Telegram Group Search
🚌 Jamoat transporti sohasida sun’iy intellekt bilan yangi davr sari!💡

📍Kuni kecha, Raqamli texnologiyalar vazirligi Kongress zalida AI Talks "Sun’iy - intellekt hayotimizni qanday o‘zgartiryapti?” tadbiri doirasida aynan shu savol atrofida yosh olimlar xalqaro ekspertlar ishtirokida jonli va amaliy fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Uchrashuv davomida "Toshshahartransxizmat" AJ xodimi, shu bilan birga O‘zbekiston Yoshlar Akademiyasi a’zosi, Joniqulov Nurali sun’iy intellektning jamoat transportida qo‘llanishi yuzasidan spikerlar bilan suhbat olib bordi.

🔰 Tadbir yakunida AI orqali shahar transportini raqamlashtirish, harakat jadvalini optimallashtirish va yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish bo‘yicha muhim g‘oyalar haqida fikrlar ilgari surildi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
🟦🟦🟦🟦

Ijtimoiy tarmoqlarda “Quruvchilar-Qipchoq bekatlari oralig‘ida harakatlanayotgan metrobuslar intervali 20 daqiqani tashkil etmoqda” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Ushbu holat yuzasidan "Toshkent metropoliteni" DUK quyidagilarni ma’lum qiladi:

Bugungi kunda metropolitenning Quruvchilar-Qipchoq bekatlari oralig‘ida amalga oshirilayotgan rejaviy profilaktik ishlar sababli, 5 dona bepul metrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilgan. Shu boisdan, bu metrobuslar belgilangan yo‘nalishda tasdiqlangan jadval asosida harakatlanishi doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Joriy yilning 16-iyun sanasi soat 8:40 lar atrofida metrobuslar harakatlanuvchi yo‘nalishda (Turon bekati yaqinida) yuk mashinasi tomonidan yo‘l transport hodisasi yuzaga kelgan va yo‘lda katta tirbandlikni hosil qilgan. Shu sababli metrobuslar ham belgilangan vaqtda harakatlana olmagan hamda harakat intervali uzayishiga olib kelgan.
Shuningdek, hozirgi vaqtda ushbu metrobuslar harakati jadval bo‘yicha harakatlanmoqda va bu jarayon doimiy nazorat qilinmoqda.

"Toshkent metropoliteni" DUK

***

#Обращение

В социальных сетях распространяется информация о том, что «интервал движения метробусов между станциями "Курувчилар" и "Кипчак" составляет 20 минут».

В связи с этим ГУП "Тошкент метрополитени" сообщает следующее:

В настоящее время в связи с плановыми профилактическими работами на участке между станциями "Курувчилар" и "Кипчак" организовано движение 5 бесплатных метробусов. Движение этих метробусов по установленному маршруту осуществляется согласно утвержденному расписанию и находится под постоянным контролем.

16 июня текущего года примерно в 8:40 утра на маршруте движения метробусов (около на станции "Турон") произошло дорожно-транспортное происшествие с участием грузового автомобиля, в результате чего образовалась большая пробка. По этой причине метробусы не смогли следовать по маршруту вовремя, что привело к увеличению интервала движения.
В настоящее время движение указанных метробусов осуществляется согласно расписанию и находится под постоянным контролем.

ГУП "Тошкент метрополитени"
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#BILASIZMI

🚌“Bilasizmi?” sahifamizning bugungi soni, 1980-yil 1-dekabrdan buyon poytaxtimiz aholisiga sifatli xizmat ko’rsatib kelayotgan "2-Avtobus saroyi" filialiga biriktirilgan 63-sonli "Qorasuv-1 Yunusobod 12" avtobus yo'nalishi haqida.

🔘🔘🔘 🔘🔘🔘

#ЗНАЕТЕ_ЛИ_ВЫ

🚌Сегодняшний выпуск нашей рубрики "Знаете ли вы?" посвящён автобусному маршруту №63 который прикреплён к филиалу "2-Автобусный парк", обслуживающему жителей нашей столицы с 1980 года.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati‌‌

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_muloqot
#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

"Toshshahartransxizmat" AJ Boshqaruv raisi o'rinbosari Komiljon Kadirov bugun poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi bir guruh yoshlar bilan uchrashdi
.

🔹Unda "Toshshahartransxizmat" AJ rahbariyati tomonidan yoshlarning mavjud muammolari, kelajakdagi rejalari va ularni amalga oshirish boʻyicha takliflari eshitildi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalari hamda oʻzi tadbirkorlik faoliyatini boshlash niyatida boʻlgan yoshlarga jamiyat tomonidan amaliy yordam koʻrsatilishi qayd etildi.

🎁Shuningdek, uchrashuv so'ngida jamiyat tomonidan qimmat baho sovg'alar hamda transport kartalari sovg'a qilindi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
📲 Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📇Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_marifat_soati
#milliy_liboslar_kuni

📇Bugun "Toshshahartransxizmat" AJ xodimlari bugunning eng muhim va dolzarb mavzulariga bag'ishlangan "Siyosiy ma'rifat soati"da ishtirok etib, o'zlarining siyosiy bilimlarini oshirishdi.

🇺🇿
🖼 Shu bilan birga, haftaning har juma kuni - "Milliy liboslar kuni"da milliyligimizni keng targ'ib qilish va barchaga namuna ko'rsatish maqsadida, xodimlar milliy libos va milliy do'ppimizda ish faoliyatini olib bormoqda.

📌Eslatib o'tamiz "Siyosiy-ma’rifat soati" haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐
Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️⭕️

🔺Joriy yilning 17-iyun kuni Telegram ijtimoiy tarmog'ida 105-sonli avtobusda sovutish tizimi ishlamaganligi to'g'risida e'lon qilingan videopost yuzasidan RASMIY MUNOSABAT!

✍️Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Transport vazirligi "Eco Expo Central Asia" xalqaro ko‘rgazmasida

Transport vazirligi 2025-yilning 19-21-iyun kunlari CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilayotgan Markaziy Osiyodagi ilk Xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasi - Eco Expo Central Asia’da ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida vazirlik O‘zbekistonda ekologik toza va barqaror transportni rivojlantirishga bag‘ishlangan "Yashil transport" stendini namoyish etmoqda. Tashrif buyuruvchilar yashil transport sohasidagi joriy va istiqbolli loyihalar, jumladan, elektrobuslar, temir yo‘l yechimlari va chiqindilar darajasi past bo‘lgan boshqa transport turlarini joriy etish tashabbuslarini ko‘zdan kechirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Министерство транспорта на международной выставке Eco Expo Central Asia

С 19 по 21 июня 2025 года Министерство транспорта принимает участие в первой в Центральной Азии Международной выставке экологических технологий — Eco Expo Central Asia, которая проходит в выставочном комплексе CAEx Uzbekistan.

В рамках выставки Министерством представлен стенд "Yashil Transport", посвящённый развитию экологически чистого и устойчивого транспорта в Узбекистане. Посетители могут ознакомиться с текущими и перспективными проектами в сфере зелёного транспорта, включая инициативы по внедрению электробусов, железнодорожных решений и иных видов транспорта с пониженным уровнем выбросов.
2025/06/24 19:23:38
Back to Top
HTML Embed Code: