Telegram Group Search
Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarni har kuni harbiy samolyotlarda mamlakatdan chiqarib yuborish rejasini e’lon qildi

Bu “AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiya operatsiyasi” bo‘ladi.

👉 @kunonline
Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini 18-fevralga qadar uzaytirdi

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Isroil Livan janubidan qo‘shinlarini 27-yanvargacha olib chiqishi kerak edi. Ammo jarayon hali davom etishi e’lon qilingan.

👉 @kunonline
1-fevraldan bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi

Unga ko‘ra, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Belarusda prezidentlik saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra Lukashenko 86,82 foiz ovoz bilan g‘alaba qozonmoqda Bu uning yettinchi marta saylanishi bo‘ladi. 👉 @kunonline
Yevropa Belarusdagi ovoz berishi tan olmadi. Yevropa Komissiyasi bu saylovlarni soxta va g‘ayriqonuniy, deb baholadi

Belarus muxolifatining surgundagi rahbari Svetlana Tixanovskaya saylovni “rejimning navbatdagi masxarabozligi” deb atagan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyatining Termiz tumanida Damas yo‘lni kesib o‘tayotgan 1-sinf o‘quvchisini urib yubordi

Oqibatda 8 yoshli bola shifoxonada vafot etdi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Chiptalarimiz Janubiy Koreyanikidan arzon” — temiryo’lchi narx-navo haqida

Kun.uz 1-fevraldan oshayotgan chipta narxlari yuzasidan temiryo’lchilar bilan suhbat o’tkazarkan, “Afrosiyob” samolyotdan ham qimmatligi xususida so’radi. Xodimlar fikricha, bu chiptalar aksincha, Janubiy Koreya poyezdlarinikidan ancha arzon.

👉@kunonline
Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Bu borada prezident qarori qabul qilindi.

👉@kunonline
O‘zbekistonga 2024-yilda elektromobillar bilan qo‘shib hisoblaganda jami 74,7 mingta yengil avtomobil import qilindi

Shundan 61 ming donasi Xitoydan keltirilgan. Keyingi o‘rinda Janubiy Koreya (11,9 mingta) va AQSH (639 ta) turibdi.

👉@kunonline
«Daniya yolg‘iz emas» — deya yozdi mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen va uyida Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Styore, Shvesiya bosh vaziri Ulf Kristersson hamda Finlandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan kechki ovqatni birga qilishgani aks etgan suratni joyladi

Bu Trampning Daniya tarkibidagi Grenlandiyaga da’vosi fonida bo‘lmoqda.

👉@kunonline
Boliviyada yo‘lovchi avtobusi yo‘ldan chiqib, ag‘darildi

Oqibatda 19 kishi, jumladan ikki bola halok bo‘ldi. Yana 9 kishi jarohatlandi.

👉@kunonline
“Dikiy arman” 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Qozogʻistonlik kriminal avtoritet, Yovvoyi Arman laqabi bilan tanilgan Arman Jumageldiyev Olma-ota sudining hukmi bilan 20 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U “Yanvar voqealari” tashkilotchiligi, jinoiy guruh tashkil etish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Shuningdek, unga homiylik qilgan Qozogʻiston MXQ sobiq xodimi Ruslan Iskaqov 15,5 yilga, uning hamkori sifatida ayblangan mahalliy kengashning deputati Qayrat Xudoybergen esa 8 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

👉 @kunonline
Tramp G‘azo sektoridan falastinlik qochqinlarni Misr, Iordaniya va boshqa arab davlatlariga ko‘chirishni taklif qildi

Iordaniya qiroli va Misr ushbu taklifni rad etdi. Xususan, Misr TIV “G‘azo aholisini o‘z yurtidan badarg‘a qilish” g‘oyasini qoralashini bildirdi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Turkiyadagi tog‘-chang‘i kurortida ro‘y bergan yong‘in qurbonlari 66 nafarga yetdi 👉 @kunonline
Turkiya kurortidagi Grand Kartal mehmonxonasida yuz bergan dahshatli yong‘in sababi oshpazlarning e’tiborsizligida bo‘lgan, deb xabar bermoqda Sabah

Oshpazlar grilni yoqilgan holda qoldirgan, keyinchalik olovni o‘t o‘chirish vositasi bilan emas suv bilan o‘chirishga uringan. Oqibatda olov butun xonaga sachragan.

Mehmonxona egasi yong‘in uchun barcha javobgarlikni xodimlarga: bosh oshpaz, elektrik va qo‘riqchilarga yukladi. Sudda u bosh oshpaz oshxonadagi elektr jihozlariga, elektrik esa yong‘in xavfsizligi tizimiga mas’ul ekanini ta’kidlagan.

👉 @kunonline
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eronda “G‘azo” nomli yangi dron sinovdan o‘tkazildi

U razvedka, kuzatish va nishonga yuqori aniqlikda zarba berishga mo‘ljallangan. Dron aqlli o‘q-dorilar va radioelektron urish tizimlari bilan jihozlangan.

Uning parvoz davomiyligi 35 soatgacha, uzoqligi 2000 kilometrdan ortiq, jangovar yuk ko‘tarish qobiliyati esa 500 kilogrammgacha yetadi.

👉 @kunonline
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi biroz pasaydi

Markaziy bank 28-yanvardan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 963,27 soʻm (–5,78)
🇷🇺 RUB 132,74 soʻm (+0,58)
🇪🇺 EUR 13 597,17 soʻm (–13,85)

👉 @kunonline
Yevropa Ittifoqiga a’zo 27 davlatning Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishni ma’qullashdi.

👉 @kunonline
Toshkent yana havo sifati pasaygan poytaxtlar reytingida 2-oʻringa chiqib oldi

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Minglab falastinliklar Gʻazo shimoliga qaytmoqda

27-yanvar kuni Hamas garovdagilardan yana uch nafarini qo‘yib yuborishga va’da qilgach, Isroil falastinliklar Gʻazo sektori shimoliga qaytishi uchun blokpostlarni ochib yubordi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi tikuvchilik korxonasi omborida yong‘in yuz berdi

27-yanvar kuni soat 21:33 da boshlangan yong‘in soat 01:41 da o‘chirildi. Yong’in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

👉@kunonline
Kun.uz | Online
Toshkent yana havo sifati pasaygan poytaxtlar reytingida 2-oʻringa chiqib oldi 👉 @kunonline
Ayni paytda Toshkent havosi eng iflos shaharlar reytingida 8-o‘rinni egallab turibdi

👉@kunonline
2025/01/28 03:18:52
Back to Top
HTML Embed Code: