group-telegram.com/soliqnews/13284
Last Update:
#soliqchi_komakchi
QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari
QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi.
Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.
Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan:
▫️tovar aylanma,
▫️hisobot taqdim etilishi,
▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar,
▫️soliq qarzi,
▫️ortiqcha to'lov,
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k.
Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi.
Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi.
Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.
Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/13284