Telegram Group Search
Forwarded from Jadidlar izidan
❗️ 2024-yil 9-oktabr holatiga ko‘ra “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 13 307 ta o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

🌀 O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 286 ta.
Andijon viloyati: 207 ta.
Buxoro viloyati: 1381 ta.
Jizzax viloyati: 926 ta.
Qashqadaryo viloyati: 1461 ta.
Navoiy viloyati: 148 ta.
Namangan viloyati: 947 ta.
Samarqand viloyati: 1243 ta.
Sirdaryo viloyati: 101 ta.
Surxondaryo viloyati: 3956 ta.
Toshkent viloyati: 1022 ta.
Farg‘ona viloyati: 465 ta.
Xorazm viloyati: 970 ta.
Toshkent shahri: 194 ta.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

📣 Bizni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Massachusetts texnologiya instituti vitse-prezidenti Oʻzbekistonga kelmoqda

🌐 Dunyoning yetakchi oliygohlaridan biri Massachusetts texnologiya instituti akademik rivojlanish boʻyicha kansleri professor Erik Grimson bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.

⚡️ Erik Grimsonning uzoq yillik faoliyati davomida Massachusetts texnologiya instituti oʻqitish sifati va dunyodagi nufuzi jihatdan yetakchi oʻrinlarni egalladi.

Muloqotda yurtimizning barcha ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etishlari va qimmatli tajribaga ega boʻlishlari mumkin.

👉 Roʻyxatdan oʻtish

🗓 Tadbir vaqti: 15-oktyabr, 15:00
📍Manzil: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti (Movaronnahr koʻchasi 1-uy)

🔁 English

#MIT #muloqot

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
📣📣📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi.

Malaka sinovlari avval eʼlon qilingan manzillarda real vaqt rejimida test (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) shaklida oʻtkaziladi.

⚡️ Attestatsiya ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

👉 Test sinovlarini bajarish uchun:

matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt ajratiladi.


👉 Malaka sinovlarining:

birinchi bosqichida mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

ikkinchi bosqichda pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Malaka sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari belgilandi

❗️Joriy yilning avgust-dekabr oylarida maktabgacha va maktab taʼlimi tizimidagi pedagoglar uchun malaka (test) sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari maʼlum boʻldi.

👉 Ushbu manzillar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning avgust-dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 29-oktabr kuni (1 kun);
Matematika, fizika fanlaridan — 30-31-oktabr kunlari (2 kun);
Boshlangʻich taʻlim fanidan — 1-2, 4-noyabr kunlari (3 kun);
Oʻzbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 5-6-noyabr kunlari (2 kun);
Kimyo, Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fanlaridan — 7-8-noyabr kunlari (2 kun);
Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlaridan — 9-noyabr kuni (1 kun);
Fransuz tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 11-12-noyabr kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qirgʻiz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Musiqa madaniyati fanlaridan — 13-noyabr kuni (1 kun);
Jismoniy tarbiya, Tasviriy sanʻat va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi — qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi — oʼgʼil bolalar uchun) fanlaridan — 14-noyabr kuni (1 kun);
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, Oʻqituvchi-defektolog, Oʻqituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixolog, Qoraqalpoq tili (Davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanlaridan — 15-noyabr kuni (1 kun);

Shuningdek, Musiqa adabiyoti va tarixi, Musiqa nazariyasi, Sanʻat tarixi, Amaliy sanʻat, Etika va estetika, Akademik xonandalik, Anʻanaviy ijrochilik (cholgʻu ijrochiligi, xonandalik), Anʼanaviy cholgʻular ijrochiligi, Arxitektura dizayni, Axborot texnologiyalari asoslari, Badiiy gilam va gobelenlar usta-rassomi, Badiiy kashtachilik usta-rassomi, Badiiy kulolchilik usta-rassomi, Badiiy naqqoshlik usta-rassomi, Badiiy yogʻoch oʻymakorligi usta-rassomi, Baxshichilik sanʼati, Charm buyumlari dizayneri, Damli cholgʻular ijrochiligi, Damli va zarbli cholgʻular (gaboy, fagot, tuba , trombon), Dastgohli rangtasvir rassomi, Drama teatri va kino aktyorligi, Estrada cholgʻulari ijrochiligi, Estrada xonandaligi, Folklor ijrochilik sanʼati, Fortepiano ijrochiligi, Grafika rassomi, Haykaltaroshlik, Interyer dizayni, Kino va televideniya rassomi, Kompozitsiya, Kompyuter grafikasi va dizayn, Konsertmeyster (Joʻrnavoz), Lak miniatyurasi rassomi, Landshaftlar va atrof muhit dizayneri, Liboslar dizayni, Mahobatli rangtasvir rassomi, Musiqiy teatr aktyorligi, Mutaxassislikka kirish, Ommaviy bayramlar va teatrlashtirilgan tomoshalar rejissori, Qalamtasvir, Rangtasvir, Qoʻgʻirchoq teatri aktyorligi, Rangtasvir va amaliy sanʼat asarlarini qayta tiklash rassomi, Rassom-fotograf, Sanoat dizayni, Sirk sanʼati (jismoniy yoʻnalish), Tarbiyaviy ishlar metodikasi, Tarixiy teatr liboslari sanʼati rassomi, Tasviriy sanʻat (chizmatasvir, rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik), Teatr sanʻati, Teatr sahna bezagi rangtasvir rassomi, Teatr sanʼati butafori rassomi, Texnogen sanʼati, Torli cholgʻular ijrochiligi, Umumiy fortepiano, Vokal sanʻati, Xalq cholgʻulari ansambli, Xalq raqsi ijrochisi, Xonandalik, Xor dirijyorligi, Xoreografiya (Xalq sahna raqsi), Zarbli cholgʻular fanlaridan — 16-noyabr kuni (1 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

👉 Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalarga_murojaat

Avval xabar qilinganidek,
mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktab jamoalari tomonidan “Ezgulik, bilim va maʼrifatni qurol qilib, jaholat va yovuzlik yoʻlini toʻsaylik!” shiori ostida ota-onalarga murojaat yoʻllanmoqda.

📍 Namangan viloyati, Uychi tumanidagi 26-umumtaʼlim maktabida oʻtkazilgan tadbirda ham mazkur murojaat ota-onalar va keng jamoatchilik vakillariga yetkazildi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
British Council'ning ingliz tili dasturlarini yaratish bo'yicha direktori Michael Connolly O'zbekistonga kelmoqda

🌐 Markaziy Osiyo universitetlar forumi doirasida "Yangi O'zbekiston" universiteti tomonidan British Council'ning ingliz tili darsliklarini yaratish bo'yicha direktori Michael Connollyning ma'ruzasi tashkil etiladi.

Michael Connolly 50 dan ortiq davlat bilan yoshlarning ingliz tilini tez va mukammal o'rgatish va ularning bilimini baholash bo'yicha hamkorlik qiladi. Bundan tashqari uning jamoasi tomonidan o'qituvchilar malakasini oshirishga doir turli loyihalar ham yo'lga qo'yilgan.

🔹 Ma'ruza Abdulla Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda 15-oktabr, soat 14:30 da "Ingliz tilini o'qitishning ta'lim sohasida tutgan o'rni va istiqbollari" mavzusida o'tkaziladi.

👉 Roʻyxatdan oʻtish
📍Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi 6-uy

🔁 English

#BritishCouncil #CAUF

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😎Beshariq tumanidagi 35-davlat maktabgacha ta’lim muassasasi taʼmirlanib, zamonaviy tus oldi.

😄Bugun taʼlim tashkilotining foydalanishga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi, sektor rahbarlari, nuroniylar, tarbiyalanuvchilarning ota-onalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ushbu muassasa 1980-yilda 140-o‘ringa mo‘ljallab qurilgan. 2014-yilda yengil pardozlash taʼmiridan chiqarilgan. Hozirda qo‘shimcha bino, sport va musiqa zali qurilib, mavjud binolarda rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi.

Ayni vaqtda taʼlim tashkilotining imkoniyati 360 o‘ringa yetkazildi. Endilikda mazkur muassasada ingliz va rus, musiqa darslaridan ham taʼlim berib boriladi.

Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Axborot xizmati

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimlaridan iborat Ishchi guruh tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishdagi mavjud muammolar joyiga chiqqan holda oʻrganilmoqda.

📍 Ayni damda Qarshi shahrida oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatining tuzilgan bitim talablariga mosligi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tadbirkor va pedagoglarga uslubiy yordam koʻrsatilmoqda.

👉 Jumladan, hududdagi 230 nafar oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tadbirkorlariga oʻquv seminari tashkil etildi. Unda Qarshi shahar, Qarshi tumani hamda Nishon tumanidagi oilaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari faol ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/16 10:41:54
Back to Top
HTML Embed Code: