🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱
Oqbosh karam yetishtirish va hosildorlikni oshirishda ilmiy-asoslangan tavsiyalar🇺🇿 Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Farao F1, Nazomi F1, Parel F1, Iyunskaya,
o‘rtapishar Saratoni, Toshkent-10, Termiz-2500,
kechpishar Sharqiya-2, O‘zbekiston sudyasi.
🌱Ko‘chat tanlash: Erta bahor va yozgi muddatlarda ekiladigan oqbosh karam
ko‘chatlari 30-40 kunlik, barglari to‘q yashil, ildizlari durkun rivojlangan va sog‘lom bo‘lishi lozim. Dalaga ekish paytida ko‘chatlarda
6-7 ta barg bo‘lishi kerak.
✅Yer tayyorlash: Maydonlar o‘tmishdosh ekinlar qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi.
1 sotix yerga 200-250 kg chirigan go‘ng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sug‘orish
egatlari olinadi.ℹ️Ekish sxemasi:Qator oralari
70 sm, uyalar orasi
30 sm, har bir uyadagi ko‘chat soni
1 sotix maydonga 476 tup o‘simlik to‘g‘ri keladi.
➕Parvarishlash: Ko‘chat ekib bo‘lgandan keyin maydon ketma-ket sug‘oriladi. Ko‘chat tutgandan so‘ng egatlarning oralari, ko‘chatlarning atrofi yumshatiladi va birinchi o‘g‘it beriladi.
Oqbosh karam ikki marta chopiq qilinadi. Karamni oziqlantirish uchun
1 sotix maydonga 2 kg azot, 1,5 kg fosfor va 0,7 kg kaliy solinadi.
🦗🦗Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish: Karam biti, karam kuyasi, karam oq kapalagi qurtlariga qarshi biologik usulda
Oltinko‘z, xonqizi qo‘ng‘izlari qo‘llaniladi. Barg kemiruvchi qurtlarga qarshi
trixogramma tuxumxo‘ri va Brakon entomofaglari ishlatiladi. Kimyoviy usulda 10 litr suvga
"Sipermetrin 25%" em.k. (16 ml/ga), "Dolprid" 200 g/l s.e.k. (10 ml/ga) preparatlarining birontasidan foydalaniladi.
10 sotixga 60-70 litr suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi.🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram