Telegram Group Search
🌿 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish tadbiri o‘tkazildi

Bugun, 8-fevral kuni, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida Transport vazirligi markaziy apparati xodimlari ishtirokida hashar o‘tkazildi. Tadbirda vazirlikning xodimlari ishtirok etib, zarang, qayrag‘och, terak va shumtol kabi daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

"Yashil makon" tashabbusi atrof-muhitni himoya qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda yashil hududlarni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

🌿 В рамках национального проекта «Зелёное пространство» проведено мероприятие по озеленению

Сегодня, 8 февраля, в Ахангаранском районе Ташкентской области состоялся субботник с участием сотрудников центрального аппарата Министерства транспорта. Во время субботника сотрудники министерства высадили саженцы клёна, вяза, тополя и чинара.

Данное мероприятие организовано в целях защиты окружающей среды, обеспечения экологической устойчивости и расширения зелёных зон.
«Afrosiyob» poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi

2025-yil 10-fevral kunidan 768/767-sonli “Toshkent – Buxoro – Toshkent” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» elektropoyezdi Kattaqo‘rg‘on punktiga to‘xtab o‘tishini boshladi.

Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olindi.

Поезд «Afrosiyob» начал совершать остановку на станции в Каттакургане

С 10 февраля 2025 года высокоскоростной электропоезд «Afrosiyob» № 768/767 сообщением "Ташкент – Бухара – Ташкент" начал совершать остановку в пункте Каттакурган.

Первых пассажиров торжественно встретили на станции Каттакурган.
Yo‘lovchi tashuvlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

Shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobus yo‘lovchilarini o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan hududlarda IIV YHXX bilan hamkorlikda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilish holati, avtobuslarda taxograf uskunalarining mavjudligi va texnik soz holda ekanligi nazorat qilinmoqda.

В целях обеспечения безопасности пассажирских перевозок проводятся рейдовые мероприятия

В целях обеспечения безопасности пассажиров в автобусах, курсирующих по междугородним и международным маршрутам, Инспекцией по надзору в сфере транспорта совместно с СБДД МВД по регионам проводятся рейды.

В ходе рейдов осуществляется контроль за соблюдением водителями режима труда и отдыха, наличием в автобусах тахографного оборудования и их технической исправности.
Mo‘g‘uliston bilan avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

Transport vazirligida Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Mo‘g‘uliston Qo‘shma komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ikki mamlakat transport vazirligi mutasaddi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda avtomobil transportida xalqaro tashuvlarni rivojlanish, ushbu jarayonda milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish masalalari muhokama etildi.

Обсуждены перспективы развития международных грузоперевозок автомобильным транспортом с Монголией

В Министерстве транспорта состоялось заседание Совместной узбекско-монгольской комиссии по вопросам международных автомобильных перевозок.

На встрече с участием ответственных представителей министерств транспорта двух стран обсуждались вопросы развития международных автомобильных перевозок и создания благоприятных условий для национальных перевозчиков.
2025/02/11 02:47:51
Back to Top
HTML Embed Code: