Telegram Group Search
"Fermerga chigit ekish fursatini majburlash noto‘g‘ri" — mutaxassislar

"Ob-havo va qishloq xo‘jaligi" turkum ko‘rsatuvlarining uchinchisida mutaxassislar meteorologik prognozlarni dehqonlarga yetkazish tizimi hamon mavjud emasligi, agrotadbirlar o‘tkazish kunlari hanuzgacha ma'muriy-buyruqbozlik bilan belgilanayotgani va sohadagi boshqa muammolar borasida fikrlarini bildiradi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Frontdagi vaziyat: Moskva Kursk oblastidagi jiddiy yutuqlari haqida e’lon qilmoqda

Yakshanba kuni Rossiyaning rasmiy manbalari RF armiyasi Kursk oblastida avvalroq Ukraina harbiylari ishg‘ol etib turgan aholi yashash manzillaridan yana uchtasi nazorat ostiga qaytarilganini ma’lum qildi. Ukrainadagi manbalar ruslarning muvaffaqiyatsizlikka uchragan «Quvur» amaliyoti bo‘yicha yangi tafsilotlarni ochiqladi.

👉 https://kun.uz/99074097

Kun.uz rasmiy kanali
Buxoroda prokurorning katta yordamchisi 2,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

U fermer xo‘jaligi rahbariga nisbatan dastlabki instansiya tomonidan chiqarilgan hukmni sudya orqali o‘zgartirishsiz qoldirishni va’da qilgan.

👉 https://kun.uz/46886844

Kun.uz rasmiy kanali
Tomoq-burun kasalliklari bor ro‘zadorlar nimalarga e’tibor berishi kerak?

Tomoq-burunga oid xastaliklari yoki allergiyasi bor ro‘zadorlarga og‘iz yopish va ochishda allergiya beruvchi mahsulotlardan uzoq bo‘lish, mineral tuzlari bor suvlar iste’mol qilish va burunni tuzli suv bilan chayish tavsiya etiladi. Bu haqda lor Bobur Zulunov tavsiyalar berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Suriyada alaviylar qirg‘ini: ash-Shar’a aybdorlarni jazolashga va’da bermoqda

Suriya yetakchisi Ahmad ash-Shar’a tinch aholiga zarar yetkazganlarni jazolashga va’da berdi. Uning bu bayonoti Suriya xavfsizlik kuchlari etnik ozchilikni tashkil etuvchi alaviylarga mansub yuzlab kishilarni o‘ldirishda ayblanganidan keyin yangradi.

👉 https://kun.uz/95391084

Kun.uz rasmiy kanali
Muhammad Ali uchun o‘ch: Taysonning tarixiy jangi haqida

1980 yil oktyabr. Mashhur bokschi Muhammad Ali va Larri Xolms o‘rtasida jang ketmoqda. Raqibi Parkinson kasali bilan og‘rib yurgan Alini ayamayapti. Mashhur bokschi amallab 10 raund jang qilgach, Alining sekundantlari ringga sochiq uloqtirishadi. Bu mag‘lubiyat edi. O‘shanda 14 yoshli Mayk Tayson mazkur jangni televizorda ko‘zda yosh bilan kuzatadi va kelajakda Ali uchun Xolmsdan o‘ch olishga qaror qiladi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni davlat tashrifi bilan Fransiyaga boradi

Prezident Parijda oliy darajadagi muzokara va tadbirlar, Fransiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

👉 https://kun.uz/73847617

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston terrorizm tahdidi past bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi

2025 yilgi «Global terrorizm indeksi»da O‘zbekiston 90-o‘rinni egalladi.

👉 https://kun.uz/70163568

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh Zelenskiyni yiqitmoqchimi?

Ukraina bilan munosabatlarda AQShning yangi geosiyosiy manyovrlari kuzatilmoqda. Tramp jamoasining Poroshenko va Timoshenko bilan uchrashuvi Zelenskiyga signal sifatida talqin qilinmoqda. Bu fonda Ukrainada saylov ehtimoli haqida taxminlar kuchaymoqda. Shu bilan birga, Yevropa xavfsizlik arxitekturasi bo‘yicha yangi muhokamalar boshlangan – 800 milliard yetarlimi? “Geosiyosat”da tahlilchilar Shuhrat Rasul, Oybek Sirojov va Abduvali Soyibnazarov mavzu yuzasidan o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi

«Tashabbusli budjet»ning 2025 yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz berish jarayonlari 20 mart soat 23:59 ga qadar davom etadi.

👉 https://kun.uz/21017085

Kun.uz rasmiy kanali
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

Alanga yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan qariyb yarim soatda o‘chirilgan. FVV jabrlangan fuqarolarning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/55956762

Kun.uz rasmiy kanali
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

2020-2024 yillarda Ukraina global qurol importining 8,8 foiz ulushiga ega bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/01637255

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy Oval kabinetdagi tortishuv uchun Trampdan kechirim so‘radi - AQSh prezidentining maxsus vakili

Stiff Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy AQSh prezidentiga maktub yo‘llagan va Oval kabinetda yuz bergan tortishuv uchun kechirim so‘ragan.

👉 https://kun.uz/77420745

Kun.uz rasmiy kanali
Shahrisabz aeroporti vaqtincha yopiladi

2025 yil 13 mart Toshkent vaqti bilan soat 05:00 dan 2025 yil 25 mart 05:00 gacha Shahrisabz aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida kapital ta’mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatadi.

👉 https://kun.uz/47896555

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
195 ming qalbaki dollarning muomalaga kiritilishi oldi olindi

Jizzax va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida qariyb 195 ming qalbaki AQSh dollarining muomalaga kiritilishining oldi olindi.

👉 https://kun.uz/38798249

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

Zelenskiy Saudiyaning Jidda port shahriga kelganini Ukraina prezidentining maslahatchisi Litvin ma’lum qildi. Shu shaharda Ukraina va AQSh delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Zelenskiyning ularda ishtirok etishi kutilmayapti.

👉 https://kun.uz/83260717

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta davomida iliq va asosan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda 11–12 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

👉 https://kun.uz/58894490

Kun.uz rasmiy kanali
Filippin sobiq prezidenti Rodrigo Duterte hibsga olindi

Sud Duterte prezidentligi davridagi giyohvand moddalar savdosiga qarshi amaliyotlar bilan bog‘liq ehtimoliy jinoyatlar yuzasidan tergov o‘tkazmoqda.

👉 https://kun.uz/23918080

Kun.uz rasmiy kanali
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Bekzod Hidoyatov Xitoy qatorida Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, Malayziya kabi mamlakatlardan ham ko‘plab sarmoyadorlar kirib kelayotgani, bu rivojlanayotgan davlat uchun normal jarayon ekanini qayd etib, aholini provokatorlarning turli manipulyatsiyalariga berilmaslikka chaqirgan.

👉 https://kun.uz/89075823

Kun.uz rasmiy kanali
Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘ldi

Qizcha o‘qigan maktab joylashgan mahallada ota-onalar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, ularga voyaga yetmagan farzandlarini doim nazorat qilishlari xususida tushuntirish ishlari olib borilgan. Qizchani urib ketgan haydovchi bilan nima bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘q.

👉 https://kun.uz/74316267

Kun.uz rasmiy kanali
2025/03/11 07:53:57
Back to Top
HTML Embed Code: