group-telegram.com/soliqnews/15120
Last Update:
#qonunchilikdagi_yangiliklar
Ayrim huquqbuzarliklar uchun birinchi marta ogohlantirish beriladi
2025-yil 1-apreldan boshlab soliq organlari xodimlari tomonidan oʻzlariga biriktirilgan korxonalarda yoki mahallalardagi tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid ayrim huquqbuzarliklar aniqlanganda:
📢birinchi marta ogohlantirish beriladi;
❌ ogohlantirishdan keyin uch kun ichida soliqqa oid huquqbuzarlik bartaraf etilmaganligi yoki takroran aniqlanganligi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazish uchun asos boʻladi;
📑sayyor soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma sayyor soliq tekshiruvi boʻyicha qaror qabul qilish uchun asos boʻladi.
Bu faqat quyidagi huquqbuzarliklar uchun amal qiladi:
2025-yil 1-maydan boshlab “Soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash” avtomatlashtirilgan dasturi natijalariga asosan soliq bazasini yashirish (kamaytirib koʻrsatish) faktlari boʻyicha soliq tekshiruvlari boshlanganligi toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektini xabardor qilish talab etilmaydi.
Amaldagi tartibga koʻra, xabarnoma 10 ish kunidan kechiktirmay berilishi kerak.
👉PQ-78-son 27.02.2025-yil
__________
#новое_в_законодательстве
За некоторые налоговые правонарушения в первый раз будет предупреждение
С 1 апреля 2025 года при выявлении сотрудниками налоговых органов на закрепленных за ними предприятиях или у субъектов предпринимательства в закрепленных махаллях некоторых налоговых правонарушений:
📢в первый раз объявляется предупреждение;
❌неустранение либо выявление налоговых правонарушений повторно в трехдневный срок после предупреждения является основанием для проведения выездной налоговой проверки;
📑акт, оформленный по результатом выездной проверки, является основанием для принятия решения по проверке.
Это касается только следующих правонарушений:
С 1 мая 2025 года не требуется уведомлять субъект предпринимательства о начале налоговых проверок по фактам сокрытия (занижения) налоговой базы, проводимых на основании результатов автоматизированной программы по определению, анализу и оценку налогового риска.
Согласно действующему порядку нужно уведомлять не позднее чем за 10 рабочих дней.
👉№ПП-78 от 27.02.2025 г.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads