Telegram Group Search
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Erudit-kvartet o'yinining final bosqichi

Videolavha telegram videochat orqali yozib olingan.

@Shukurjonuz
Bu fojea emas, bu mag'lubiyat emas. Muhimi ikki marotaba universitetimiz nomi e'tirof etildi shuni o'zi yetadi - birinchi prorektor Narimon Dehqonov

@Shukurjonuz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ikki kunlik amaliy seminar-treningning birinchi kuni

“O‘zbekistonda professional ta’lim tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida vazirlik qoshidagi agentlik, hududiy boshqarma hamda oliy taʼlim muassasalari Axborot xizmati rahbarlari va xodimlari uchun ikki kunlik amaliy seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg’ulotlar zamonaviy interaktiv metodlar asosida tajribali trenerlar tomonidan olib borilmoqda.

Ma’lumot o’rnida seminar mashg’ulotlari ertaga ham davom etadi…

@Shukurjonuz
🇺🇿 Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning “Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi jonli sessiyasi boshlandi

📹 Jonli efirni ko'rish: https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston-24

Jonli sessiya ma'lumotlarini matn tarzida e'tiboringizga havola etib boraman!

@Shukurjonuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NamDU matbuot kotibi | Shukurjon To'xtasinov
🇺🇿 Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning “Qabul-2023: kvotalar, imkoniyat va imtiyozlar” mavzusiga bag‘ishlangan navbatdagi jonli sessiyasi boshlandi 📹 Jonli efirni ko'rish: https://www.uztv.tv/channels/uzbekiston-24 Jonli sessiya ma'lumotlarini matn tarzida…
⭕️⭕️⭕️⭕️
Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu yilgi qabul jarayonlari haqida quyidagi ma'lumotlarni berdi:

👉 Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi.

👉 Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

👉 Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi.

👉 1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

👉 Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e'lon qilinadi. Abituriyent shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

👉 Bugungi kunda 48 ta Imtiyoz turlari mavjud. Sayt orqali imtiyozlar turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin 👉 uzbmb.uz

👉 Yangilik: Ilgari abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlar edi, bu yil esa ta'lim shakli va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin bo'ladi. Sirtqi, kechki, kunduzgi va masofaviy ta'lim.

👉 Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak.

👉 1-fani xorijiy til ijodiy imtihoni bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiradi.

👉 Fanlar majmuasi 2022 - yil 6 oy oldin e'lon qilingan.

👉 Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. (Ilgari 4 ta edi hozir murakkab savollar 50% ga kamaytirilgan).

👉 Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

@Shukurjonuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📊 O'tgan 6 yil mobaynida oliy ta'lim muassasalari soni oshdi.

📉 2017 - yilda - 77 ta OTM
📈 2023 - yilda - 210 ta OTM

@Shukurjonuz
Bu yil respublikamizda yangi tashkil etilgan 10 OTMda imtihonlar bo'ladi.

Misol uchun Namanganda NamDPI, NamDCHTI, NamTSI. Andijonda esa AndCHTIda imtihonlar bo'lib o'tadi. Bu orqali qamrovni 42% ga yetkazish reja qilingan.

Qabul komissiyalari faoliyati 20-iyunga qadar yo'lga qo'yiladi.

OTMlarda fuqarolar to'g'ridan-to'gri murojaat qilishi uchun "Call markaz"lar xizmat ko'rsatadi.

Qabul boshlanishidan 1 hafta oldin OTMlarda "Kasbga yo'naltirish xonalari" shakllantiriladi.

Kasbiy ijodiy imtihonlar OTMlar o'zida o'tkaziladi. Boshqa OTMlardan yoki tegishli institutlar va tarmoq sohalardan malakali kadrlar jalb qilinib komissiya tuziladi. Qisqa muddatda ijodiy imtihonlar o'tkazilib, natijalar Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus platformasiga abituriyentlarning natijalari kiritiladi.

@Shukurjonuz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuksak maqsadlar Namangan davlat universitetida amalga oshadi

🏛️ Namangan davlat universitetida 2023/2024 o’quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Bugungi kunda universitetda 16 ta fakultet, 43 ta kafedra, 67 ta ta’lim yo’nalishi va 33 ta magistruta mutaxassisliklari mavjud.

Ma’lumot o’rnida bu yil Namangan davlat universiteti qabul parametrida 508 ta davlat granti ajratildi. Ahamiyatli tomoni esa 10 ta yangi ta’lim yo’nalishlari ham ochildi. Bular:

👉 Professional ta’lim (yo’nalishlar bo’yicha)
👉 Dizayn (turlari bo’yicha)
👉 Grafika (turlari bo’yicha)
👉 Jurnalistika (faoliyat turlari bo’yicha)
👉 Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
👉 Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo’yicha)
👉 Logistika (yo’nalishlar bo’yicha)
👉 Moliya sohasida boshqaruv
👉 Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
👉 Suv bioresurslari va akvakultura

☎️ Call markaz raqami: 692395006
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha

👉 https://www.group-telegram.com/namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Biz doim sizlar haqingizda o’ylaymiz” - Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov oliy ta’lim muassasalarining axborot xizmati rahbarlari va matbuot kotiblarini “27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami bilan qutladi.

@Shukurjonuz
#rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan davlat universiteti haqida chiqqan xabar yuzasidan rasmiy munosabat

🏛️ Namangan davlat universitetida 2023-yil 30-avgustda 1-sonli universitet Kengashi yig'ilishida universitet "Odob-axloq kodeksi", "Ichki tartib qoidalari" bo'yicha qaror qabul qilingan.

Bugungi kunda mazkur qaror, barcha professor-o'qituvchilar va talabalarning amal qilishi bo'yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Namangan davlat universitetida alohida diniy libosda kelish bo'yicha hech kimga imtiyoz yoki ruxsat berilmagan. Universitetda barcha jamoalar orasida tenglik tamoyili asosida ish yuritiladi.

Shu bilan birga yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor tomonidan professor-oʻqituvchilardan qayd etilgan holat boʻyicha hech qanday tushuntirish xati olinmaganligini taʼkidlab oʻtmoqchimiz!

Namangan davlat universitetining rasmiy sahifalari:
🔝 Veb-sayt|🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram |📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli kanalimiz a'zolari uzoq tanaffusdan so'ng kanal faoliyati davom etadi.

Sizda biror-bir taklif yoki murojaatingiz bo'lsa izohlar qismida yozing. Sizning har bir bildirgan fikringiz men uchun muhim!

@Shukurjonuz
Bugun Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Kasimov respublika oliy ta'lim muassasalari birinchi prorektorlariga Zoom platformasida yig'ilish o'tkazdi.

Yig'ilishda oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy-tahliliy ko'rib chiqildi.

Ahamiyatlisi ushbu yig'ilishda Namangan davlat universiteti va Buxoro davlat universitetida profilaktika inspektorlari faoliyati, jinoyatchilikni oldini olishda hamkorlik asosida tizimli ish olib borilayotgani eʼtirof etildi.

Ayniqsa, Namangan davlat universitetida Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudi bilan hamkorlikda ochiq sayyor sud majlislarini oʻtkazilishi, Namangan viloyati IIB bilan hamkorlikda talabalarni Jazoni ijro etish muassasalariga tashriflarini tashkil etish amaliyotini joriy etilganligi alohida taʼkidlandi.

Universitetning bu tashabbuslarini barcha oliy taʼlim muassasalarida yoʻlga qoʻyish tavsiya etildi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan davlat universiteti xodimlarining oylik maoshi yangi hafta tushirib berilishi ma'lum qilindi.

Hisobxona bo'limining ma'lum qilishicha ish haqqi hisoblash ishlari UzASBO dasturidan UzASBO-2 dasturiga o'tkazilayotganligi sababli xodimlarning aprel oyi maoshlari yangi haftada tushirib berilishini ma'lum qilamiz!

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ta'limda yangiliklar dayjesti

Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim granti asosida tahsil olgan talabalarning oʻqishni tugatgandan soʻng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.

Oʻqishga kirish uchun minimal oʻtish balini 2 bosqichda oshirib, sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 94,5 ball, boshqa yoʻnalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanishi kutilmoqda (amalda barcha yoʻnalishlar uchun – 56,7 ball).

Davlat buyurtmasi parametrlarini amaldagi oliygohlar kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari kesimida tasdiqlash tartibi joriy etiladi.

Ijtimoiy-gumanitar yoʻnalishlarga davlat buyurtmasini qisqartirib, ushbu kvotalarni ustuvor ravishda muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalari orasida taqsimlanadi.

2025-yildan boshlab davlat buyurtmasi parametrlari oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ularga boʻlgan talab prognoziga muvofiq 4 yillik davr uchun tasdiqlanadi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura va doktoranturaga qabul qilishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi sertifikat talabi quyidagicha oʻzgartiriladi:

taʼlim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi;

soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, sanʼat, sport, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xoʻjaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yoʻnalishlari boʻyicha sertifikat talabi bir pogʻona – B1 darajasiga tushiriladi;

(Sertifikat talabi xorijiy tillar yoʻnalishlarida C1 darajada, aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yoʻnalishlarida B2 darajada saqlanadi)

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi ta'lim shakli bosqichma-bosqich tugatiladi

Sirtqi taʼlim shakli uchun kvotalarni kunduzgi taʼlim shakli uchun ajratilgan kvotadan oshirmaslik belgilanadi.

Sirtqi taʼlim shakli bosqichma-bosqich masofaviy taʼlim shaklini kengaytirish va uzaytirilgan taʼlim shakli joriy etish orqali tugatiladi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi

Bunda:

1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi.

lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2 ming nafar xotin-qizlarga grantda oʻqish uchun tavsiyanoma berish boshlandi!

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan oʻrinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ta'lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

✍️ @Shukurjonuz ✍️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 03:46:54
Back to Top
HTML Embed Code: