Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hukumat tarkibiga tavsiya qilingan barça nomzodlarni Parlament bilan yaqindan hamkorlik, xalq vakillari oldida hisobdorlik şarti bilan ma’qulladik.

Bugungi murakkab şaroitda davlat hokimiyatining barça organlari birgalikda, hamjihat işlaşi hal qiluvçi ahamiyatga ega.

@alisherQodir
Adolatsiz va vijdonsiz maqsadlarga erişiş uçun boşqariladigan xaos bölişi zarur. Boşqariladigan xaos uçun birligi yöq, tafakkursiz olomon kerak.

Juda murakkab mintaqada yaşaymiz, zolim fitnalarga öyinçoq bölmaslik uçun bir-birimizni yoqamizga yopişavermasdan, xulosalarda şoşilmasdan, saylaganlarimizga ergaşiş, istiqbol uçun öqiş, bolalarimizni öqitiş va milliy taraqqiyot maqsadimiz uçun birlaşişimiz zarur.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2025 yil byudjetini birinçi öqişda ma’qulladik.

Asosiy maqsadimiz mablağ emas, uni samarali işlatilişiga qaratilmoqda.

Quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdik:

- öqituvçi işiga adolatli baho beriş tizimi bölmasa, tarbiya va ta’limda real samaradorlikka erişa olmaymiz;

- byudjet hisobiga suratga olingan filmlar milliy özlik, ğurur va vatanparvarlikni tarğib qilişi uçun milliy kanallarda keng namoyiş qilinişi lozim;

- maktabdan taşqari tögaraklar uçun ajratilayotgan mablağlar bugungi maktab realliklari, jumladan öquvçilarni xohiş-istaklarini hisobga olişi kerak;

- maktab darsliklari uçun ijara tölovlari masalasi qayta körib çiqilişi lozim;

- kasalxonalarga zarur jihozlarni oçiq byudjet tizimida xarid qiliş amaliyotidan voz keçişimiz zarur;

- xususiy maktab va boğça faoliyatini soliqlardan ozod qiliş böyiça qarorni olqişladik.

İkkinçi öqişgaça muhokamalar va maslahatlaşuvlar davom etadi.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🙏 “Milliy tiklanish” fraksiyasi tomonidan Davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi

🖥 MTDP | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Partiya gazetasining yangi soni bilan tanişing.

Öqimasdan tanqid qiladiganlarni öqitiş uçun harakat qilişibdi.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aniq işlaydi…
agar istasak!

Bugun Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun!

@alisherQodir
Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarni jiddiy ortişi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kiriş-çiqiş qiliş, iş izlab borayotganlarga talablar va nazoratni kuçaytiriş haqidagi rus siyosatçilarining taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşimiz kerak deb öylayman.

Özbekistonda yaşaydigan hamma özbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilişi va hurmat qilişi kerakligini biz ham şart deb hisoblaymiz va xorijga iş izlab borayotgan vatandoşlarimizni ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan işini yaxşi bilişi zarurligini tan olamiz.

Bu bilan haqini himoya qila olmaydigan, mahalliy ayirmakaşlar tomonidan kamsitilişga rozi bölayotgan, eng yomoni, ixtiyoriy-majburiy, mas’uliyatsizlarça hayotini sotib yuborib Özbekiston uçun jiddiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yuk yaratayotgan ayrim fuqarolarimizga ham yordam bergan bölamiz.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tez yordam yoki öt öçiriş avtomaşinalariga yöl böşatiş vatandoşga tezkor yordam uçun qançalar zarur bölsa, manziliga öz vaqtida yetib borişni rejalaştirayotgan vatandoş uçun tartibli va tizimli jamoat transporti şunçalar zarur.

Tartibli va sifatli jamoat transporti xalqimiz talab qilayotgan xizmat ekanligidan kelib çiqib avtobus yölaklarini betartib band qilganlarga jarima belgilaydigan qonun loyihasini ma’qulladik.

@alisherQodir
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoşlarni hayotga raqobatbardoş qilib tayyorlaş bugunning eng muhim masalalaridan biri.

Bu jarayonda Öquv markazlarining örni sezilarli darajada jiddiylaşib bormoqda.

Yoşlar işlari agentligi tomonidan taşkil etilayotgan Özbekiston Öquv markazlari forumi sohadagi masalalarni muhokama qilib oliş uçun ayni muddao.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar ishlari agentligining O’quv markazlari forumida ishtirok etdik.

O’quv markazlari katta kuchga aylanayotganiga guvoh bo’ldim.

Bitiruvchisining muvaffaqiyat monitoringi asosida reyting joriy qilish oliygohlarimiz uchun juda og’ir ish, o’quv markazlari bunday reytingni joriy qilib o’zaro raqobatlashyapti.

Har ikki markazning bittasi maqsad sifatida oliygohga aylanishni qo’ymoqda. Har ikkita markazdan bittasi maktab va bog’cha ochyapti. Bu juda yaxshi!

Fikrimcha, ta’lim islohotlarida intilayotgan muvaffaqiyatimiz o’quv markazlari bilan bog’liq bo’ladi.

Eng kamida bu maydonda haqiqiy raqobat, aniq maqsad bor va ularni haqiqiy manfaat harakatga keltirmoqda.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yaqin ikki yilda barcha kommunal xizmatlar bir paket sifatida, bitta subyekt tomonidan taqdim etiladi va qarzdorlik ham umumlashtiriladi. O’z-o’zidan sifatsiz xizmat uchun chorani keskinlashtirish ham ko'zda tutiladi.

Hammamiz yorug', issiq va toza yashashni istaymiz. Bu istagimizni ta'minlash uchun minglab vatandoshlarimiz tunu-kun ishlaydilar. Ularni haqini to'lamaslik hammaga zarar.

Chiqindilarni to’plash, saqlash va qayta ishlash jamiyat salomatligi uchun hayotiy masala. Noto’g’ri saqlanayotgan chiqindi poligoni kimyoviy quroldek xavfli va bizda 200 ta shunday poligon bor. Chiqindi masalasi eng oxrigi, xavfli nuqtasiga yetib keldi.

Tartib bo'lmagan tizimga investorlar milliardlab mablag’ini bermoqchi emas, investitsiyalarsiz esa tizimni o’zgartirib bo’lmaydi.

Chiqindi va elektr to’lovlari bir tizimga ulanmoqda, navbat gaz va suv to’lovlariga. Maqsad vatandoshga sifatli kommunal xizmati ko’rsatishning samarali tizimini yaratish.

Qonunni birinchi o’qishda ma’qulladik.

@alisherQodir
4 ta yangi harflarni qo’llash bo’yicha tahlilimni to’xtataman.

2019 yilda Davlat rahbarining O’zbek tili bayramidagi ma’ruzasidan keyin boshlangan O’zbek alifbosini isloh qilish komissiyasi tomonidan taklif qilgan 4 ta harfdagi o’zgarishlarni 1 yildan ko’proq vaqtda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda muntazam qo’lladim.

Men uchun qulay bo’ldi, ikkita, uchta belgini jamlab bitta harf chiqarishdan ko’ra, bitta harakat bilan bitta harf chiqarish menga sezilarli qulaylik berdi. Lekin bir qism o’quvchilar uchun o’qish qulay bo’lmadi shekilli, e’tirozlar tinmadi. Bu masalada 11 marotaba ijobiy va 35 marotaba salbiy qarash o’qidim.

Nima bo’lganda ham alifbo islohotlarini yakunlashimiz kerak. “O’zbekiston” so’zini birinchi harfidanoq bo’linishi yo’l qo’yib bo’lmaydigan anglashilmovchilik. Kim bu harfni o’ylab topgan bo’lsa ham davlatimiz nomiga nisbatan hurmatsizlik qilgan. Qolaversa, ş, ç, ö, ğ Cholpon va Qodiriylar qo’llagan harflar edi.

Bugundan boshlab amaldagi harflarga qaytaman, 4 ta harf bo’yicha esa rasmiy qarorni kutamiz. Saylovchilar fikrini hisobga olishimiz kerak.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mehnat qonunchiligi ish beruvchi va xodim o’rtasida murakkab muvozanatni ta’minlashi kerak.

Taqdim qilingan qonun loyihasi qosh qo’yaman deb ko’z chiqarib qo’yishi mumkin.

Mehnat kodeksiga mehnat munosabatlarida tazyiq va zo’ravonlikka qarshi normalar taklif qilayotgan qonun loyihasini Qonunchilik Palatasining Yalpi majlisi kun tartibidan chiqarib, muhokama uchun qo’mitaga qaytardik.

@alisherQodir
O’qiydigan, fikrlaydigan va yozadigan yangi avlod shakllanmoqda. Ularni shimol-u g’arbning buzg’uvchi bo’hronlaridan asrashimiz kerak.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Jadidlar izidan” tanlovi g’oliblarini Qonunchilik palatasida qabul qildik.

@alisherQodir
Progressiv islohotlar markazi (PİM) katta islohotlar maydoniga aylanayotgan bugungi O’zbekistonda juda foydali va ishonchli hamkor. PİM kabi kamsonli aql markazlari bilan hamkorlikni qadrlaymiz.

“Milliy tiklanish” partiyasining O’quv, tahlil va tadqiqotlar Markazi bilan PİM o’rtasida yaqin hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

@alisherQodir
Rossiyalik hamkasblarimiz rus tilini o’rgatish emas, bilmaganlarni Rossiyadan, bolalarini maktabdan haydash yo’lini tanladilar.

Bu qonun postsovet mamlakatlarida rus tiliga bo’lgan ehtiyojni ham, hurmatni ham keskin kamaytirishi mumkin.

O’zbekiston davlat idoralarida ishlaydigan minglab, maktablarimizda o’qiydigan yuz minglab davlat tilini umuman bilmaydigan vatandoshlarimiz va ularning bolalari bor.

Elektoratimiz savollariga javob berish uchun bu tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari diqqat bilan o’rganib chiqiladi.

@alisherQodir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining “Jadidlar izidan” tanlovi g’oliblarini taqdirlash tadbiriga taklif qilindik.

Bu mazmuni keng, maqsadi yuksak loyihaning 14 nafar g’oliblari Germaniyaga safar qiladilar va milliy taraqqiyotimizga hissa qo’shish uchun Vatanga mag’rur qaytadilar.

Tariximizning qora kunlaridagidek, taraqqiyotchilarimizga qo’nxo’r bosqinchilarning zarari tegmasligi uchun tanlovda 14 emas, 6,5 million maktab o’quvchilarini g’olib bo’lishiga erishishimiz kerak.

@alisherQodir
2024/12/23 06:25:59
Back to Top
HTML Embed Code: