Telegram Group Search
Kuz-qish mavsumida Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

“О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturi ijodkorlari poytaxtning Yunusobod tumani misolida olib borilayotgan ishlar yuzasidan lavha tayyorlab efirga uzatishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kuz-qish mavsumida Toshkent shahri iste’molchilarini energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

“О‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturi ijodkorlari poytaxtning Yunusobod tumani misolida olib borilayotgan ishlar yuzasidan lavha tayyorlab efirga uzatishdi.

🌐 Telegram
TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9 oktabrda “Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 652-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan qoidalar taqsimlash elektr tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish orqali barcha ishtirokchilarga teng shart-sharoitlar yaratish, taqsimlash tizimini xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiya qilish va uni rivojlantirish, yakuniy isteʼmolchilar elektr taʼminotining ishonchliligi va barqarorligini taʼminlash, uzilishlarni oldini olish hamda elektr energiyasi sifatini taʼminlash, isteʼmolchilarning talabiga javob beradigan elektr energiyasini yetkazib berishdagi munosabatlarni tartibga soladi.

Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Batafsil

Qaror matni

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

BEKTEMIR TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILDI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 11 - oktyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chirildi:

Bektemir tumani: «Bektemir», «Oltintopgan», «Ustozlar», «H.Bayqaro», «Sohil» hamda «Abay» MFYlari
ning ayrim hududlarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababliy yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

🌐 Telegram
#Bilasizmi

Quyosh suv isitish qurilmalarini to‘liq o‘z mablag‘idan o‘rnatganlarga kompensatsiya beriladi


❇️ Qonunchilikka ko‘ra, quyosh suv isitish qurilmalarini o‘rnatganlik uchun quyidagi miqdorlarda kompensatsiya berilishi belgilangan:

🔹Suv isitish hajmi 100 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 4 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 5 barobar;

🔹Suv isitish hajmi 200 litr (yoki suv isitish uchun kunlik 8 kVt⋅soat energiya ishlab chiqaruvchi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmasi) bo‘lganda BHMning 7 barobar.

🌐 Telegram
#Знаете_ли_вы_что

Лицам, установившим солнечные водонагревательные приборы полностью за счет собственных средств, будет выплачена компенсация

❇️ Законодательством предусмотрено, что за установку солнечных водонагревательных приборов предусмотрены компенсации в следующих размерах: 

🔹5 БРВ – при объеме нагрева воды 100 литров (либо за установку источников возобновляемой энергии, вырабатывающих ежедневно 4 кВт⋅ч энергии для нагрева воды);

🔹7 БРВ – при объеме нагрева воды 200 литров (либо за установку источников возобновляемой энергии, вырабатывающих ежедневно 8 кВт⋅ч энергии для нагрева воды).

🌐 Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kuz_qish_mavsumiga_tayyorgarlik
#MIROBOD_TETK

⚡️ELEKTR UZATISH TARMOQLARI MUKAMMAL TA'MIRDAN CHIQARILDI



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
HURMATLI ISTE’MOLCHILAR!

Elektr energiyasi ta’minotida siz yashab turgan  xonadon, mahalla, tuman yoki shaharda sodir bo‘layotgan rejaviy va avariyaviy uzilishlardan tezkor va ishonchli ma’lumotga ega bо‘lishni istasangiz, Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot kanaliga о‘z murojaatlaringizni yо‘llashingiz mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tmoqchimiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari" Ajning Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot Telegram-kanaliga obuna bо‘lsangiz, elektr ta’minoti korxonalariga ortiqcha qo‘ng‘iroqlarsiz va ovoragarchiliklarsiz о‘zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislarimizdan (@HET_admin) javob olish hamda muammoli masalalarga yechim topish imkoniyatiga ega bо‘lasiz. 

Bundan tashqari, kanalimiz orqali sohadagi yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishingiz mumkin bо‘ladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
УВАЖАЕМЫЕ ПОТРЕБИТЕЛИ!

Еще раз хотим напомнить, АО «Региональные электрические сети» запущен Telegram-канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot, где можно получить достоверную информацию о плановых или аварийных отключениях электроэнергии по адресу Вашего проживания – махалли, района или города.

Подписавшись на наш канал Hududiy elektr tarmoqlari AJ bilan muloqot,  Вы сможете без лишних телефонных звонков в электроснабжающие предприятия получить ответы на интересующие Вас вопросы от компетентных специалистов (@HET_admin), а также найти пути решения проблемной ситуации.

Кроме того, став подписчиком канала Вы всегда будете в курсе новостей и проводимых реформ в сфере электроснабжения.

Пресс-служба АО "Региональные электрические сети"

🌐 Telegram
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Shanba tongi muborak bo'lsin Azizlar!

🍁 Boshlangan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo'lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin!

     ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ      
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌤 12 - oktabr haftaning shanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://www.group-telegram.com/toshetk.com
#BUGUN_TUGILGAN_KUN!

Bugun,  12 - oktabr kuni «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Yakkasaroy tuman elektr ta`minoti korxonasi TP va KL ustasi PARPIYEV DILMUROD ABDUGʻANIYEVICHning TUGʻILGAN KUNI‼️

👏👏👏 Hurmatli, DILMUROD ABDUGʻANIYEVICH!

Sizni, jamiyatimiz rahbariyati hamda ishchi-xodimlari nomidan bugungi tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy tinchlik, olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Yana bir bor, TUGʻILGAN KUNINGIZ BILAN
T A B R I K L A Y M I Z 👏👏👏

          ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
Hurmat bilan, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati
          ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄


🌐 Telegram
⚠️ Toshkent halqa avtobil yoʻlida avtomobillar harakati qisman cheklanadi

⚠️ Toshkent shahridagi iste’molchilarni energiya resurslari bilan barqaror ta'minlash maqsadida, Uchtepa tumani Toshkent halqa avtomobil yoʻlining “Stroygorod” qurilish mollari bozoridan Samarbonu ko'chasigacha  boʻlgan qismida 10 kV li yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o'tkazish uchun yoʻlning qatnov qismida kavlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

🚧 Shu sababli, bugun 12-oktyabr kuni soat 22:00 dan 13-oktyabr kuni soat 09:00ga qadar avtotransport vositalarining harakati cheklanishini ma'lum qilamiz.

Haydovchilardan noqulayliklar uchun uzr so'rab, aylanma yo'llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz.


✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Yakshanba tongi muborak bo'lsin azizlar. Kuningiz mazmunli o'tsin☀️

🍁Xush kayfiyat, omad kun bo'yi hamrohingiz bo'lishini tilab qolamiz.

       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ
       ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌧 13 - oktyabr haftaning yakshanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli boʻlsin!


🌐 Telegram
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Ayni damda Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz – 1 (S-1) dahasida tunda aholiga tinchlik bermay texnikalar ishlayotganligi sababli, aholining noroziligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qarori ijrosini taminlash hamda 2024-2025-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, poytaxt tumanlarida keng koʻlamli modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, joriy yilning 12-oktyabridan 13-oktyabriga oʻtar kechasi soat 00:00 da Mirzo Ulug'bek tumani «Shahrisabz» MFY Oʻzbekiston ovozi koʻchasidagi aholi yashash xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, «ADO» podstansiyasidan «Moskva» taqsimlash punktigacha boruvchi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish uchun tunda avtomobillar harakati kam vaqtda yoʻlning asosiy qatnov qismida yer qazish ishlari olib borilgan. Shu sababli aholi tomonidan norozilik kelub chiqqan.

Aytish oʻrinliki, mazkur olib borilayotgan ishlar aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda tunda kichik halqa avtobil yoʻlining avtomobil qatnovi kam boʻlgan vaqtda unumli foydalanish maqsadida tungi vaqtda olib borilgan.



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
2024/10/15 02:14:45
Back to Top
HTML Embed Code: