Telegram Group Search
Tuproq unumdorligini oshirishga oid seminar o‘tkazildi

Sog‘lom tuproq sifatli va xavfsiz oziq-ovqat yetishtirish kafolatidir. Shu bois ham insoniyat risoladagidek turmush kechirishi va sifatli oziq-ovqat iste’mol qilishi uchun eng avvalo, ekin yetishtiriladigan tuproqlarning unumdorligiga e’tibor berish lozim. Tuproqning unumdorligini oshirish esa albatta, mutaxassislarning bilim va tavsiyalari asosida amalga oshiriladi.

🟢Kuni kecha “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” DUK ning mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Mingbuloq tumani “Xorazm” massivi fermer va dehqon xo‘jalik rahbarlari, boshqa yerdan foydalanuvchilar hamda tuproqshunoslar ishtirokida seminar tashkil qilindi.

Qizg‘in va foydali tarzda kechgan seminarda mutaxassislar ishtirokchilarga tuproq unumdorligi va uni oshirish, undagi oziqa elementlari, sho‘rlanish oqibatida ekin maydonlarida yetishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir qiladigan salbiy omillar haqida ma’lumotlar taqdim etishdi.

📌Seminarda olingan bilim va ko‘nikmalar fermer va dehqon xo‘jaliklariga o‘z yerlaridan oqilona foydalanib, yanada yuqori hosil olishlariga xizmat qiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tok qalamchalari bilan ishlash tartibi. Ulardan foydalanishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

🍇Toklarni ko‘paytirish uchun lozim bo‘lgan eng yaxshi qalamchalar sog‘lom, o‘z navining eng yaxshi namunasi bo‘lgan tok novdalaridan kesib olinadi.

🧬Ular o‘z tarkibida yetarlicha uglevodga boy ozuqalarni jamlagan bo‘lishi lozim, chunki ular yerga suqilgandan keyin birmuncha muddat ildiz va novdalar rivoji aynan shu ozuqa hisobidan ta’minlab turiladi.

📌Ko‘paytirish uchun yaxshi qalamchalarni saralab olish tokning sog‘lom o‘sib, unishida muhim ahamiyatga ega. Agarda qalamchalar boshqa navdan kesib olingan bo‘lsa, ko‘paytirishning mutlaqo imkoni yo‘qoladi. Buning uchun, ko‘paytirish jarayonini boshqatdan boshlash lozim bo‘ladi.

🌲Qalamchalarni tayyorlashda faqatgina bir yoshli tok novdalaridan foydalanish kerak. Bunda qalamchalar 100 tadan qilib bog‘lanadi, 2 metrga 1 metr qilib chuqur qaziladi. Chuqurga bog‘langan qalamchalar joylashtiriladi. Keyin ular tuproq bilan to‘liq ko‘mib berkitiladi.

🟢Chuqurdagi qalamchalar nam holatda saqlanishi shart. Agarda havo quruq bo‘lsa, qalamchalar ko‘milgan chuqurga suv quyish talab etiladi. Lekin namlashda ham me’yor kerak, ortiqcha suv berish muammo keltirishi tayin.

⬇️Masalan, qalamchalar suvli hududda uzoq vaqt qolsa, o‘z tanasidan yig‘ilgan energiya zaxirasini sarflash natijasida kurtaklarni uyg‘onishi tezlashadi. Bu jarayonlar qalamchalarning nobud bo‘lishiga olib keladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Turkiyaning yirik port shahri Mersinda savdo uyini tashkil etish choralari koʻrilmoqda

📢 Respublikamizda faoliyat olib borayotgan hamda Turkiyaning Mersin shahrida savdo uyini tashkil etish istagida boʻlgan tadbirkorlar diqqatiga!

🇺🇿Oʻzbekistonning Anqaradagi elchixonasi tomonidan Mersin erkin iqtisodiy zonasi (EIZ) boshqaruvchi kompaniyasi raisi E.Mum va direksiya rahbari K.Buyukyilmaz bilan muzokaralar oʻtkazildi.

‼️ Shuningdek, Mersinda faoliyat yurituvchi “Fel Group” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi E.Oʻzturk bilan hamkorlikda savdo uyi va omborxona tashkil qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

✔️ Mamlakatimiz tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlar:
🔺 Tadbirkorlik subyektlari bilan teng miqdorda ulush kiritish.
🔺 Ijara xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilib berish.

✔️ Mersin savdo imkoniyatlari:
🔺Chet davlatlardan ushbu portga olib kelingan mahsulotlar uchun bojxona toʻlovlari olinmaydi.
🔺 Agar ishlab chiqarilgan mahsulotning kamida 85% xorijga eksport qilinsa, ish haqi daromad soligʻidan ozod qilinadi.
🔺Erkin hudud faoliyatidan olingan daromadlar istalgan davlatga oʻtkazilishi mumkin.

🛒 Yuqoridagilarni inobatga olib, respublikada faoliyat olib borayotgan hamda Turkiyaning Mersin shahrida savdo uyini tashkil etish istagida boʻlgan mahalliy ishlab chiqaruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni Markaziy eksport shtabiga taqdim etishingiz mumkin.

☎️ Qoʻshimcha savol va takliflar uchun:
+99871 202 00 00
+99871 202 77 76
(ichki raqam: 1518)

Masʼul xodim: Oybek Shonanov

Markaziy eksport shtabi eksportyorlarimizni qo'llab-quvvatlashga tayyor!

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Fosfordan foydalanish iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi

🌱Fosfor o‘simliklarning ildiz tizimini mustahkamlash va meva berish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Bu esa hosildorlikni oshiradi va fermerlar uchun yuqori daromad manbai bo‘ladi.

🔼Ayniqsa, yuqori fosfor talab qiladigan ekinlarda (masalan, g‘alla, paxta, sabzavotlar va mevali daraxtlar) fosforli o‘g‘itlar yetarli darajada qo‘llanilsa, hosil miqdori sezilarli darajada ortadi.

📌Yana bir ahamiyatli tomoni, tuproqqa kiritilgan fosforli o‘g‘itlar tarkibidagi fosforning 5-15% i (dehqonchilik uchun o‘ta qulay yillarda 20% gacha) birinchi yilda ekilgan ekinlar tomonidan o‘zlashtiriladi.

🔗Demak, yerga solingan fosforli o‘g‘itlarni 80% i kelasi yillarga zaxiralanadi. Shu sababli fosforli o‘g‘itlardan foydalanish koeffitsiyentini yaxshilash yo‘llaridan biri uni zaxiraviy qo‘llashdir.

🤑Mazkur usulda har gektar maydonga 3-4 t atrofida fosforli o‘g‘it kiritiladi, bunda o‘g‘itni tuproqqa kiritish bilan bog‘liq xarajatlar keskin kamayadi.

▶️Shuningdek, fosforli o‘g‘itlar azot va kaliy o‘g‘itlari bilan birgalikda ishlatilganda samarali natijalar beradi. Bu muvozanatli oziqlantirishning o‘simliklar uchun ideal sharoit yaratishiga olib keladi va hosildorlikni ko‘paytiradi.

👍Yaxshi hosildorlik orqali fermerlar o‘g‘itlar uchun sarflagan xarajatlarni qoplaydi va qo‘shimcha daromadga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, yur unumdorligiga erishishlari ham mumkin.

📝Fosforli o‘g‘itlarning haddan tashqari yoki yetarli darajada ishlatilmasligi hosilga zarar yetkazishi mumkin. Optimal doza tanlash hosildorlikni oshirishda muhim hisoblanadi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yurtimizda sifatli tarzda yetishtirilayotgan paxtaning Xitoy navlarida qanday ijobiy xususiyatlarni ko‘rish mumkin?

▫️Xitoy paxta navlari o‘zining yuqori hosildorligi, sifatli tolasi va kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Xitoyda paxta yetishtirish agrar sanoatning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, bu yerda ishlab chiqarilgan paxta tolasining ko‘pchiligi yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega.

Xitoy paxta navlarining sifat ko‘rsatkichlari

🇨🇳Xitoyda bir nechta yuqori sifatli paxta navlari yetishtiriladi. Ushbu navlar ko‘proq “Gossypium hirsutum” (umumiy paxta) turiga tegishli bo‘lib, ba’zilari yuqori sifatli tolali hisoblanadi. Quyidagi sifat ko‘rsatkichlari eng muhimlaridandir:

Xitoy paxtasining tolasi, odatda, o‘rtacha va uzun shaklga ega bo‘lib, bu paxta mahsulotlarining sifati va mustahkamligini oshiradi.

Ushbu paxta tolasi mustahkam va elastik bo‘lib, ip-gazlamalar ishlab chiqarishda yuqori sifatli mahsulotlar olish uchun muhimdir.

Bunday paxta navlarida toza tolalilik darajasi yuqori, bu esa mahsulotlarni qayta ishlash jarayonini osonlashtiradi.

Mazkur navlar ko‘plab zararkunandalar va kasalliklarga qarshi chidamli hisoblanadi, bu esa o‘simliklarning barqaror o‘sishini ta’minlaydi.

Xitoy paxtasi hosildorlik bo‘yicha jahon miqyosida yuqori o‘rinlarda turadi. Ba’zi navlar gektariga 4-5 t gacha hosil bera oladi.

Xitoyda keng tarqalgan paxta navlari

🔝Zhongmian-41: Bu paxta navi yuqori hosildorligi va yaxshi tolasi bilan mashhur. U ko‘plab hududlarda, xususan, Xitoyning janubiy va markaziy qismlarida keng yetishtiriladi.

Xinji-1: Tolasi uzun va mustahkam bo‘lgan paxta navi bo‘lib, undan yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ushbu navi ko‘pincha Shimoliy Xitoyda yetishtiriladi.

🔗Zhongzhi-2: Uzoq muddatli vegetatsiya davriga ega bo‘lgan paxta navi bo‘lib, yaxshi iqlim sharoitlarida yuqori hosil beradi. U issiq va quruq mintaqalarda yaxshi o‘sadi.

Paxta yetishtirish imkoniyatlari bo‘lgan hududlar

🌲Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun ma’lum tuproq va iqlim sharoitlariga ehtiyoj bor. Ushbu sharoitlar quyida keltirilgan:

Paxta iliq va issiq iqlimni talab qiladi. O‘rtacha harorat 20-30°C atrofida bo‘lishi kerak. Xitoyning paxta navlarini o‘stirish uchun uzun va issiq vegetatsiya davri muhim. Shuningdek, quruq sharoitlar paxta yetishtirishda afzal hisoblanadi.

Paxta o‘simligi unumdor, yaxshi drenajlangan qumloq yoki loy tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproqning pH darajasi 6-7 bo‘lishi tavsiya etiladi.

Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun mos hududlar

🚪Ushbu paxta navlari, o‘zining yuqori hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlari tufayli, boshqa davlatlar, jumladan, O‘rta Osiyo va Markaziy Osiyo mintaqalarida ham muvaffaqiyatli yetishtirilishi mumkin.

🇺🇿O‘zbekistonning janubiy va markaziy hududlari Xitoy paxta navlarini yetishtirish uchun juda mos. Ushbu hududlarda iliq iqlim va yaxshi irrigatsiya tizimlari mavjud bo‘lib, paxta uchun optimal sharoit yaratadi. Hozirda yurtimizning ko‘plab dala maydonlarida paxtaning Xitoy navlari muvaffaqiyatli tarzda yetishtirilmoqda.

🌡Issiq iqlimi va quruq hududlari tufayli Xitoy paxta navlari Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘istonning janubiy qismlarida ham yaxshi o‘sadi. Aytish mumkin, ushbu navlar yuqori hosil va sifat ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi, bu esa qishloq xo‘jaligi uchun iqtisodiy jihatdan samaralidir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Rossiyaga 15 mln AQSH dollarlik olxo‘ri eksport qilgan

🔝O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-avgust oylarida 12 ta davlatga qiymati 24,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 30,1 ming tonna olxo‘ri eksport qilgan.

📈Olxo‘ri eksporti qiymati o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,1 mln AQSH dollariga oshgan.

2024-yilning 8 oyida O‘zbekiston eng ko‘p olxo‘ri eksport qilgan davlatlar:

🇷🇺Rossiya – 19,1 ming tonna;
🇰🇿Qozog‘iston – 9,4 ming tonna;
🇰🇬Qirg‘iz R. – 1,4 ming tonna;
🇧🇾Belarus – 177 tonna;
🇲🇳Mongoliya – 14 tonna;
🇦🇪BAA – 7,8 tonna.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sifatli urug‘lar xorijga eksport qilinmoqda

Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish maqsadida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Urug‘chilikni rivojlantirish markazi davlat muassasasi tomonidan Qozog‘iston, Ozarbayjon va Tojikiston Respublikalariga 925 tonna (1,2 mln. AQSH dollar) urug‘lik chigit eksport qilindi.

🧑‍💻Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalariga 32 tonna (47 ming AQSH dollar) sholi urug‘liklari “Uzbek seeds” milliy brendi ostida eksport qilindi.

💬Shuningdek, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi xodimlari kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida Qozog‘iston va Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston Respublikalari, Germaniya, AQSHda malaka oshirishmoqda.

💬Bevosita agrar va oziq-ovqat sohasida yangi investitsiya loyihalarini shakllantirish bo‘yicha Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tomonidan Turkiya Respublikasining “Natural seeds” hamda Ozarbayjon Respublikasining Urug‘chilik uyushmasi va Germaniyaning Petkus kompaniyasi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, loyihalar bo‘yicha kelishuvlarga erishilmoqda.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/15 11:09:32
Back to Top
HTML Embed Code: