Notice: file_put_contents(): Write of 8327 bytes failed with errno=28 No space left on device in /var/www/group-telegram/post.php on line 50

Warning: file_put_contents(): Only 4096 of 12423 bytes written, possibly out of free disk space in /var/www/group-telegram/post.php on line 50
Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal | Telegram Webview: soliqnews/12147 -
Telegram Group & Telegram Channel
#qonunchilikdagi_yangiliklar #TTY

Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi

Oʻzbekiston hududida tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizmi joriy etiladi:
2024-yil 1-apreldan yirik soliq to‘lovchilar uchun;
2024-yil 1-iyuldan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar uchun.

Bu Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi “Soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 673-son qarorida belgilandi.

Mazkur qaror bilan 28.04.2021-yildagi VMQ-249-son qaroriga “Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” Nizom kiritildi.

Unga koʻra, yuk tashish yuk joʻnatuvchi, oluvchi, ekspeditor yoki yuk tashish shartnomasi asosida xizmat koʻrsatuvchi shaxslar tomonidan oʻzining yoki ijaraga olingan transport vositasida amalga oshiriladi.

Elektron tovar-transport yuk xati (ETTYuX) ERIdan foydalangan holda, elektron hujjat aylanish tizimi operatorlarining axborot tizimida shakllantiriladi.

ETTYuX orqali yukni yuborish, yetkazib berish va qabul qilish jarayonlari ERI bilan tasdiqlanadi yoki sababi koʻrsatilgan holda rad etiladi.

ETTYuXning elektron shaklga oʻtkazish qulayliklari:
▫️istalgan vaqt va joyda tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish;
▫️yuk yetkazib berilganligini real vaqt rejimida kuzatib borish;
▫️ortiqcha qogʻoz sarfi, ishchi kuchi va vaqtni tejash;
▫️ETTYuXdagi maxsus QR-kodni skanerlash orqali maʼlumotlar haqqoniyligini tekshirish;
▫️STIR yoki JSHSHIR kiritish orqali ETTYuXda barcha tegishli rekvizitlar avtomatik aks etadi;
▫️ETTYuX shakllantirilganda hosil boʻlgan ID raqam EHFga kiritilganda tegishli maʼlumotlar avtomatik ravishda EHFda koʻrinadi;
▫️ETTYuX tovarlarni yetkazishda shartnoma asosida transport ishini hisobga olish, haydovchiga (yukni yetkazib beruvchi masʼul shaxsga) ish haqi yozish uchun asos boʻladi.

Bundan tashqari, ETTYuX soliq xizmati organlari maʼlumotlar bazasida kamida 5 yil saqlanadi. Bunda shartnomada 5 yildan ortiq muddat koʻrsatilgan boʻlsa shartnoma amal qilish muddatigacha saqlanadi.

Muhim❗️
- texnik nosozliklar yuzaga kelganda, ETTYuX qogʻozda rasmiylashtiriladi. Bunda nosozlik tizim operatori tomonidan rasman tasdiqlanib, bartaraf etilgandan soʻng ETTYuX 5 kalendar kuni ichida qogʻozda koʻrsatilgan sana bilan axborot tizimiga kiritiladi;
- yuk joʻnatuvchi ETTYuX bilan bir vaqtda EHF shakllantirishi lozim;
- haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlar kiritilgan ETTYuX bilan yuklarni tashish – soxta hujjatlar boʻyicha tashish hisoblanadi hamda Soliq kodeksining 223-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.

Bunga qadar tovar-transport yuk xati faqat qogʻoz shaklda qoʻlda rasmiylashtirilgan va elektron hisobi yuritilmagan. Maʼlumotlar haqqoniyligini tekshirish va xavfsizligini taʼminlash imkoni boʻlmagan.

Avvalgi davrda tovar-transport yuk xati qogʻozda 4 nusxada shakllantirilgan va ularning har biriga rekvizitlar alohida kiritilgan.

Mazkur tartibning joriy etilishi hisobiga 1 yilda oʻrtacha 200 mingta tadbirkor tomonidan 16 mlrd soʻmdan ortiq material sarfi hamda ularni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar qisqaradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

group-telegram.com/soliqnews/12147
Create:
Last Update:

BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/12147

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Perpetrators of such fraud use various marketing techniques to attract subscribers on their social media channels. He said that since his platform does not have the capacity to check all channels, it may restrict some in Russia and Ukraine "for the duration of the conflict," but then reversed course hours later after many users complained that Telegram was an important source of information. "There are a lot of things that Telegram could have been doing this whole time. And they know exactly what they are and they've chosen not to do them. That's why I don't trust them," she said. As such, the SC would like to remind investors to always exercise caution when evaluating investment opportunities, especially those promising unrealistically high returns with little or no risk. Investors should also never deposit money into someone’s personal bank account if instructed. Right now the digital security needs of Russians and Ukrainians are very different, and they lead to very different caveats about how to mitigate the risks associated with using Telegram. For Ukrainians in Ukraine, whose physical safety is at risk because they are in a war zone, digital security is probably not their highest priority. They may value access to news and communication with their loved ones over making sure that all of their communications are encrypted in such a manner that they are indecipherable to Telegram, its employees, or governments with court orders.
from ua

Telegram Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
FROM American