Telegram Group Search
Hilola Umarova
#vazir_jamgʻarmasi #100_foizlik_natija Bugun barcha hududlarimizda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasidan ustama olishga nomzod pedagoglar uchun dastlabki sinov jarayonlari boʻlib oʻtdi. Sinovlar 4 bosqichda tashkil etildi, fan oʻqituvchilari…
#vazir_jamgʻarmasi
#100_foizlik_natija

Vazir jamgʻarmasidan ustama olishga nomzod pedagoglar uchun test sinovlaridan eng yuqori – 100 ballni qoʻlga kiritgan ustozlarimizning yana bir guruhini e'lon qilamiz.

Bu koʻrsatkichlar barchamizni birdek quvontirdi. Test sinovlarida maksimum ball jamgʻargan hamda keyingi bosqichga yoʻl olgan barcha ustozlarimizni samimiy tabriklayman.

@hilola_umarova
Endi taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2025-yil 20-fevraldagi 65-sonli buyrugʻi bilan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazish tartibi belgilandi. Mazkur hujjatga asosan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar roʻyxati va imtihon oʻtkazish shakllari, umumtaʼlim fanlari hamda xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.

Unga koʻra, 9-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika fanidan – yozma;
Oʻzbekiston tarixi fanidan – yozma/ogʻzaki;
Jismoniy tarbiya fanidan – amaliy shaklda oʻtkaziladi.

11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi:

Ona tili va adabiyoti (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun) fanidan – yozma;
Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun)dan – yozma;
Matematika (Asosiy) / Matematika (Chuqurlashtirilgan) fanidan – yozma;
Tarix fanidan – yozma;

Oʻquvchining tanlovi boʻyicha:

Ona tili va adabiyoti (qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirgʻiz tilida taʼlim boʻlgan sinflar uchun), Biologiya, Fizika, Kimyo, Davlat huquq asoslari, Geografiya fanlaridan – yozma;
Chet tili fanidan yozma/ogʻzaki shaklda oʻtkaziladi.

Ma’lumot uchun, 2025-yilidan boshlab taʼlim o‘zbek tilida olib borilmaydigan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinf bitiruvchilari uchun ham Davlat tilidan yakuniy nazorat imtihonlarini topshirish majburiy bo‘lishi belgilanmoqda.

Oʻzgarishlar haqida batafsil maʼlumotlar vazirlikning ijtimoiy tarmoqlari orqali beriladi.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘qituvchilar avlodi – kelajak quruvchilari

“Yangi O‘zbekiston” universiteti Pedagogika (STEM fanlari bo'yicha) yo'nalishi talabalari Toshkent shahridagi Prezident maktabida amaliyot o'tashmoqda.

Talabalar egallagan bilimlarini yurtimizdagi eng nufuzli maktablardan birida sinab ko'rish imkoniga ega ekanliklari va o'qituvchilik kasbini tanlaganliklaridan faxrda ekanliklarini ko'rib juda quvondim.

Kuchli liderlar va buyuk shaxslarning paydo bo'lishida ustozlarining o'rni beqiyos. Kelajak Al-Xorazmiylari va Ibn-Sinolarni yetishtiruvchi ustozlar, albatta, bizning talabalarimiz qatoridan chiqishiga ishonaman.

@hilola_umarova
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.

Mukofot bilan taqdirlanganlar orasida maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimi, Yangi Oʻzbekiston universiteti jamoasi aʼzolari ham bor:

Yoʻldosheva Ummatoy Toʻlqinovna — “Yangi Oʻzbekiston” universitetining sanoat boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Navoiy viloyati);

Xamdamova Afroʻza Akbarovna — Samarqand viloyati, Samarqand shahridagi 42-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi;

Anvarova Naima Anvar qizi — Toshkent viloyati, Chinoz tumanidagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi;

Kamalova Shaxzoda Kaxramon qizi — Xorazm viloyati, Urganch shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi.

Barcha sovrindorlarni samimiy tabriklayman, yutuqlaringiz davomli boʻlsin!

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#muloqot

Bugun maktabgacha taʼlimga masʼullar bilan keng masshtabda yigʻilish oʻtkazdik. Muloqotimizda markaziy va hududiy studiyalardan respublikamizdagi 38 mingdan ortiq davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Muloqotda MTTdagi holatlar, muammolar, ularni oldini olish haqida gaplashdik.

Soʻnggi yillarda maktabgacha taʼlim sohasiga berilgan katta eʼtibor natijasida bogʻchalar soni 8 barobarga oshib, 38 mingdan ortdi va bolalarning qamrov darajasi 2017-yildagi 27 foizdan 77 foizga yetkazildi. Tashkil etilgan bogʻchalarning qariyb 7 mingtasi davlat bogʻchasi boʻlsa, qolgan 31 mingdan ortigʻi nodavlat bogʻchalar hisoblanadi. Nodavlat bogʻchalarda hozirda qariyb 1 millionga yaqin bolalarimiz tarbiyalanmoqda.

Afsuski, muammolar ham yoʻq emas. Kunora ijtimoiy tarmoqlarda bogʻchalarda ayrim tarbiyachilar tomonidan bolajonlarga nisbatan ishlatilgan qoʻpollik, tarbiyasizlik holatlari aks etgan videolavha va turli xabarlar tarqatilmoqda. Birgina oʻtgan yilning oʻzida ayni shu masalada vazirlikka yuzlab murojaatlar kelib tushgan. Biz bunday vaziyatlarni tizimli oʻrganib, nazoratga olyapmiz. Aslo befarq emasmiz. Oʻrganishlar natijasida 32 nafar rahbar va tarbiyachi lavozimidan ozod etildi, 3 nafari javobgarlikka tortildi, 15 nafariga intizomiy chora koʻrildi, 15 ta xususiy bogʻchaga berilgan litsenziya bekor qilindi.

Yigʻilishda aytilganidek, bir muhim jihatni unutmaylik: biz kelajagimizni bilimli, dunyoqarashi keng va mustaqil fikrlaydigan yoshlar bilan tasavvur qilamiz. Bola bilan munosabatda boʻlayotgan har bir mutaxassis mana shu masʼuliyatni his qilishi lozim. Har bir bolaning sogʻlom va barkamol voyaga yetishiga davlat kafil! Bu xususiymi, davlat va xususiy sheriklikmi yoki oilaviy bogʻcha boʻladimi, qonun talabi, tartiblar hamma uchun bir!

Taʼlim-tarbiya kuch ishlatishdan holi boʻlishi lozim. Bolalarga nisbatan qoʻpollik qilgan yoki shafqatsizlarcha munosabatda boʻlgan tarbiyachi, pedagogga qonun doirasida chora koʻriladi. Uzr, ogohlantirishlar bilan qutilib qolish yoʻq, bu oʻrinda MTT rahbariyatining shaxsiy javobgarligini ham kuchaytiramiz. Buni tizimda ishlayotgan har bir rahbar, pedagog, tarbiyachi va yordamchi xodimlar birdek tushunishi, shu tartibga rioya etishlari shart!

Yigʻilishda faol rahbarlar tomonidan bildirilgan har bir muammo, takliflarni yozib oldik, muammolarni hal etish, tashabbuslarni amalga oshirish boʻyicha ishni esa allaqachon boshladik. Biz bunday formatdagi uchrashuvlarni yana tashkil etib boramiz. Jamoamiz taklif va muammolarni eshitishga hamisha tayyor.

@hilola_umarova
Hurmatli maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz,
aziz ustozlar!


Sizlarni bahor ayyomi — “8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan samimiy qutlayman.

Bugungi kunda yurtimizda ayol-qizlarimiz uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Har bir sohada ularning o‘z maqsadi tomon dadil ildamlayotganini ko‘rish esa insonga behad quvonch bag’ishlaydi.

Shu o’rinda, yurtimizda qizlarimizning ilm olishi uchun ham alohida e'tibor qaratilayotganini ta’kidlash joiz. Shubhasiz, qiz bolaga ta’lim berish butun millatga ta‘lim berish demakdir.

Fursatdan foydalanib, barchangizni go‘zallik bayrami — 8-mart bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Sihat-salomatlik, baxt-u saodat, xonadoningizga fayz-u baraka yor bo‘lishini tilayman.

Zafar va muvaffaqiyatlar yo‘lingizda hamisha hamroh bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri


@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oxirgi yillarda maktab oʻqituvchilari, maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarini oʻz faoliyatidan boshqa ishlarga jalb qilish, ortiqcha va asossiz yigʻdi-yigʻdilarga qarshi kurashilyapti, bu masalada murojaatlar soni avvalgilariga nisbatan ancha kamaygan.

Lekin tizimda baʼzan jamoaga notoʻgʻri talablar qoʻyayotgan, turli maqsadlar uchun mablagʻ yigʻish topshiriqlarini berayotgan, bir soʻz bilan aytganda hamon eskicha fikrlayotgan masʼullar ham uchrab turibdi.

Yaqinda Quva tumanidagi maktablarning birida oʻqituvchilarning oylik maoshidan “open byudjet”da ovoz yigʻish uchun 700 ming soʻmdan ushlab qolishni talab qilgan direktor bilan mehnat shartnomasini bekor qildik.

Bugun “Tashabbusli byudjet” loyihalari uchun ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu loyiha qisqa muddatda ochiqlik, fuqarolarning byudjet jarayonida ishtirokini oshirishga xizmat qilishi bilan eʼtiborga tushdi. Bu ijobiy islohotlarga oʻqituvchi, taʼlim xodimlarini majburiy ovoz berishga jalb etish, ular maoshidan pul yigʻishlar bilan soya solmaylik.

Yana bir bor eslatmoqchiman, pedagoglarni ularning vazifasiga kirmaydigan ishlarga jalb qilish, turli maqsadlar uchun mablagʻ yigʻish kabi holatlar bilan hech qachon murosa qilmaymiz.

Hurmatli pedagoglar agar siz shu kabi holatlarga duch kelsangiz vazirlikka murojaat qiling, biz har bir holatni oʻrganamiz, oʻqituvchi va MTT xodimlari manfaatini himoya qilamiz!

@hilola_umarova
2025/03/12 03:35:28
Back to Top
HTML Embed Code: