group-telegram.com/uzedu/31680
Last Update:
#Ochiq_muloqot
✅ Bugun poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan 248-umumtaʼlim maktabida yangi baholash tizimini joriy etish, uning muhim jihatlariga bagʻishlangan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
🔹 Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Radjabov, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi masʼul xodimlari, oʻqituvchi va ota-onalar ishtirok etdi.
➖ Oʻzaro muloqot davomida joriy oʻquv yilidan boshlab mamlakatimizning 1500 ta umumtaʼlim maktabida qoʻllanib kelinayotgan oʻquvchilarni yangi baholash tizimi haqida atroflicha fikr yuritildi.
📍 Vazir oʻrinbosari Sardor Radjabov mavzuning muhim jihatlari, bunda oʻqituvchi va oʻquvchilar, ota-onalarning oʻrni, oʻzaro hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtdi hamda barchani hamjihat harakat qilishga chaqirdi.
🔹 Qayd etilganidek, ilgʻor xalqaro tajribalar asosida shakllantirilgan mazkur tizim bugun dunyoning koʻplab mamlakatlarida keng foydalanib kelinadi. Bunda oʻquvchini baholashda nisbiy emas, balki uning indivudial qobiliyati va oʻzlashtirishiga alohida eʼtibor qaratiladi.
👉 Tadbirda yangi baholash tizimini yoʻlga qoʻyishdagi tashkiliy masalalarga doir ota-onalar tomonidan berilgan savollarga masʼullar tomonidan batafsil javob berib oʻtildi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: