group-telegram.com/yiatvboshqarma/12778
Last Update:
Yoshlar festivali – Parkentda katta shukuh bilan o'tdi!
⚡️Kuni kecha Parkent tumani Yoshlar bog'ida “Yangi O‘zbekiston yoshlari – birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivali bo‘lib o‘tdi.
⚡️Tadbir o‘zining fayzli muhiti, bayramona kayfiyati va yorqin dasturi bilan yoshlarning qalbiga iliqlik ulashdi. Festival doirasida yoshlar bilan samimiy muloqotlar, turli madaniy-ko‘ngilochar dasturlar, ko‘rgazmalar, sport bellashuvlari, shuningdek, mehnat yarmarkalari ham tashkil etildi.
⚡️Bayramning eng kutilgan lahzalaridan biri – yoshlarimiz sevgan san’atkorlarning sahnaga chiqishi bo‘ldi. O‘zining iste’dodi va kuy-qo‘shiqlari bilan yuraklarni zabt etgan iqtidorli san’atkorlar tomonidan konsert dasturi unutilmas taassurotlar baxsh etdi.
⚡️Ushbu festival – yoshlarimiz uchun nafaqat bayram, balki ularga bo‘lgan ishonch, yuksak umid va porloq kelajak sari qo‘yilgan yana bir mustahkam qadam bo‘ldi.