Telegram Group Search
Forwarded from Munisadan... (Munisa)
Assalamu alaykum Qalbi buyuk ustoz
Tavalludingiz bilan Tabriklayman!
Ushbu yoshingiz Sizga umringizning eng xayrli, fayzli va barokatli lahzalarini taqdim qilsin.
Shu òrinda Ustoz va murabbiylar kuni bilan ham tabriklayman.
O'rgatganlaringizga rozi bo‘ling.
Ijod yo'lida ham aka, ham ustoz bo'lib kelyapsiz. Hammasi uchun rahmat aytaman Sizga. Umringiz uzoq bo‘lsin. Oilangizga bosh bo'ling.
Qo'shaloq ayyom muborak ustozim akam🥰 Ijodingizdan eng go'zal she'rni kuzatuvchilarimga yo'lladim

IZHOR

She'rlarim borlig'i g'aribdir balki,
Mening so'z boyligim Sendan iborat.
Sening o'rin olgan qasring go'zalki,
Qalbimda qurilgan eng zo'r imorat.

Husning nigohimni nurga beladi,
Devona ayladi ishqqa yorligim.
Meni ikki dunyo baxtli qiladi
Sening lug'atingda ismim borligi.

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
Kecha tavallud kunimiz bilan qutlagan barcha qadrdonlarimiz, yaqinlarimizga yana bir bor rahmat aytmoqchiman. Mabodo texnik sabablar bilan koʻzim tushmay qolgan boʻlsa ham haqqimizga qilingan duo va goʻzal tabriklar uchun tashakkur! Olloh barchangizdan rozi boʻlsin!

@Qalb_yoli
#tabrik
#qutlov

USTOZLAR

Zahmat chekar bizchun yillab ustozlar,
Ona kabi boshim silar ustozlar,
Ne-ne baland manzillarga yetmaylik
Haqqimizga duo qilar ustozlar.

Haqqin ado etolmaymiz bu rostdir,
Bizga bergan ilmlari merosdir,
Duolari oltinu zar olmosdir,
Eng yaxshisin bizga tilar ustozlar.

Mitti qoʻlga qalam tutgan buyuk qalb,
Qancha ranju alam yutgan buyuk qalb,
Ortimizdan rahmat kutgan buyuk qalb,
Ona kabi boshim silar ustozlar.

Ruxsat bering sizga nazm bitarman,
Navo qilsam nomingizni netarman,
Boshim baland tutib taʼzim etarman,
Olmos qalblar, oltin dillar, ustozlar!

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiyobon_oqshomlaridan

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining muzeyida juma kuni oʻtkazilgan XIYOBON OQSHOMLARI mushoirasi bu galgisi juda ajoyib oʻtdi. Menimcha kelgan barcha ijodkorlar maza qilishdi. Kelmaganlar esa armonda)

@Qalb_yoli
#tavallud

Bugun qadrdon ukam, isteʼdodli shoir, oʻta harakatchan ijodkor Erkin Hojimuhammad tugʻilgan kun! Har qanday inson havas qiladigan ajoyib xarakter, samimiyat, ijobiy xislatlar hamda hayotdagi yutuqlar va yaxshi doʻstlar bor sizda, ukam. Sababi oʻzingiz yaxshi insonsiz! El ardoqlaydigan katta shoir boʻling!

...
ГА

Сочингга беркинай, бағримга бекин,
Дийдор қиладими бир бора зафар?
– Келаси сафарга келаман, дединг:
Гулим, келмасачи келаси сафар?!

Қораловчи ким-у, бунда оқчи ким?
Оқловчим, қалбимни тим қора этдинг!
Ишқ не билдим!
Сенга
билдирмоқчийдим,
Билганингни қилиб, билмасдан кетдинг!

Дилим тилимланган, кўзларида нам,
Тилимиз,
дилимиз айро,
бу не иш?!
Мени кўп чарчатди билсанг жонгинам,
Кўнгилсизликларга кўнгилли бўлиш!

Хуршидюз,
эзди-ку соғинчнинг ғами,
Юрак зирқирайди,
вужуд қуламас.
Баҳор келса гуллаб кетади замин,
Баҳорим, келмасанг – кўнглим гулламас!


Эркин ҲОЖИМУҲАММАД

@Qalb_yoli
KUZ HAQIDA BALLADA

Bahor edi u payt to‘rt fasl:
Ko‘ylagingdan gullar terardim.
Senga tergan atirgullardan
Ro‘molchalar yasab berarding.

Entikaman hamon eslasam,
U davrlar yel bo‘lib o‘tdi.
Ko‘zimizga baxt ishqiy nahr
Gulob to‘lib, gul bo‘lib o‘tdi.

Ikki yurak - lovullagan ishq,
Qanday hislar muz bo‘ldi, jonim?
Bizni yoqqan yosuman yovuz -
Olovrangli kuz bo‘ldi, jonim.

Bir nuqtaga qadalgan ko‘zim,
Anglamaydi nelarni tuyar.
Sen sezgansan dastro‘mollarni
Sensiz kunga yaraydi deya.

Bahor ketdi qalb fasllardan,
Yo‘llariga qaratib ketdi.
Ketar chog‘i armoniy mushkin,
Bir umrga taratib ketdi.

Sen o‘zgaga bahor bo‘lguncha,
To‘rt yonim giryon bo‘ldi, jonim.
So‘ng ko‘zimdan tomchiladi yosh,
Dastro‘moling qon bo‘ldi, jonim.

Sen qaydasan, bahorlar qayda?
Barisidan umidim uzdim.
Qon bo‘yalgan dastro‘mollardan
Men qip-qizil yo‘laklar tuzdim!

Sen yo‘q tomon ranglari motam
Hazin kuylar yaraldi dunda.
Oltinrang va alvon faslning
Nomini kuz dedilar shundan.

Odamizot uchun tuyg‘uning
Qonuniyati buzildi, jonim.
Bizlar barpo qilgan sevgidan
Ikki fasl tuzildi, jonim.

Qil sig‘magan ko‘ngilga, qil-ku
Bahor yo gul sig‘mayapti, o.
Axir qalbda turar qip-qizil
Dastro‘molga o‘ralgan dunyo

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
Yer yomon silkindi!!! Shunday silkimasa uygʻonmayapmiz...
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil bo‘ldi.

Bayram barchamizga qutlugʻ boʻlsin!
O‘zligimizning asosiy belgisi bo‘lgan ona tilimizning umri boqiy bo‘lsin!

@Qalb_yoli
Audio
#Davlat_tili_bayrami
#ona_tilim_faxrim
#taronaga_aylangan satrlar

ЎЗБEКМАН

Ниятулло Элбек ўғли
🎤 Бехрузбек Солиев

ЎЗБEКМАН

Ғурур билан оқадир қоним,
Ватан дея чиққан забоним,
Эшитаман, малласоч хоним,
Мен ўзбекман, ўзбекча сўзланг!

Кўргилиги каммас йўлида,
Алами бор. Кўмган дилида,
Айтарим бор миллат тилида,
Мен ўзбекман, ўзбекча сўзланг!

Ўв жаноблар, уйқисираманг,
Мудраб, эснаб, ияк тираманг,
Қош чимириб лаблар бураманг,
Мен ўзбекман, ўзбекча сўзланг!

Тарих дея сайрамоқдасиз,
Кимларнидир аврамоқдасиз,
Қайси тилда жаврамоқдасиз?
Мен ўзбекман, ўзбекча сўзланг!

Лаганбардор, сохта маддоҳлар,
Тилингиздан тўкилар оҳлар,
Ўзлигини сотган гумроҳлар,
Мен ўзбекман, ўзбекча сўзланг!

Ўз тилим деб курашолмасам,
Отиб ташланг мардмасман, қасам,
Юрт дардида ўламан ўлсам,
Мен ўзбекман, ўзбекча сўзланг!

Ниятулло Элбек ўғли

@Qalb_yoli
E’LON

Hurmatli ijodkorlar, ertaga “ONAJONIM SHE’RIYAT” toʻgaragi doirasida Gʻofur Gʻulom uy muzeyiga sayohat rejalashtirilgan. Soat 15:00 da Yozuvchilar uyushmasi 50 kishilik majlislar zalida yigʻilamiz va muzeyga yoʻl olamiz. Bu galgi mushoiramiz uy muzeyida boʻlib oʻtadi. Barcha yosh ijodkorlarni chorlab qolamiz. Muzeyga kirish bepul. Faqat vaqtidan kechikmay mushoira oʻtadigan xonada yigʻilish soʻraladi.

Hurmat bilan Yosh ijodkorlar bilan ishlash boʻlimi xodimlari.

@Qalb_yoli
#atalgan

KUNGA EMAS MENGABOQARIM

Kun uyqudan ko'tardi boshin,
Tong ham shaffof bo'lib oqardi.
Topib oldi ko'kda quyoshi,
Tuvakdagi kungaboqarni.

Bir-biriga termulgancha jim,
Oftobi tark etguncha osmon.
Kungaboqar kulib boqardi,
Kech kirguncha yashnardi shodon.

Menda ham bir kungaboqar bor,
Ko'zlarimdan olmaydi ko'zin.
Chunki ko'zim ko'rganda takror,
Quyosh kabi porlatgan o'zi.

Gullar oqshom oftobin to'sgan,
Tundan rosa nolib yurarlar.
Quyoshgulim o'ylab men esa,
Qarog'imda olib yurarman.

Ko'zlarimda chaqnagan cho'g'cham,
Yuragimga berib turar zeb.
Quyoshgulim erkalab sho'xchan,
Nom qo'yvoldim mengaboqar deb)

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To‘xtang, sherlashamiz!

Shoir ukamiz Erkin Hojimuhammad goʻzal bir loyiha boshladi. Xalqimiz azaldan adabiyotni sevadi. Balki ishlar, ehtiyojlar bilandir kitobdan biroz uzoqlashgandirmiz ammo baribir ich-ichimizdan nimalardir hirgoyi qilamiz, yuraklarni titratgan satrlarni oʻqiymiz. Shunday toza qalb insonlarga adabiyotni, sheʼrni yetkazishning ming bir usuli bor. Erkinjon esa oʻz yuragiga monand samimiy yoʻlini tanladi. Shu kabi xayrli loyihalarni topishdan tolmasligini tilab qolamiz. Sizning ham qarshingizdan sheʼr tinglaysizmi deb shoir chiqib qolsa, albatta, tinglang va kitob sovgʻa olasiz)

Oʻqilgan sheʼr muallifi Nurmuhammad Azizov @zarif_gussa

Loyiha muallifi Erkin Hojimuhammad
@Erkin_Hojimuhammad

@Qalb_yoli
SEN KITOB O'QIYSAN...

Sen kitob o'qiysan, tegrangda quyosh,
Xayoling tumandek tarqab ketadi.
Yuraging tubidan qo'zg'algan ko'zyosh,
Ko'zing qirg'og'ida qalqib ketadi.

Har kitob boshida dunyoga kelib,
Asar yakunidan cho'chib yashaysan.
Gohi jilmayasan, goh shodon kulib,
Barcha iztirobin kechib yashaysan.

Qo'yningda kitoblar ko'targan ko'yi,
Ko'chaga chiqasan kezib hayotni.
Mo'jiza bo'lishin kutar bir o'ying,
Qidira boshlaysan adabiyotni.

Lekin hayot boshqa, yo'llar poyonsiz,
Qaytolmaysan bir bor o'tgan yeringdan.
Termulganing bilan yo'liga sonsiz,
Kutganing kelmaydi kutgan yeringdan.

Xayol ummoningda bo'ron bo'laman,
Dengizdek quyilib jismu joningga.
Kitoblar ichidan chiqib kelaman
Bir kun aylanaman qahramoningga...

Niyatullo Elbek o'g'li

@Qalb_yoli
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Real Madrid 0 : 4 Barcelona FC

Barcelona Realni yanchib tashladi!
Visca Barca! Visca Barca! Visca Barca!

Leva ochib beradi yoʻlni,
Kirib kelar sahnaga Lamin.
Oʻng oyoqda uradi golni,
Koʻk anorrang boʻladi zamin.

Shtegenning oʻrnin bildirmay,
Devor boʻlib beradi Penya.
Ronaldinyo degan dahoni,
Eslatadi bizga Rafinya.

Ayab qoʻyar raqibni Robert,
Ikki golni urib jo‘rttaga.
Oriyatni oʻrtaga qoʻygan,
Rafi nuqta qoʻyar toʻrttaga.

Xavfli boʻlar yaralangan sher,
Raqibini tilkaladi rost.
Sirtlonchalar yoʻlni boʻshating,
Shunday boʻlar Barsacha qasos.

Niyatullo Elbek oʻgʻli

@Qalb_yoli
"Nazarimda, tabiat faqat chiroyli husnlarnigina emas, chiroyli yerlarni, chiroyli dengizlarni ham inson ko'ngliga zimdan ozor yetkazish uchun yaratgan"

- "Choliqushi"dan.
Rashod Nuri Guntekin

@Qalb_yoli
🎉 Xushxabar, Lola Animation multfilmi endi YouTubeda!

Do'stlar, bizni shu vaqtgacha qo'llab-quvvatlab kelgan obunachilar, bugun sizga 3 yil davomida tayyorlagan ishimizning ilk namunasini taqdim etamiz. Ishonamizki, Lulu va Nana nomli, ko'p qismli multfilm sizga va bolajonlarga manzur bo'ladi. Ushbu multfilm farzandlarimizning tarbiyasiga ijobiy ta'sir o'tkazishiga ishonamiz va maqsadimiz ham shundan iborat.

So'rardikki, multfilmni farzandlaringiz, jiyanlaringiz, umumiy olganda bolalar bilan birga tomosha qiling. Multfimdagi g'oyalarni batafsil tarzda ularga tushuntirib bering. Agar sizning qurilmangiz Dolby Digital formatni (maxsus ovoz vositasi) qo'llab-quvvatlasa, multfilmni yanada maroq bilan tinglashingiz mumkin bo'ladi. Multfilmdagi barcha jarayonlar, animatsiyadan tortib ovozgacha eng original holda bo'lib, o'zbek xalqiga tuhfa tarzida multfilmni taqdim etamiz!

Marhamat tomosha qiling: https://youtu.be/RFrpXcHtplA

Ko'proq bolalarga yetib borishi uchun ushbu havolani barcha tarmoqlarda ulashing! Do'stlaringiz, tanishlaringiz, hamkasblaringizga ya'ni barcha-barchaga tavsiya qiling. Bizga eng katta yordam bu tavsiyangiz va qo'llab-quvvatlashingizdir!

👉 Qo'llab-quvvatlash

@lola_animationuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- Орзуинг нима?
- Ёмғир остида сен билан учрашмоқ. Сеникичи?
- Ёмғир ёғмоғи..

Мубашшир Ахмад

@MubashshirAhmad
@Qalb_yoli
2024/11/17 11:01:25
Back to Top
HTML Embed Code: