O‘zbekiston-Italiya: Yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
🇺🇿 🇮🇹 Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Italiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pergabriyele Papadiya de Bottini di Sant’aneze bilan uchrashuv o‘tkazdi.
💬 Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish, yangi, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
🗣 Muloqot avvalida vazir Ibrohim Abdurahmonov O‘zbekiston-Italiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora rivoj topayotgani, ayniqsa qishloq xo‘jaligi sohasida o‘zaro tajriba almashish, agrar ta’lim yo‘nalishida talabalar almashinuvining tizimli yo‘lga qo‘yilganligini yuqori baholab o‘tdi.
✅ Uchrashuvda shuningdek, iqlim o‘zgarishi muammolariga qarshi kurashishda o‘zaro tajriba almashish, o‘zbekistonlik qishloq xo‘jaligi xodimlarini Italiya qishloq xo‘jaligi standartlarini mamlakatimizda joriy etish borasida trening kurslariga yuborish hamda o‘qitish bo‘yicha ham keyingi rejalar belgilab olindi.
🌀 Bundan tashqari, Italiya qishloq xo‘jaligi tajribasini O‘zbekistonda joriy etish bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladigan qo‘shma loyihalar borasida ham muhokamalar o‘tkazildi.
🎗 Samimiy ruhda o‘tkazilgan uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov elchi janoblariga hamrohlik qilgan Italiya – O‘zbekiston Savdo palatasi kengashi a’zosi Marko Farchining qishloq xo‘jaligida qilgan xizmatlarini munosib e’tirof etgan holda, "Qishloq xo‘jaligi fidoyisi" ko‘krak nishonini topshirdi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Kasbiy ma'rifat soati": Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati tahlil qilindi
🟢 Bugun Toshkent davlat agrar universitetida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari xodimlarining kasbiy bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Kasbiy ma’rifat soati” o‘tkazildi.
▶️ Unda vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, Toshkent davlat agrar universiteti talabalari va professor o‘qituvchilari ishtirok etdi.
❗️ Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori R.Nizomovning "Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari, ilg'or xorijiy va mahalliy tajriba hamda texnologiyalarni targ'ib qilish va joriy qilish to'g'risida"gi taqdimot ma'ruzasi tinglandi.
🗣 Taqdimotda institut tomonidan 2024-yilda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar, innovatsion yechimlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlari hamda ularning amaliy samaralari haqida batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.
💬 Bundan tashqari, xorijiy tajribalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish va ularni qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida tatbiq etish yo‘nalishlarida yo'lga qo'yilgan istiqbolli tajribalar haqida ham so'zlandi.
🟢 Shuningdek, "Kasbiy ma'rifat soati"da Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Esanqulovning “Akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-innovatsion faoliyat natijalari, ilg‘or xorijiy va mahalliy tajriba hamda texnologiyalarni targ‘ib va joriy qilish” to‘g‘risidagi taqdimot ma’ruzasi ham bo'lib o'tdi.
✅ Mazkur ma'ruzada institutning hududlardagi ilmiy-tajriba stansiyalaridagi amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha bayon etildi. Shuningdek, ilmiy faoliyat natijalarini chop etish, undan foydalanish, joriy etish hamda xorij tajribasini bog‘dorchilikdagi ahamiyati haqida ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston 11 oyda 205,5 ming tonna uzum eksport qilgan
🏢Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 174,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 205,5 ming tonna uzum eksport qilgan.
✅ O‘zbekiston 2024- yilning 11 oyida eng ko‘p uzum eksport qilgan davlatlar:
🇷🇺 Rossiya – 164,2 ming tonna;
🇰🇿 Qozog‘iston – 19,4 ming tonna;
🇰🇬 Qirg‘iz R. – 14,5 ming tonna;
🇧🇾 Belarus – 6,6 ming tonna;
🇺🇦 Ukraina – 334 tonna;
🇲🇳 Mo‘g‘uliston – 128 tonna;
🌍 Boshqa davlatlar – 393 tonna.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
🏢Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024- yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 174,7 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 205,5 ming tonna uzum eksport qilgan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchilik sohasida hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqildi
🇺🇿 🇷🇺 Joriy yil 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev Rossiya Federatsiyasi Federal baliqchilik agentligi rahbari o‘rinbosari Andrey Yakovlev bilan video-konferens-aloqa shaklida muloqot olib bordi.
🔗 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasida baliqchilik sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
✍️ Jumladan, Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan Rossiyaningmaxsus iqtisodiy zonasida Uzoq Sharq baliqchilik havzasida 2025-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi uchun 20 ming tonna mintay va 5 ming tonna seld balig‘ini ovlashga kvota ajratilishiga kelishildi.
✅ O'z navbatida, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi baliqchilik sohasidagi Qo‘shma komissiyaning 1-sessiyasining yakuniy Bayonnomasi rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔎 Uchrashuv yakunida tomonlar baliqchilik va akvakultura sohasida ilmiy-texnikaviy hamkorlik va qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish, ilmiy-texnikaviy, amaliy dastur va loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, baliqchilik tarmog‘i uchun kadrlar malakasini oshirish, mutaxassislarni tajriba almashinuvga yuborishga kelishib oldilar.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublikamizda otlarning umumiy soni 278,8 ming boshga yetgan
🏢 Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 1-oktabr holatiga respublika bo‘yicha barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlarning umumiy soni 278,8 ming boshga yetgan.
✅ Barcha toifadagi xo‘jaliklarda otlarning umumiy bosh soni (1-oktabr holatiga, ming bosh):
– Fermer xo‘jaliklarida - 65,8 ming bosh;
– Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida - 194,7 ming bosh;
– Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda - 18,3 ming bosh.
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram
– Fermer xo‘jaliklarida - 65,8 ming bosh;
– Dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida - 194,7 ming bosh;
– Qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda - 18,3 ming bosh.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM