group-telegram.com/Ilmfanjurnali/441
Last Update:
📣Yer sayyorasiga haybatli C/2023 A3 Tsuchinshan-ATLAS kometasi yaqinlashmoqda
✅ Ayni paytda Janubiy yarimsharda ko‘rinish bergan kometani 12-oktyabrdan boshlab Shimoliy yarimshar aholisi hamda Ufqning G‘arbiy qismida yashovchilar ham yaqqol ko‘ra olishlari mumkin. Bu manzara bor-yo‘g‘i ikki-uch hafta davom etadi.
✅ Olimlarning aytishlariga ko‘ra, mazkur kometa Quyosh atrofida 80 ming yilda bir aylanib chiqadi, va shu asnoda Yer aholisiga ham ko‘rinadi. Demak, bizdan avval Kometani faqat neandertal ajdodlarimizgina ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan.
❗️AQSh Aeronavtika va kosmik tadqiqotlar milliy boshqarmasi – NASAning meteoritlar bo‘yicha mutaxassisi Bill Kukning so‘ziga ko‘ra, Kometa osmonda meteor kabi uchmaydi, balki shunchaki osilib turgandek taassurot qoldiradi va har kecha asta-sekinlik bilan o‘z joyini o‘zgartirib boradi.
Facebook | Telegram | Web | Instagram
BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/441