Telegram Group Search
Singapur bilan hamkorlikda treninglar tashkil etilmoqda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Singapurning xalqaro ta’lim tashkiloti hamkorligida matematika va tabiiy fanlar master trenerlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda.

Bugun dastur doirasidagi dastlabki tadbir tashkil etilib, unda singapurlik tabiiy fanlar bo‘yicha xalqaro ekspertlar Doktor Charles Chew, Lau Chor Yam, Mannan, Doktor Turner hamda matematika fanidan Kanan Ramdas (Raj) Dr Oh Boon Seng Brandonlar qatnashdi.

Ma'lumot uchun, tashkil etilayotgan treninglarda Respublikaning barcha hududlaridan ilg‘or ish tajribasi hamda pedagogik mahoratga ega o‘qituvchilar master-trenerlar sifatida tanlab olingan.

Trening jarayonlari 5 kun davom etadi. Treninglarda ishtirok etgan master trenerlar kelgusida kaskad usulida o‘z hududlarida treninglar tashkil etishlari rejalashirilgan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
#Menejerlik_kursi

Bugundan A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida amaldagi maktab direktorlari va nomzodlar uchun "Menejerlik o‘quv kurslari" boshlandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining buyurtmasiga asosan, o‘quv kursiga hududlardan 212 nafar direktorlar va https://manager.uzedu.uz  platformasidagi navbatiga ko‘ra 157 nafar nomzodlar jalb etildi.

Kurslar 10 ta o‘quv modul va maktab amaliyoti moduli bo‘yicha olib boriladi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Ingliz tili o‘qituvchilari uchun “KRK” va “KRS” tadbirlarini tashkil etish boʻyicha master trenerlarni tayyorlash kursiga start berildi

Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida umumiy oʻrta ta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilariga “Kasbiy rivojlanish kuni – KRK” va “Kasbiy rivojlanish soati – KRS” tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha master trenerlarni tayyorlash qisqa muddatli oʻquv kursi boshlandi.

Bunda master trenerlar:

KRK va KRS tadbirlarini tashkil etishda trener sifatidagi rolini tushunish;

klaster maktablarda sakkiz bosqichli  KRK hamda maktablarda ingliz tili oʻqituvchilari uchun tashkil etiladigan KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish;

KRS tadbirlarini amalga oshirish rejasini ishlab chiqish, o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻladilar.

Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
2025/01/07 14:42:17
Back to Top
HTML Embed Code: