Telegram Group Search
⚡️110/35/10/6 KVLI «AYNIY» PODSTANSIYASIDA REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA
#PS_AYNIY
#SHAYHONTOHUR_TETK

⚡️110/35/10/6 KVLI «AYNIY» PODSTANSIYASIDA REKONSTRUKSIYA VA MODERNIZATSIYA ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🍂🛠 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 26-iyundagi «Toshkent shahri istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlashni yanada yaxshilash tog`risida»gi 259-sonli Qaroriga asosan «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ hamda uning tasarrufidagi barcha tuman elektr ta`minoti korxonalari tomonidan poytaxt tumanlarida elektr energiyasi ta`minotida uzilishlar bo`lmasligi va iste`molchilarni sifatli elektr ta`minoti bilan ta`minlash maqsadida yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.


🍂🛠 Ayni vaqtda, Shayxontohur tumanida joylashgan 110/35/10/6 kVli «Ayniy» podstansiyasida iste`molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish, T-2 kuch transformatorida hamda quvvati 110 kV bo`lgan ochiq taqsimlash qurilmasida demontaj, ta’mirlash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

🍂🛠 Ma`lumot o`rnida, ushbu podstansiyadan Shayxontoxur va qisman Chilonzor hamda Yakkasaroy tumanlaridagi 22 mingdan ortiq iste’molchilarni hamda 1600 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.

🍂🛠 «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tomonidan poytaxt hududlari boyicha istiqboldagi yirik loyihalarni amalga oshirish ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkentda yuqori kuchlanishli elektr qurilmasida avariya bo`lganligi haqida murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammo yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 14-oktyabr kuni soat 16:06 da Mirzo Ulug`bek, qisman Yashnobod va Mirobod tumani hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi «Lafarga» va «Salarskaya» podstantsiyalaridan chiquvchi Vodil-1 tarmog`idan ta`minlanuvchi 45- va 46-ustun (opora) oralig`idagi 110 kVli yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog'ida noqulay ob-havo, yomg`ir yog`ishi, daraxt shoxlarining sinishi natijasida qisqa tutashuv yuzaga kelib, favqulodda avariya holatida qisqa muddatga elektr ta'minotida uzilish sodir bo‘ldi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» MCHJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli havo tarmog`ida yuzaga kelgan nosozlik soat 17:05 da to`liq bartaraf etilgandan so'ng elektr energiyasi qayta tiklanganligini ma`lum qilamiz.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumida Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

“О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturi ijodkorlari poytaxtning Chilonzor tumani misolida olib borilayotgan ishlar yuzasidan lavha tayyorlab efirga uzatishdi.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
Axborot xizmati

🌐 Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида 9 та лойиҳанинг қурилиши ва фаолиятига старт бериш маросимида иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемонии запуска строительства и деятельности 9 проектов в Ташкентской области.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #start

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятида қурилиши якунланган объектларни ишга туширди ва янгиларига старт берди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2024/10/14 22:20:08
Back to Top
HTML Embed Code: