Telegram Group Search
#RASMIY_MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkentda elektr energiyasi yoʻqligi Chorsu (Beruniy) koʻchasi chorrahasidagi svetoforlar ishlamayotganligi haqidagi murojaat eʼlon qilindi.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mutasaddilari tomonidan ushbu muammolar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, mazkur holat boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Bugun, 13-oktyabr kuni soat 09:50 da Shayxontoxur tuman hududiga qarashli bo'lgan 110/35/10/6 kV bo'lgan «Ayniy» podstansiyasidan chiquvchi fider Uygʻur-1, Uygʻur -2 uzatmasidan ta'minlanuvchi quvvati 10 kV boʻlgan yuqori kuchlanishli yer ostidan oʻtgan kabel tarmog'ining shikastlanishi natijasida avariya holatida oʻchishlar kuzatilgan.

Natijada, tumanning Chorsu bozori atrofidagi Beruniy koʻchasida vaqtinchalik elektr energiyasidan uzilish holatlari kuzatilgan.

Shayxontoxur TETKning tezkor guruh ishchi-xodimlari tomonidan shu vaqtning oʻzidayoq tekshiruv ishlari olib borilib, soat 11:40 nosozlik bartaraf etilib qayta tarmoqqa ulangan.

Ayni vaqtda yuqorida keltirilgan hududlar toʻliq elektr energiyasi bilan taʼminlangan
.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
#DIQQAT_ELON

YUNUSOBOD TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta'mirlash ishlarini olib borish maqsadida, ertaga 14 - oktyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Yunusobod tumani: «Sharq haqiqati», «Katta Hasanboy», «Islomobod», «Adolat», «Uchqahramon» hamda «Nurmakon» MFYlarining ayrim hududlarida soat 09:00 dan 18:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.


✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayrli_tong

🍁 Assalomu alaykum!

🍁 Haftaning dushanba tongi muborak boʻlsin!

🍁 Barchamizga yangi kun, yangi ish haftasi fayzli va xayrli boʻlsin!


    ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ       
      ┄┅অঠই✯❀✯ইঠঅ┅┄

🌐 Telegram
#OB_HAVO

 🌧  14 - oktyabr haftaning dushanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli boʻlsin!


🌐 Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida obyektlarni ishga tushirish va yangilarining qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проводимой в Ташкентской области созидательной работой и деятельностью промышленных предприятий. Также предусматриваются запуск новых проектов и старт строительства объектов в различных отраслях экономики.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
⚡️PODSTANSIYALARDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
#PS_TRIKOTAJNAYA
#SHAYXONTOXUR_TETK

⚡️PODSTANSIYALARDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Iste’molchilarga sifatli elektr enerigyasini yetkazib berishda hududlardagi 35-110 kVli podstansiyalar asosiy bo‘g‘in hisoblanadi.

🍂🛠 Shu sababli, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ ning joriy yil boshida tasdiqlangan rejasiga asosan, hududlardagi mavjud podstansiyalarda mukammal hamda joriy ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.

🍂🛠 Jumladan, Shayxontoxur tumanining “Labzak”, “Taxtapul” hamda “Shayxontoxur” mahallalaridagi jami 3,5 mingga yaqin aholi hamda 300 dan ortiq tadbirkorlik sub’yektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 35/10/6 kVli “Trikotajnaya” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi.

🍂🛠 Mutahassislar tomonidan ta’mirlash jarayonida podstansiya hududini obodonlashtirish, estetik holatini yaxshilash, mavjud elektr qurilmalarni bo‘yoqlash, sozlash, podstansiyalardagi kuch transformatorini moy sathini me'yor holatga keltirish ishlari bajarildi.

🍂🛠 Hududlarda ta’mirlash ishlari davom etmoqda.



✍️«Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Matbuot xizmati

🌐 Telegram
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan yangi “HET BILLING” dasturiy kompleksi joriy etilishi doirasida mobil ilova ham ishga tushirilgan edi.

Mazkur ilova orqali iste’molchilar bevosita iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobi, xususan, to‘lov ma’lumotlari, kunlik elektr energiya iste’moli va boshqa ma’lumotlarni onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilardan kelib tushgan takliflarni inobatga olgan holda ilovani yuklab olish, kirish, ro‘yxatdan o‘tish hamda foydalanish xususida yangi videoqo‘llanma tayyorlandi.

Iste’molchilar mazkur ilovani Android hamda IOS  operatsion tizimi qurilmalari orqali bepul yuklab olishlari mumkin. Mobil ilova dasturi avtomatlashtirilgan holda yangilab boriladi.

🌐 Telegram
#xorij_xabarlari

Dunyodagi birinchi yarim suv ostida suzuvchi dengiz shamol stansiyasi rekordlarni yangiladi


Portugaliya qirg‘oqlarida to‘rt yildan beri ishlayotgan dunyodagi birinchi yarim suv ostida suzuvchi “WindFloat Atlantic” shamol stansiyasi elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zining rekordini yangilashda davom etmoqda.

“WindFloat Atlantic” orqali elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi barqaror o‘sib bormoqda. Xususan, unda ishlab chiqarish hajmi 2022-yilda 78 gigavatt⋅soatga va 2023-yilda 80 gigavatt⋅soatga yetgan. 2024-yil iyul oyida jami 320 gigavatt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu har yili Porto shimolidagi Viana-du-Kashtelo shahrida 25000 dan ortiq uy xo‘jaliklarini elektr energiyasi bilan ta’minlashga imkon beradi.

Dengizdagi shamol stansiyasi Portugaliya sohillaridan 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. U 8,4 megavatt quvvatga ega uchta “Vestas” shamol turbinasidan iborat bo‘lib, dengiz tubiga zanjirlar bilan mahkamlangan uchta ustunli yarim suv ostida suzuvchi platformalarga o‘rnatilgan. 20 kilometr uzunlikdagi kabel uni quruqlikdagi podstansiyaga ulaydi.

🌐 Telegram
2024/10/15 00:21:11
Back to Top
HTML Embed Code: