group-telegram.com/qora_yigit/1013
Last Update:
Yomg‘ir haqida qiziq bir maqola o‘qib qoldim.
Yomg‘irda, yomg‘irli kunlarda odamlar o‘zlarini boshqacharoq his etishadi. O‘zgacha maroq bilan uxlashadi. Qandaydir baxtliroq, qandaydir xotirjam his etishadi o‘zlarini. Masalan, menda shunaqa. Sizda ham shundaymi?
Bu xotirjamlikning sabablaridan birini olimlar inson genetikasiga muhrlanib qolgan qo‘rquv hissi bilan bog‘lashibdi.
Yomg‘ir yog‘ib turgan paytda odamlarga hujum qilishi mumkin bo‘lgan, odamlarni yeydigan yirtqich hayvonlar ovga chiqishmas ekan. Shu sababli juda qadim zamonlarda himoyasiz bo‘lgan insonlar genetik kodlarida yomg‘ir paytida uxlash xavfsiz degan tushuncha muhrlanib qolganmish. Ana shu sabab insonlar beixtiyor yomg‘irli kunlarda o‘zlarini boshqacharoq his etadi, xotirjam bo‘ladi deya fikr bildirishibdi olimlar.
Bu fikrlar qanchalik asosli yoki asossiz bilmadim. Hozircha bu ilmiy bir qarash. Ammo men bu qarashga ishondim. Menga juda asoslidek tuyildi. Yomg‘irli kunda yirtqichlar ov qilmasligiga ishonchim komil bo‘lgani bois Oynur bilan ozroq o‘ynadik
Bugun boshqa qaytmaydi. Uni maroq bilan o‘tkazing. Ayniqsa, yomg‘irli kunlarni. Chunki ko‘chada sizga xavf soladigan yirtqichlar bo‘lmasligiga olimlar kafolat berishmoqda