Telegram Group & Telegram Channel
Forwarded from Mahmud Usmon
Ushbu suratda ko'rib turganingiz shayx doktor Muhammad Xoldun Al Hasaniy Al Molikiy Al Jazoiriy. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam avlodlaridan.

Uning bobosi mashhur mujohid, Usmonli turklar imperiyasi arsloni, Jazoirni fransuzlardan ozod qilish uchun ko'plab janglar olib borgan Jazoir millat va din qahramoni Amir Abdulqodir Al Jazoiriy. Otasi, amakisi o'z davrining yetuk faqih va muhaddislari bo'lganlar.

Muhammad Xoldun 1970 - yilda Suriyada tavallud topgan. Bobosi u yerga surgun qilingani uchun bu muborak oila u yerni vatan tutgan edilar.
U bolalikda Qur'onni yodlab, 10 qiroatdan ijoza olgan. Sahih muslim muxtasari va boshqa bir qancha hadis kitoblarini 15 yoshgacha yodlab, kutubi sitta: Buxoriy, Muslim, Abu Davud, Termiziy, Nasoiy va ibn Moja hadis to'plamlarini hamda imom Molikning Muvattolarini zamonasi muhaddislarida o'qib chiqqan.

Molikiy mazhabini mukammal o'rganib, shu mazhabda fatvo berishga ustozlaridan ijoza olgan.
Bundan tashqari shofeiy mazhabini ham ko'p yillar o'rgangan.
2 kitob, 50 ga yaqin ilmiy risolalar yozgan.
U diniy ilmlar bilan cheklanib qolmay, Tish doktorligi sohasida Tibbiyot universitetida o'qib, fan doktorligi darajasini qo'lga kiritgan.

Shayx Muhammad Xoldun 2012 yili Suriya diktatori Bashar Asadning buyrug'i bilan qamoqqa olingan va assosiz ravishda o'limga hukm qilingan.
Shayx Muhammad Xoldunning ustozlari muhaddis Abdulqodir Arnaut, shayx Mustafo Bug'o, shayx Mustafo al-Xon, mashhur muqriy va mufassir Muhammad Kuroyyam Rojih va boshqalar o'zining mo'tadilligi bilan mashhur.

Uning kitoblari va maqolalarida hech qanday toifaparastlik va keskinlik belgilari ko'rinmaydi.
Hech qachon birovni takfir qilgani, odamlarni urush va fitnaga chaqirgani ma'lum emas.

Tahlilchilar Bashar Asad uning bobosi shuhratidan va oilasining odamlar qalbidagi o'rnidan qo'rqqani va uning o'ziga raqib bo'lishidan xavotir olib, undan qutulishga qaror qilganini ta'kidlaydilar.

Jazoir xalqi o'z milliy qahramoni nabirasining ozod etilishini talab qilib ko'p chiqishlar qildilar. Hozircha foyda bo'lmadi.

Alloh taolo shayx Muhammad Xoldunni hifzida asrasin. Zolimlar changalidan panoh bersin!
Shunday ulug' kunda hayotini Quron, hadis va fiqhga bag'ishlab qalbida 10 qiroatni jamlagan bir mazlumni duolaringizda eslab qo'yarsiz.

@MahmudUsmon

group-telegram.com/Mahmud_Usmon/1239
Create:
Last Update:

BY Mahmud Usmon

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/Mahmud_Usmon/1239

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Russians and Ukrainians are both prolific users of Telegram. They rely on the app for channels that act as newsfeeds, group chats (both public and private), and one-to-one communication. Since the Russian invasion of Ukraine, Telegram has remained an important lifeline for both Russians and Ukrainians, as a way of staying aware of the latest news and keeping in touch with loved ones. On Telegram’s website, it says that Pavel Durov “supports Telegram financially and ideologically while Nikolai (Duvov)’s input is technological.” Currently, the Telegram team is based in Dubai, having moved around from Berlin, London and Singapore after departing Russia. Meanwhile, the company which owns Telegram is registered in the British Virgin Islands. Stocks closed in the red Friday as investors weighed upbeat remarks from Russian President Vladimir Putin about diplomatic discussions with Ukraine against a weaker-than-expected print on U.S. consumer sentiment. "He has kind of an old-school cyber-libertarian world view where technology is there to set you free," Maréchal said. Investors took profits on Friday while they could ahead of the weekend, explained Tom Essaye, founder of Sevens Report Research. Saturday and Sunday could easily bring unfortunate news on the war front—and traders would rather be able to sell any recent winnings at Friday’s earlier prices than wait for a potentially lower price at Monday’s open.
from tr

Telegram Mahmud Usmon
FROM American