Telegram Group Search
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Sabzi ekish va undan mo’l hosil olish sirlari

🥕Sabzi — kunlik taomlarimizning ajralmas qismi bo‘lib, tarkibida ko‘z va teri salomatligi uchun muhim bo‘lgan A vitamini va karotin moddasi mavjud. O‘zbekistonning turli hududlarida, jumladan, Toshkent, Samarqand, Vodil, Xatirchi va Xiva tumanlaridagi nav sinash markazlarida sabzining ikki xil navi bo‘yicha sinov ishlari o‘tkazilib, hosil yig‘im-terim ishlari amalga oshirilmoqda.

🌱Mamlakatimizda ko‘p yetishtiriladigan sabzi navlari orasida Mushak, Nurli, Mirzoi sariq, Mirzoi qizil, Nant, Shantane, Ziynatli va Farovon kabi navlar mashhur. Bu navlar nafaqat mazasi, balki hosildorligi bilan ham dehqonlarimiz orasida keng tarqalgan.

🌲Sabzi yaxshi o‘sishi uchun yengil, qumoq va yumshoq tuproq kerak. Zich tuproqqa ekilganida ildizlari kichik va notekis bo‘lib qoladi, chunki ildiz yer ostida o‘sadi va tuproqning sifatiga sezgir. Sabzi ekilgan maydonni nam bilan ta’minlash, tuproqni yumshoq va qumoq holda saqlash kerak.

O‘g‘itlashda esa sabzi o‘sishining dastlabki bosqichlarida azotli, keyinchalik esa fosfor, kaliy va kalsiyli o‘g‘itlarga talabchan. Bu o‘g‘itlar sabzining sog‘lom va hosildor bo‘lib yetilishida muhim o‘rin tutadi. Shu tarzda parvarish qilingan sabzi nafaqat yaxshi hosil beradi, balki o‘zining vitaminlarga boyligi bilan taomlarimizni yanada foydali qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Misr qishloq xo’jaligi tizimida qanday innovatsion tajribalar qo’llanilmoqda?

Misrda qishloq xo‘jaligi tizimida innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalar orqali sezilarli rivojlanish kuzatilmoqda. Aytish mumkinki, ushbu mamlakatda texnologiyalarni qo‘llash orqali hosildorlik va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

📸Hosilni kuzatish va baholash uchun dronlar va sun’iy intellekt texnologiyalari keng qo‘llanmoqda. Bu tizimlar o‘simliklarning o‘sish jarayonini real vaqt rejimida kuzatib, ehtimoliy kasallik va zararkunandalarga qarshi oldindan chora ko‘rishga imkon beradi. Masalan, dronlar tuproq namligi, o‘g‘itlanish darajasi va hosil holatini kuzatadi, natijada fermerlar resurslarni oqilona taqsimlaydilar.

💧Mamlakatdagi suv tanqisligi muammosini hal qilish maqsadida smart-sug‘orish tizimlari keng joriy etilmoqda. Ushbu tizimlar avtomatlashtirilgan bo‘lib, tuproq namligini sensorlar orqali kuzatadi va ehtiyojga qarab suv yetkazib beradi, bu esa suvni tejamli ishlatishga yordam beradi.

📌Hududda o‘simliklar iqlim o‘zgarishiga chidamli bo‘lishi uchun genetik tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu yondashuv qurg‘oqchilik yoki issiq iqlim sharoitlarida hosildorlikni saqlab qolishga imkon beradi, shuningdek, yuqori sifatli mahsulot yetishtirishni ta’minlaydi. Ta’kidlash o’rinli, bu kabi amaliy tadqiqotlar yil davomida uzluksiz olib boriladi.

Fermerlar resurslarni tejash uchun avtomatlashtirilgan texnologiyalardan, xususan, yer osti namlik sensorlaridan foydalanishmoqda. Bu usullar suv, energiya va o‘g‘itlar iste’molini kamaytirib, ekologik va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Organik o‘g‘itlardan foydalanish, zararli kimyoviy moddalarni kamaytirish va barqaror dehqonchilik usullariga o‘tish orqali qishloq xo‘jaligi ekologik jihatdan ham foydali bo‘lishga intilmoqda.

🟢Misrda olib borilayotgan bu innovatsion tadbirlar nafaqat hosildorlikni oshirishga, balki mahsulot sifatini yaxshilash va resurslarni tejamli ishlatishga ham yordam bermoqda. Ushbu yondashuvlar uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi sohasida raqobatbardoshlikni oshiradi va fermerlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Asalarilarni qishlashga tayyorlash bo‘yicha muhim tavsiyalar


🐝Asalarilarning qishda xavfsiz va sog‘lom saqlanishini ta’minlash uchun qishlash jarayonini oldindan puxta rejalashtirish juda muhim. Rosselxoznadzor mutaxassislari ushbu davrda asalarilarga g‘amxo‘rlik qilish bo‘yicha quyidagi tavsiyalarni beradi.

🌀Asalarilar qish oylarida ozuqa zaxirasiga muhtoj bo‘ladi. Qishda asal yig‘im-terimi yo‘qligi sababli, ularni yetarli miqdorda asal, maxsus shakar siropi va perga (asalari gulchangi) bilan ta’minlash zarur. Bu asalarilarning qishda energiya sarfi uchun zarur bo‘lgan resurslarni beradi.

💧Qishlash oldidan asalari oilalarini kasalliklardan himoya qilish muhimdir. Asalarilarda nozematoz va varroatoz kabi kasalliklarning oldini olish uchun ularni maxsus preparatlar bilan davolash tavsiya etiladi. Bu preparatlar ularga zarur miqdorda berilgan shakar siropi bilan aralashtirilishi yoki bug‘ shaklida ishlatilishi mumkin.

🍯Asalarilarni saqlash joyini dezinfeksiya qilish, quruq va toza holda saqlash lozim. Qishlash joyining harorati 0-4°C oralig‘ida bo‘lishi kerak, namlik darajasi esa 70-85% bo‘lishi tavsiya etiladi. Shuningdek, havo aylanishini ta’minlash uchun yaxshi ventilyatsiya qilish kerak.

💬Qishda ularni kemiruvchilardan himoya qilish uchun maxsus himoya to‘siqlarini o‘rnatish tavsiya etiladi. Kemiruvchilar asalari uyalariga zarar yetkazishi mumkin, shuning uchun ularning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kuchsiz asalari oilalarini qishlashdan oldin birlashtirish tavsiya etiladi. Bu issiqlikni nazorat qilish va ozuqa iste’molini kamaytirish imkonini beradi.

Qishlash joyini to‘g‘ri tayyorlash orqali asalarilar ozuqa sarfini kamaytirish mumkin. Maxsus tayyorlangan qishlash joylari harorat va namlikni me’yorida saqlaydi, bu esa asalarilarni ortiqcha energiya sarflashdan saqlaydi va oziq-ovqat zaxiralarini tejashga imkon beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌾🌾🌾🌾🌾🌾

🇺🇳Joriy yilning 12-13 noyabr kunlari Ozarbayjonda BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) bo‘lib o‘tadi.

⚡️Shu munosabat bilan Ozarbayjonning 1News.az internet nashri Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning “Iqlim o‘zgarishi mas’uliyatli yondashuvni talab qiluvchi tobora jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda” sarlavhali eksklyuziv maqolasini chop etdi.

ℹ️Unda iqlim o‘zgarishi muammolarini hal etish ishlari nafaqat bir davlat yoki mintaqa miqyosida, balki dunyo miqyosida amalga oshirilishi lozimligi, shuningdek, iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish va mavjud muammolarni bartaraf etish borasida O‘zbekiston tajribasi haqida batafsil so‘z yuritilgan.

Mazkur havola orqali maqolani to‘liq o‘qishingiz mumkin.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/13 04:14:50
Back to Top
HTML Embed Code: