Telegram Group & Telegram Channel
Ibn Aqiyl umrining biror soatini zoye qilmasdi

Ibn Aqiyl shunday degan: «Umrimning biror soatini zoye qilish men uchun halol bo‘lmaydi. Hatto qachon tilim muzokara yo munozaradan bo‘shasa, ko‘zlarim mutolaadan charchasa, dam olib yotgan holatimda ham fikrimni o‘z holiga qo‘ymadim. Qachon o‘rnimdan tursam, yozganlarim ko‘nglimga kelardi. Sakson yoshimdagi ilmga nisbatan harisligim yigirma yoshimdagidan ko‘ra kuchliroq ekanini his etganman».

Ibn Aqiylning vaqtdan yutish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlagani
Men bor kuchim bilan ovqatlanishga ketadigan vaqtni kamaytirishga urinaman. Hatto mutolaa, yo biror foydali narsani yozib qo‘yishga ko‘proq vaqt ajratish uchun non o‘rniga ivitilgan tolqonni tanlayman. Chunki bular orasida chaynashda farq bor. Zero, vaqt oqillar nazdida hosil qilinadigan narsalarning eng buyugi ekani ulamolar ijmosi bilan sobit bo‘lgan. Ha, vaqt har bir daqiqasidan foydalanib qolinadigan g‘animatdir. Bandaning zimmasida majburiyatlar ko‘p, vaqti esa qisqadir.

Shayx Ibn Javziy shunday degan: «Imom Ibn Aqiyl doimo ilm bilan mashg‘ul edi. U juda aqlli bo‘lib, ilmning ko‘pchilikka noaniq va nozik joylari xususida bahs qilardi. «Funun» deb nomlangan kitobida qalb kechinmalari va boshidan o‘tgan voqealarni jamlab yozgan».

- «Ulamolar nazdida vaqtning qadri» kitobidan

📚 @e_kutubxona
👍83🔥156😇1

group-telegram.com/e_kutubxona/6424
Create:
Last Update:

BY Elektron kutubxona

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/e_kutubxona/6424

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Artem Kliuchnikov and his family fled Ukraine just days before the Russian invasion. The channel appears to be part of the broader information war that has developed following Russia's invasion of Ukraine. The Kremlin has paid Russian TikTok influencers to push propaganda, according to a Vice News investigation, while ProPublica found that fake Russian fact check videos had been viewed over a million times on Telegram. Stocks closed in the red Friday as investors weighed upbeat remarks from Russian President Vladimir Putin about diplomatic discussions with Ukraine against a weaker-than-expected print on U.S. consumer sentiment. "He has to start being more proactive and to find a real solution to this situation, not stay in standby without interfering. It's a very irresponsible position from the owner of Telegram," she said. False news often spreads via public groups, or chats, with potentially fatal effects.
from us

Telegram Elektron kutubxona
FROM American