group-telegram.com/UzstandardChannel/12355
Create:
Last Update:
Last Update:
Nijniy Novgorod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo Kengashi (MGS) yig‘ilishiga start berildi
Joriy yilning 24-iyun iyun kuni Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida MGSning navbatdagi 67-chi Kengash yig‘ilishi boshlandi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov rahbarligidagi delegatsiya a’zolari ham ishtirok etmoqda.
Yig‘ilishda Kengash tarkibiga a’zo milliy organ rahbarlari va ekspertlari, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Standartlar Byurosi vakillari tomonidan standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish
va akkreditatsiya sohalari faoliyatini takomillashtirish oid masalalar muhokama etiladi hamda qarorlar qabul qilinadi.
Shuningdek, ilmiy-texnikaviy va savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, savdodagi texnik to‘siqlarni bartaraf etish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.