Telegram Group Search
Takroriy mavsum uchun pilla terimi davom etmoqda

Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab viloyat pillakorlari tomonidan takroriy pilla yetishtirish mavsumi hosilini yig‘ish ishlari davom etmoqda.

🇺🇿Jumladan, Namangan va Buxoro viloyatlarida takroriy mavsum pilla terimi yakunlandi. Jizzax viloyatining Mirzacho‘l, Sh.Rashidov, Forish va Do‘stlik tumanidagi kasanachilar tayyor bo‘lgan xom pillani dastadan terishdi. 3-4 mavsumga ajratilgan pilla qurtlariga dastalar qo‘yilmoqda.

🏠Pillakorlarga viloyat Agropilla mutaxassislari tegishli tavsiyalar berib, pilla hosilidagi yig‘im-terim ishlarini o‘rganib chiqmoqda.

📍Andijon viloyati tumanlarida ham tutzorlarni nazorat qilish, tut parvonasiga qarshi kurashish maqsadida kimyoviy ishlov berish, takroriy pilla boqish mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida xonadonlardagi ipak qurtlarini nazorat qilish hamda terim ishlari olib borilmoqda.

🌳Sirdaryo viloyatida tutzorlarda agrotexnik tadbirlar, oilaviy pudratchilarga tegishli tavsiyalar berish, tut parvonasiga qarshi kimyoviy ishlov berish ishlari olib boriladi. Tut plantatsiyalarida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilib nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Asalarilarni yetishtirish, ularni tanlash, parvarishlash va undan daromad olish bo‘yicha tavsiyalar

🐝Asalarichilikni boshlashdan oldin to‘g‘ri zotni tanlash muhim. Ularni tanlashda avvalo mintaqaviy iqlim sharoitlariga mosligini ham hisobga olish kerak. Masalan:

🇮🇹Italiya asalarisi: Bu zot hosildorligi bilan mashhur bo‘lib, asal yig‘ishda faol. Tinchligi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi.

❄️Kavkaz asalarisi: Sovuqqa va qiyin iqlim sharoitlariga chidamli zot bo‘lib, uzoq masofaga uchib, nektar yig‘adi.

🚪Krainsk asalarisi: Tinchligi va yaxshi hosildorligi bilan ajralib turadi.

📌Asalarilarni joylashtirishda gul va nektar manbalariga yaqin joylar tanlanadi. Bog‘lar, dalalar, o‘rmonlar yaqinida uyalarning joylashuvi yaxshi hosil beradi. Uyalarni quyoshli, shamoldan himoyalangan joylarga qo‘yish kerak.

🔝Ular uchun toza suv kerak, shuning uchun arilar yaqinida suv manbasi (ariqlar, hovuzlar) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, har bir uyalar orasida yetarli masofa (2-3 metr) saqlanishi lozim. Bu asalarilarni parvarish qilish va asal yig‘ish jarayonini osonlashtiradi.

Asalarilarni oziqlantirish

💫Ular odatda o‘zlariga yetarli miqdorda oziq (asal va perga) yig‘adi. Ammo ba’zi hollarda, masalan, qish faslida yoki qurg‘oqchilik davrida ularni sun’iy oziqlantirish kerak bo‘lishi mumkin.

Masalan, suv va shakar aralashmasi bilan oziqlantirish odatiy usuldir. Bu ularni kuchli saqlash va o‘z vaqtida hosil olish uchun yordam beradi. Qishda esa asalarilar uchun qo‘shimcha protein manbalari, masalan, soya uni yoki tuxum kukuni bilan oziqlantirish kerak bo‘ladi.

Asalarilarga parvarish va kuzatish

💬Ularni vaqt-vaqti bilan kasalliklar va zararkunandalarga tekshirib turish lozim. Asosiy zararkunandalardan biri Varroa akarasi bo‘lib, unga qarshi maxsus dorilar bilan davolash kerak.

🔫Bunda uyalarni toza saqlash, mum va eski ramkalarni almashtirish asalarilar salomatligi uchun muhim. Qish fasliga yaqin ularga qo‘shimcha oziq beriladi va uyalar sovuqdan himoya qilinadi. Buning uchun uyalar qo‘shimcha qoplamalar bilan o‘raladi va ventilyatsiya tuzimi sozlanadi.

Iqtisodiy tejamkorlik

📝Asalarichilik iqtisodiy jihatdan daromadli bo‘lishi uchun bir nechta omillarni hisobga olish kerak.

Birinchi yilda bir nechta (3-5) uy bilan boshlash va tajriba orttirgach, ko‘proq uylar qo‘shish yaxshi strategiyadir;
Asal bilan bir qatorda, mum, propolis va perga kabi qo‘shimcha mahsulotlarni sotish orqali daromadni oshirish mumkin.
Mahalliy bozor va talabni o‘rganib, asalni to‘g‘ri narxlarda sotish orqali foyda ko‘paytirish mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Koreyaning “Aqlli issiqxonalar” texnologiyasi o‘rganilmoqda

🟢Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari hamkorligida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi, Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat Agrar universiteti talabalari uchun “Aqlli issiqxonalar” bo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan o‘quv - seminar tashkil etildi.

📌Mazkur o‘quv-seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xo‘jaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.

Ushbu loyiha asosida tizim tashkilotlari va Agrar universitetining saralab olingan 49 nafar ishtirokchilari koreyalik mutaxassislar tomonidan 2026-yil yakuniga qadar “Aqlli issiqxonalar”ni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha o‘z bilim, ko‘nikmalari dastlabki bosqichdan boshlab o‘qitiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Laqay ot zoti: tezkor va baquvvat bunday otlar haqida nimalar ma'lum?

🐎Laqay (jaydari) ot zotining asl vatani O‘rta Osiyodir. Ular bundan 300-400 yil muqaddam laqaylar o'zlarining mahalliy jaydari mo‘g‘ul tipidagi ot zotining yovmut, axaltaka, qorabayir va arabi ot zotlari bilan chatishtirishlari natijasida ko'paytirilgan.

📌Bunday otlar quruq va issiq iqlimga moslashgan bo'lib, tog‘li hududlarda salt minish, yuk tashish, aravaga qo‘shish, poyga va uloq musobaqalari uchun mo‘ljallangan.

🔗Aytish mumkin ushbu zotga mansub otlar poygalarda 1000 m masofani 1 daqiqa 12 soniyda bosib o‘tgan. Ularning tana tuzilishi pishiq, ko‘krakdor, oyoqlari qotma, rangi asosan ko‘k, saman, jiyron, kamdankam hollarda qora bo'lgan.

Otning sof vazni 400-450 kg. Ayg‘irlarining qarchig‘ay balandligi 145,7 sm, gavdasining uzunligi 150 sm, ko‘krak qafasi aylanasi 161,8 sm bo'ladi. Tanasi turli haroatlarga moslashgan, baquvvat hisoblanadi.

🌐Ularning 2-3 yoshli toylari ham poygaga o‘rgatiladi. Laqay otlar odatda, Tojikistonda (Hisor tog‘ yaylovlari, Yovon dashti) va O‘zbekistonning Surxondaryo (asosan Denovda) viloyatida boqiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Anor va anor sharbati inson salomatligi uchun qanday ijobiy xususiyatlarga ega?

🍎 Anor o‘zbeklar xush ko‘rib iste’mol qiladigan foydali mevalardan biridir. Uning o‘zi ko‘plab dardlarga davo, quvvat va shifo manbai bo‘lsa, undan tayyorlanadigan tabiiy anor suvi esa insonning immun tizimini faollashtiradi, ishtahani ochadi, tetiklashtirib, ortiqcha uyqudan xalos etadi.

✔️ Unda, C, K, B6 va B9 vitaminlari va 15 ta aminokislota mavjud. Anor kaliy, mis, fosfor, magniy, yod va temir kabi minerallarga boy. Anordagi temir moddasi yaxshi singdiriladi. Aynan shuning uchun kamqonlikda bir kunda kamida bir piyola anor sharbatini ichish tavsiya qilinadi.

💫Olimlar anor xolesterin miqdorini kamaytirishini va qon tomirlaridagi toshmalarga qarshi kurashishini aniqlashgan. Shuningdek, u yurakni mustahkamlovchi quvvatga ega. Meva qarishdan himoya qiladi. Undagi A urolitin moddasi organizmni yosh holatda saqlaydi.

👨‍⚕️ Bilasizmi, anor saratonga qarshi xususiyatlarga ega. Uning tarkibida organizmda xavfli o‘smalar paydo bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatuvchi ellagotanin moddasi mavjud. Anorni yoki suvini har kuni iste’mol qilish saraton kasalliklariga chalinish ehtimolini bir necha marta pasaytiradi.

Gemoglobin – tarkibi temirdan iborat oqsil hisoblanadi. Gemoglobin yetishmasligida odam ko‘ngil aynish, zaiflik va tez charchashni his qilishi mumkin. Agar sizda gemoglobin miqdori kam bo‘lsa, har kuni 150-200 ml dan yangi siqilgan anor sharbatini ichish lozim.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Уруғлик пахта элита уруғчилик хўжаликларида, хусусий уруғчилик корохоналарида ва илмий-тадқиқот институтиларининг филиалларида етиштирилади

АОКАда ўтказилган брифингда Қишлоқ ҳўжалигида билим ва инновациялар Миллий маркази ахборот хизмати раҳбари Анвар Ҳақбердиев уруғлик пахтани териб олишда қўйиладиган талаблар юзасидан маълумот берди:

⚡️Якка танлов, синов намунаси, уруғ кўпайтириш мақсадида элита уруғликлар терилиб махсус ёпиқ омборларда белгиланган тартибга кўра қанор қопларда сақланади.

⚡️Юқори авлодли уруғ кўпайтириш кўчатзори материаллари ва элита уруғлари қопларда сақланиб тиним даврини ўтказади. Уруғлик чигит махсус цехларда дориланиб сўнг икки ой муддатда тиним даврини ўтказади.

⚡️Уруғлик олиш мақсадида экилиши белгиланган чигитлар асосан тендердан ўтган фермер хўжаликларида ва махсус уруғчилик корхоналрида хамда илмий тадқиқот институтининг хўжаликларида экилади.

⚡️Кўрикдан ўтган далалар махсус бланка (полосаси бор) билан пахта тайёрлаш шохобчасига топширилади.

⚡️Терим жараёни пахта 80-85 % очилганда 3- ҳосил шохдан 8- ҳосил шохгача тўлиқ шаклланган кўсаклар териб олинади. ЎзДСТ меъёрий кўрсаткичларига асосан уруғлик пахта қабул қилинади. Меъёрдан ошиқ 0,1 % намлик ёки ифлослик бўлса техник пахтага ўтказилади.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/27 02:17:50
Back to Top
HTML Embed Code: