Telegram Group Search
Yurtimizda sifatli tarzda yetishtirilayotgan paxtaning Xitoy navlarida qanday ijobiy xususiyatlarni ko‘rish mumkin?

▫️Xitoy paxta navlari o‘zining yuqori hosildorligi, sifatli tolasi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Xitoyda paxta yetishtirish agrar sanoatning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarilgan paxta tolasining ko‘pchiligi yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega.

Xitoy paxta navlarining sifat ko‘rsatkichlari

🇨🇳Xitoyda bir nechta yuqori sifatli paxta navlari yetishtiriladi. Ushbu navlar ko‘proq “Gossypium hirsutum” (umumiy paxta) turiga tegishli bo‘lib, ba’zilari yuqori sifatli tolali hisoblanadi. Quyidagi sifat ko‘rsatkichlari eng muhimlaridandir:

Xitoy paxtasining tolasi, odatda, o‘rtacha va uzun shaklga ega bo‘lib, bu paxta mahsulotlarining sifati va mustahkamligini oshiradi.

Ushbu paxta tolasi mustahkam va elastik bo‘lib, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda yuqori sifatli mahsulotlar olish uchun muhimdir.

Bunday paxta navlarida toza tolalilik darajasi yuqori, bu esa mahsulotlarni qayta ishlash jarayonini osonlashtiradi.

Mazkur navlar ko‘plab zararkunandalar va kasalliklarga qarshi chidamli hisoblanadi, bu esa o‘simliklarning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.

Xitoy paxtasi hosildorlik bo‘yicha jahon miqyosida yuqori o‘rinlarda turadi. Ba’zi navlar gektariga 4-5 t gacha hosil bera oladi.

Xitoyda keng tarqalgan paxta navlari

🔝Zhongmian-41: Bu paxta navi yuqori hosildorligi va yaxshi tolasi bilan mashhur. U ko‘plab hududlarda, xususan, Xitoyning janubiy va markaziy qismlarida keng yetishtiriladi.

Xinji-1: Tolasi uzun va mustahkam bo‘lgan paxta navi bo‘lib, undan yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu navi ko‘pincha Shimoliy Xitoyda yetishtiriladi.

🔗Zhongzhi-2: Uzoq muddatli vegetatsiya davriga ega bo‘lgan paxta navi bo‘lib, yaxshi iqlim sharoitlarida yuqori hosil beradi. U issiq va quruq mintaqalarda yaxshi o‘sadi.

Paxta yetishtirish imkoniyatlari bo‘lgan hududlar

🌲Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun ma’lum tuproq va iqlim sharoitlariga ehtiyoj bor. Ushbu sharoitlar quyida keltirilgan:

Paxta iliq va issiq iqlimni talab qiladi. O‘rtacha harorat 20-30°C atrofida bo‘lishi kerak. Xitoyning paxta navlarini o‘stirish uchun uzun va issiq vegetatsiya davri muhim. Shuningdek, quruq sharoitlar paxta yetishtirishda afzal hisoblanadi.

Paxta o‘simligi unumdor, yaxshi drenajlangan qumloq yoki loy tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproqning pH darajasi 6-7 bo‘lishi tavsiya etiladi.

Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun mos hududlar

🚪Ushbu paxta navlari, o‘zining yuqori hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari tufayli, boshqa davlatlar, jumladan, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalarida ham muvaffaqiyatli yetishtirilishi mumkin.

🇺🇿O‘zbekistonning janubiy va markaziy hududlari Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun juda mos. Ushbu hududlarda iliq iqlim va yaxshi irrigatsiya tizimlari mavjud bo‘lib, paxta uchun optimal sharoit yaratadi. Hozirda yurtimizning ko‘plab dala maydonlarida paxtaning Xitoy navlari muvaffaqiyatli tarzda yetishtirilmoqda.

🌡Issiq iqlimi va quruq hududlari tufayli Xitoy paxta navlari Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘istonning janubiy qismlarida ham yaxshi o‘sadi. Aytish mumkin, ushbu navlar yuqori hosil va sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi, bu esa qishloq xo‘jaligi uchun iqtisodiy jihatdan samaralidir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Fosforli o‘gitlardan foydalanish iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi

🌱Fosfor o‘simliklarning ildiz tizimini mustahkamlash va meva berish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa hosildorlikni oshiradi va fermerlar uchun yuqori daromad manbai bo‘ladi.

🔼Ayniqsa, yuqori fosfor talab qiladigan ekinlarda (masalan, g‘alla, paxta, sabzavotlar va mevali daraxtlar) fosforli o‘g‘itlar yetarli darajada qo‘llanilsa, hosil miqdori sezilarli darajada ortadi.

📌Yana bir ahamiyatli tomoni, tuproqqa kiritilgan fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi fosforning 5-15% i (dehqonchilik uchun o‘ta qulay yillarda 20% gacha) birinchi yilda ekilgan ekinlar tomonidan o‘zlashtiriladi.

🔗Demak, yerga solingan fosforli o‘g‘itlarni 80% i kelasi yillarga zaxiralanadi. Shu sababli fosforli o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsiyentini yaxshilash yo‘llaridan biri uni zaxiraviy qo‘llashdir.

🤑Mazkur usulda har gektar maydonga 3-4 t atrofida fosforli o‘g‘it kiritiladi, bunda o‘g‘itni tuproqqa kiritish bilan bog‘liq xarajatlar keskin kamayadi.

▶️Shuningdek, fosforli o‘g‘itlar azot va kaliy o‘g‘itlari bilan birgalikda ishlatilganda samarali natijalar beradi. Bu muvozanatli oziqlantirishning o‘simliklar uchun ideal sharoit yaratishiga olib keladi va hosildorlikni ko‘paytiradi.

👍Yaxshi hosildorlik orqali fermerlar o‘g‘itlar uchun sarflagan xarajatlarni qoplaydi va qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, yur unumdorligiga erishishlari ham mumkin.

📝Fosforli o‘g‘itlarning haddan tashqari yoki yetarli darajada ishlatilmasligi hosilga zarar yetkazishi mumkin. Optimal doza tanlash hosildorlikni oshirishda muhim hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tok qalamchalari bilan ishlash tartibi. Ulardan foydalanishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

🍇Toklarni ko‘paytirish uchun lozim bo‘lgan eng yaxshi qalamchalar sog‘lom, o‘z navining eng yaxshi namunasi bo‘lgan tok novdalaridan kesib olinadi.

🧬Ular o‘z tarkibida yetarlicha uglevodga boy ozuqalarni jamlagan bo‘lishi lozim, chunki ular yerga suqilgandan keyin birmuncha muddat ildiz va novdalar rivoji aynan shu ozuqa hisobidan ta’minlab turiladi.

📌Ko‘paytirish uchun yaxshi qalamchalarni saralab olish tokning sog‘lom o‘sib, unishida muhim ahamiyatga ega. Agarda qalamchalar boshqa navdan kesib olingan bo‘lsa, ko‘paytirishning mutlaqo imkoni yo‘qoladi. Buning uchun, ko‘paytirish jarayonini boshqatdan boshlash lozim bo‘ladi.

🌲Qalamchalarni tayyorlashda faqatgina bir yoshli tok novdalaridan foydalanish kerak. Bunda qalamchalar 100 tadan qilib bog‘lanadi, 2 metrga 1 metr qilib chuqur qaziladi. Chuqurga bog‘langan qalamchalar joylashtiriladi. Keyin ular tuproq bilan to‘liq ko‘mib berkitiladi.

🟢Chuqurdagi qalamchalar nam holatda saqlanishi shart. Agarda havo quruq bo‘lsa, qalamchalar ko‘milgan chuqurga suv quyish talab etiladi. Lekin namlashda ham me’yor kerak, ortiqcha suv berish muammo keltirishi tayin.

⬇️Masalan, qalamchalar suvli hududda uzoq vaqt qolsa, o‘z tanasidan yig‘ilgan energiya zaxirasini sarflash natijasida kurtaklarni uyg‘onishi tezlashadi. Bu jarayonlar qalamchalarning nobud bo‘lishiga olib keladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda pestitsidlarning xavfsiz boshqaruviga o‘tiladi

🟢Mamlakatimizda pestitsidlarni xavfsiz boshqarish loyihasi - “Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun texnik yordam” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu tashabbus mamlakatni iqlim o‘zgarishi ta’sirini yumshatish hamda atrof-muhitning salbiy oqibatlarini kamaytirishda qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi.

🔗Buning uchun esa mahalliy salohiyatni oshirish, institutlarni mustahkamlash, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, vosita va muvofiqlashtirish mexanizmlarini sayqallash rejalashtirilgan.

🌿Shuningdek, O‘zbekistonda kimyoviy chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha asosiy masalalarni hal etish hamda pestitsidlardan foydalanishni qisqartirish uchun yanada ekologik toza qishloq xo‘jaligi amaliyotini joriy etish orqali ham pirovard maqsadga erishish ko‘zda tutilgan.

🇺🇳Ushbu loyiha BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Agroplatfoma.uz": ham qulay, ham shaffof va samarali

🔗Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun Respublikamizning aksariyat hududlari bo‘ylab paxta yig‘im-terim ishlari jadal olib borilmoqda. Bobodehqonlarimizning yil davomida qilgan zahmatli mehnatlari natijasi hademay paxta qabul qilish maskanlarida tog‘day bo‘y ko‘rsatadigan xirmonlar misolida ko‘zga ko‘rinadi.

💬Jumladan, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida tashkil etilgan yig‘ilishda ham paxta qabul qilish maskanlarining "Agroplatforma.uz" tizimi bilan ishlash tartibini monitoring qilish hamda xalqaro forum doirasida erishilgan kelishuv hamda investitsion loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Vazir o‘z navbatida respublikamizning barcha hududlarida yetishtirilayotgan paxta xom-ashyosini sifatli terib olish va qayta ishlash masalalariga to‘xtalar ekan, paxtachilik fermer xo‘jaliklarining paxta xomashyosini ularning xohishiga ko‘ra vaqtinchalik saqlashga olish, bu bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga shartnoma bandlari va aniq hisob-kitoblarni qilib berish yuzasidan topshiriq berdi.

📌Binobarin, paxta tayyorlov punktlarida qabul qilingan paxtani nav va tip belgilariga qarab saqlash, brezentlarning holati va urug‘lik paxtani alohida jamg‘arish, unga qo‘yilgan talablarning to‘g‘ri tashkil etilganligi, yong‘in xavfsizligi va infratuzilmaning tayyorligi kabi jarayonlar ham ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri ekani qayd etildi.

Zero, bugungi islohotlarning o‘z vaqtida va samarali tashkil etilishi ertangi taraqqiyot demak.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/28 05:34:38
Back to Top
HTML Embed Code: