Telegram Group Search
🔹POLSHA RЕSPUBLIKASI TA’LIM VAZIRI SAMARQANDGA KЕLDI

Yurtimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Polsha Respublikasi ta’lim vaziri Barbara Novaskaya Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov hamrohligida Samarqandga keldi.

Mehmonlar dastlab Samarqand shahridagi Prezident maktabida bo‘lishdi hamda bu yerda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Zamonaviy o‘quv qurollari bilan jihozlangan sinf xonalari, kutubxona va lobaratoriya xonalari, shuningdek, maktab o‘quvchilari tomonidan ishlangan loyihalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Mehmonlar shundan so‘ng Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi.             

🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
Национальное информационное агентство Узбекистана - официальные новости, срочные новости, аналитические и критические материалы, законодательство, фото- и видеорепортажи https://share.google/78qlg1TikjWsQvTLQ
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOZGI TAʼTIL SERMAZMUN O‘TMOQDA

💎Pastdarg‘om tumanida umumiy o‘rta taʼlim maktablari o‘quvchilarining yozgi taʼtil davrini samarali tashkil etish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, "Dolzarb 90 kun" tadbirlari doirasida yuqori ruhdagi turli ko‘ngilochar tadbir hamda bellashuvlar yuqori ruhda o‘tkazib borilyapti.

🏙Tumandagi 51-umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan navbatdagi tadbirlarda ham, kitobxonlik, mohir qo‘llar, chet tillari hamda boshqa turli sport va fan to‘garaklari tashkil etilib, ularda hududdagi ko‘plab yoshlar o‘z bilim, malakalarini oshirmoqda.

Bundan tashqari maktabda kunduzgi sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etilgan bo‘lib, bunda, o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktab oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etilgan “Turon maktab teatri” hamda “Iqtidor maktab ansambli respublika tanlovlari yoshlarimiz orasida katta qiziqishlarga sabab boʻlmoqda.

Tanlovlarning respublika bosqichlari joriy yil 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida o’tkaziladi.

17-iyun kuni Registon maydonida ochilish marosimi.
18-iyun kuni “Hamid Olimjon” nomidagi musiqali drama teatrida “Turon maktab teatri” tanlovining respublika bosqichi.
19-iyun kuni “Nurafshon” sanʼat saroyida “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining respublika bosqichi hamda taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida oʻtkazilish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun: Tanlovlar g’oliblari xorijiy davlatga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jamoalar maxsus sovgʻa (interaktiv doska)lar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan.

Respublika bosqichiga yoʻl olgan barcha ishtirokchilarga omad tilayman! Koʻhna Samarqandda uchrashguncha!

@hilola_umarova
"Dolzarb 90 kun": mazmunli va maroqli  lahzalar

...Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularni madaniy, ma’rifiy va sport tadbirlariga faol jalb qilish maqsadida "Dolzarb 90 kun" loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu borada joylardagi umumta`lim maktablarida ish qizg`in. Oqdaryo tuman maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 38-umumta`lim maktabida ham yosh avlod kamoloti yo`lida ko`plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda...

BATAFSIL : 👉🏻 https://teletype.in/@mustaqilgazetasi/9rbebz2qSNK

Telegram | Facebook | YouTube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#hafta_ichida

🔹SAMARQANDDA TA'LIM HAFTA ICHIDA

Polsha ta'lim vaziri Samarqand shahridagi Prezident maktabiga keldi

Umumta'lim maktablarida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish maydonchalari birinchi mavsumiga start berildi

"Dolzarb 90 kunlik": Yozgi oromgohlar va umumta’lim maktablarida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Payariqda ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga metodik ko'mak berish bo'yicha amaliy seminar tashkil etildi.

🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
❗️Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘lib,  tizimdagi eng so‘nggi  yangiliklardan xabardor bo‘ling!

🎥 Telegram kanal: https://www.group-telegram.com/samarqandvxtb.com
📲 Facebook kanal: https://www.facebook.com/SamarqandMMTB
💻 YouTube: https://youtube.com/@samarqandmmtb?si=g4gzrVdEdzPY9TEi


🖌Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati            

Telegram | Facebook | YouTube
2025/06/16 01:32:12
Back to Top
HTML Embed Code: