Telegram Group Search
Respublika miqyosida eng fidoyi oʻqituvchilar universitetimizda jamlandi

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida “1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan respublikamizning turli hududlaridan 400 ga yaqin eng fidoyi ustozlar jamlandi.

⚡️ Jumladan, akademik darajasiga erishgan hamda “Oʻzbekiston qahramoni va boshqa yuksak davlat mukofotlariga sazovor ustozlar jamlanib, oʻzaro fikr almashmoqda.

🌐 Muloqot davomida akademiklar – Shavkat Ayupov, Risbay Jurayev, Gʻayrat Shoumarov va Xolboy Ibraimov tomonidan soʻnggi yillarda ta’lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻqituvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlarga toʻxtalib oʻtildi.

🎗Yurtimizda faoliyat yuritayotgan barcha ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabriklaymiz.

🔁 English

#ustozlar_bayrami #1oktabr

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo'lsin, aziz ustozlar!

🎉 “1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan universitetimiz professor-o'qituvchilari tantanali kutib olinib, bayram tadbiri tashkil etildi.

🎗 "Yangi O'zbekiston" universiteti jamoasi yurtimizdagi barcha ustozlarni bayram bilan tabriklaydi.

🔁 English

#ustozlar_bayrami #1oktabr

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy Osiyo universitetlar forumiga sizni taklif qilamiz

⚡️ “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prezidenti Wolfgang A.Herrmann joriy yilning 16-oktabr kuni Times Higher Education bilan hamkorlikda tashkil etiladigan mintaqa tarixidagi eng yirik universitetlar forumiga taklif qiladi.

Herrmann oʻz nutqida koʻplab yosh va rivojlanayotgan oliygohlar duch kelayotgan muammolar birgalikda hal etilishi lozimligi va ularga yechim topib, hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo universitetlar forumida birlashishga chorladi.

👉 Forum haqida batafsil ma'lumot olish: ca-eduforum.uz

🔁 English

#forum #MarkaziyOsiyo #CAUF

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Zamonamizning eng nufuzli iqtisodchilaridan biri, monopoliyalarni tartibga solgani uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol Oʻzbekistonga kelmoqda

⚡️ Fransiyalik olim Jan Tirol tomonidan 14-oktabr kuni ochiq ma’ruza tashkil etiladi.

💥 Ochiq ma’ruzada Jan Tirol shaxsiy manfaatlar va ijtimoiy farovonlik oʻrtasidagi muvozanatni tushuntirib, xalq farovonligiga erishish boʻyicha oʻz izlanishlari haqida ma’lumot beradi.

🎗Jan Tirol 2014-yil monopoliyalarni boshqarish va bozorni tartibga solish sohalaridagi dolzarb muammolarga eng yaxshi yechimlarni ilgari surgani uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlangan.

Mazkur tarixiy uchrashuvda qatnashish uchun oʻz joyingizni band qiling: https://bit.ly/3TUxz8k
Vaqti: 14-oktabr, 16:00
📍Manzil: InterContinental Hotel (Trilliant)

🔹 Uchrashuvda iqtisodiyot sohasida ishlovchilar, biznes egalari, talaba-yoshlar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

🔁 English

#Nobel #ochiqmaruza #JanTirol #Iqtisodiyot

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari uchun Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirol bilan maxsus ma'ruza tashkil etiladi

⚡️ Ma’ruzada Jan Tirol yirik monopol kompaniyalarni boshqarish va tartibga solishning eng samarali usullari yuzasidan oʻz bilimlarini ulashadi.

Ishtirok etmoqchi boʻlgan talabalardan Jan Tirolning qator maqolalari bilan tanishib chiqish talab etiladi. Uchrashuvda mashhur olim bilan muloqot qilish va oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoni mavjud.

💥 Jan tirol ma’ruzada eng yaxshi savol bergan 5 ta talabaga oʻz kitobini topshiradi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish va batafsil ma’lumot olish: https://newuu.uz/jean-tirole
Vaqti: 14-oktabr, 09:30
📍Manzil: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti, U.C.A. binosi, konferensiya zali.

🤩 Uchrashuv faqat “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari uchun tashkil etiladi.

🔁 English

#Nobel #ochiqmaruza #JanTirol #Iqtisodiyot

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Zamonamizning eng nufuzli astrofiziklaridan biri Luciano Rezzolla Oʻzbekistonga kelmoqda

⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universiteti Samarqand davlat universiteti bilan hamkorlikda italiyalik olim, hisoblash fizikasining dunyoga mashhur arbobi va qora tuynuklarning birinchi tasvirlarini yaratuvchilaridan biri bo'lgan Luciano Rezzollaning ochiq ma’ruzasini tashkil etadi.

💥 Ochiq ma’ruzada Luciano Rezzolla koinotning sirli oynasi - qora tuynukning birinchi surati boʻyicha oʻz izlanishlari haqida ma’lumot beradi.

🎗Professor Luciano Rezzolla dunyo reytingida eng yuqori 200 ta oliygohlarda biri bo'lgan Frankfurtdagi Gyote universitetida Nazariy fizika kafedrasi mudiri hisoblanadi hamda eng kuchli professorlardan biri boʻlib, uning “Hirsh indeksi” 104 ga teng.

Mazkur tarixiy uchrashuvda qatnashish uchun oʻz joyingizni band qiling: http://ca-eduforum.uz/luciano-rezzolla
Vaqti: 12-oktabr, 15:00
📍Manzil: Samarqand davlat universiteti

🔹 Uchrashuvda fizika sohasida ishlovchilar, talaba-yoshlar va barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

🔁 English

#ochiqmaruza #LucianoRezzolla #astrofizika

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
New Uzbekistan University | Yangi O'zbekiston Universiteti | Янги Ўзбекистон Университети
Photo
Talabalarimiz Birlashgan Arab Amirliklarida boʻlib qaytishdi

🛫 “Yangi Oʻzbekiston” universitetidan 6 nafar talaba qizlar “Raqamli avlod qizlari-2024” Respublika tanlovida gʻolib boʻlganligi va ular Birlashgan Arab Amirliklariga ta'lim sayohatini qoʻlga kiritganligi haqida xabar bergan edik.

Qizlarimiz oʻtgan hafta davomida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib, xalqaro ekspertlar ishtirokida oʻtkazilgan davra suhbatlarida qatnashishdi va raqamli texnologiyalar sohasida tajriba almashishib, yangi bilimlarni egallashdi.

🎗 Talabalarimizdan kelajakda faollikda davom etib, bundanda ulkan yutuqlarni kutib qolamiz.

🔁 English

#Raqamli_avlod_qizlari #Lider_qizlar #BAA

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
2024/10/15 16:20:56
Back to Top
HTML Embed Code: