir Ibrohim Abdurahmonov Qarshi tumani “Ko‘chkak” mahallasida joylashgan “Sulton teks” klasterining 65 gektarlik paxta dalasi bilan tanishdi.
🌱Bu yerda
mahalliy “Buxoro 10” paxta navi yakka qator ekilgan bo‘lib, hosil yaxshi yetilib chiqqan.
🫥Vazir dastlab g‘o‘zaning vegetativ holatini ko‘zdan kechirar ekan, shu kungacha ko‘rsatilgan
agrotexnik tadbirlar jarayoni va xo‘jalik mehnat jamoasining kelgusi harakatlar rejasi bilan qiziqdi.
📌Albatta, qishloq xo‘jaligida islohotlar bugun dastlabki natijalarini bera boshladi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan
agrotexnik tadbirlar va olimlarning tavsiyasi asosida fermerlar tomonidan ish olib borilishi paxta hosildorligini oshirishga sabab bo‘lmoqda.
🤔Vazir qo‘shimcha tarzda agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish orqali hosilning to‘liq ochilishiga yordam berish, i
lmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
💬Binobarin, kelgusi yil hosili uchun
76 sxemada tomchilatib sug‘orish asosida plyonka ostiga qo‘shqator qilib ekish orqali hosildorlikni karrasiga oshirish, shuningdek, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish borasida mas'ullarga topshiriq berdi.
💬Zero, aholi farovonligi, dehqonlarning moddiy ahvoli yaxshilanib, daromadlari oshishi
daladagi mo‘l hosilni yog‘inli kunlarga qoldirmay sifatli yig‘ishtirib olishga bog‘liq. To‘g‘ri-da, yurt farovonligini o‘ylagan xalqimizning jipsligi ham aynan mana shunda mujassam.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram