Telegram Group Search
🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱🌱

Oqbosh karam yetishtirish va hosildorlikni oshirishda ilmiy-asoslangan tavsiyalar


🇺🇿 Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etiladigan navlar: ertapishar Farao F1, Nazomi F1, Parel F1, Iyunskaya, o‘rtapishar Saratoni, Toshkent-10, Termiz-2500, kechpishar Sharqiya-2, O‘zbekiston sudyasi.

🌱Ko‘chat tanlash: Erta bahor va yozgi muddatlarda ekiladigan oqbosh karam ko‘chatlari 30-40 kunlik, barglari to‘q yashil, ildizlari durkun rivojlangan va sog‘lom bo‘lishi lozim. Dalaga ekish paytida ko‘chatlarda 6-7 ta barg bo‘lishi kerak.

Yer tayyorlash: Maydonlar o‘tmishdosh ekinlar qoldiqlari va begona o‘tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 200-250 kg chirigan go‘ng solinadi. Tuproq 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, yirik kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi, sug‘orish egatlari olinadi.

ℹ️Ekish sxemasi:
Qator oralari 70 sm, uyalar orasi 30 sm, har bir uyadagi ko‘chat soni 1 sotix maydonga 476 tup o‘simlik to‘g‘ri keladi.

Parvarishlash: Ko‘chat ekib bo‘lgandan keyin maydon ketma-ket sug‘oriladi. Ko‘chat tutgandan so‘ng egatlarning oralari, ko‘chatlarning atrofi yumshatiladi va birinchi o‘g‘it beriladi. Oqbosh karam ikki marta chopiq qilinadi. Karamni oziqlantirish uchun 1 sotix maydonga 2 kg azot, 1,5 kg fosfor va 0,7 kg kaliy solinadi.

🦗🦗Kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish: Karam biti, karam kuyasi, karam oq kapalagi qurtlariga qarshi biologik usulda Oltinko‘z, xonqizi qo‘ng‘izlari qo‘llaniladi. Barg kemiruvchi qurtlarga qarshi trixogramma tuxumxo‘ri va Brakon entomofaglari ishlatiladi. Kimyoviy usulda 10 litr suvga "Sipermetrin 25%" em.k. (16 ml/ga), "Dolprid" 200 g/l s.e.k. (10 ml/ga) preparatlarining birontasidan foydalaniladi. 10 sotixga 60-70 litr suvda tayyorlangan aralashma ishlatiladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat viktorina!

Bu qaysi rezavor meva?
Anonymous Quiz
16%
Maymunjon
36%
Smorodina
40%
Qorag‘at
7%
Golubika
🌱🌱🌱🌱🌱🌱

"O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi" nashr etilmoqda


🌱Mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirish va bilimlarni keng targ‘ib qilish maqsadida ilk bor "O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ensiklopediyasi" nashr etilmoqda. Ushbu ensiklopediya Prezidentning 2023-yil 7-iyuldagi PQ-216-son qaroriga asosan amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim natijasidir.

📔Uch jilddan iborat ushbu ensiklopediya qishloq xo‘jaligi sohasining tarixi, zamonaviy innovatsiyalar, ilg‘or texnologiyalar, ekologik muammolar, atamalar va boshqa ko‘plab muhim mavzularni o‘z ichiga oladi. U faqatgina ilmiy ma’lumotlarni emas, balki amaliy qo‘llanmalarni ham qamrab olgan bo‘lib, agrar soha xodimlari, olimlar, talabalar uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.

🗣Ushbu loyihani amalga oshirishda 197 nafar ilmiy va pedagogik xodim faol ishtirok etib, ular tomonidan 2021-yildan boshlab ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va tizimlashtirish ishlari olib borildi. Birinchi jildining nashrga tayyorlangan loyihasi "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etiladi. Shuningdek, ensiklopediyaning elektron varianti ham ishlab chiqilgan.

Mazkur qomusiy to‘plam qishloq xo‘jaligi sohasida dunyo tajribasi, milliy qadriyatlar, zamonaviy texnologiyalar hamda ekologik muvozanatni saqlashga oid yondashuvlarni birlashtiradi. Bu ensiklopediya yangi avlod mutaxassislari uchun bilim va tajriba manbai bo‘lib, agrar sohaning samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.

▶️Uning nashr etilishi agrar ilm-fan sohasidagi yutuqlarni xalqaro hamjamiyatga taqdim etish, sohaga oid bilimlarni xalqimizga yetkazish va yangi innovatsion yechimlarni ommalashtirishda muhim qadam hisoblanadi. Bu loyiha agrar sohani isloh qilish, Uchinchi Renessans poydevorini yaratish yo‘lida tashlangan muhim qadamdir.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bogʻdorchilikni ekstremal ob-havo sharoitidan himoya qilish texnikasi va usullari

Oʻzgaruvchan iqlim sharoitida ob-havo prognozlari tobora ishonchsiz boʻlib borayotganligi sababli, bogʻbonlar ekstremal vaziyatlarga tayyor boʻlishlari kerak.

🔘Noqulay ob-havo hodisalariga dosh berishga va ularning ekinlarga salbiy taʼsirini kamaytirishga yordam beradigan bir qator oʻsimliklarni himoya qilish texnikasi va usullari mavjud.

📶Muhofazaning asosiy usullaridan biri bu boshpanalardan foydalanishdir. Bular oʻsimliklarni kuchli shamol, doʻl va haddan tashqari haroratdan himoya qila oladigan issiqxonalar, ayvonlar yoki kanoplar, agrotekstil kabi vaqtinchalik tuzilmalar yoki oʻsimliklar oʻsishi uchun yanada barqaror muhitni taʼminlovchi issiqxonalar yoki issiqxona inshootlari kabi doimiy boshpanalardan iborat boʻlishi mumkin.

➡️Oʻsimliklarni himoya qilishning yana bir muhim jihati toʻgʻri sugʻorishdir. Qurgʻoqchilik yoki issiqlik davrida oʻsimliklar hayotiyligini saqlab qolish uchun qoʻshimcha sug‘orish talab etiladi.

📰Biroq, muvozanatni unutmaslik kerak: ortiqcha namlik oʻsimliklar uchun ham zararli boʻlishi mumkin. Tuproq namligini muntazam nazorat qilish va toʻgʻri sugʻorish sizning oʻsimliklaringizni sogʻlom saqlashga, rivojlanishga yordam beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/12/27 11:37:59
Back to Top
HTML Embed Code: