Telegram Group Search
Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 100-sonli umumta'lim maktabida bilimli o'quvchilarni qo'llab-quvvatlash, moddiy va ma'naviy rag'batlantirish, ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida "Direktor stipendiyasi" joriy qilindi.

🔰Mazkur stipendiya 2024-2025-o'quv yilida ta'lim olayotgan 1-4 hamda 5-11 sinf o'quvchilari uchun amal qiladi.

👉Kuni kecha maktabning 2-“A”sinf o’quvchisi Azizaxon Tojibayeva, 9-“B” sinf o’quvchisi Asaliya Ergashevalar dastlabki stipendiya sohiblari bo'lishdi. Maktab ma'muriyati tomonidan g'oliblarga sertifikatlar tantanali topshirildi.

👍E'tiborlisi, iqtidorli va bilimli o'quvchilarga maktab direktori Shuhrat Ro'ziyev o'z maoshi hisobidan har biriga 500 000 so'mdan stipendiya ajratmoqda.

🖌 Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati

👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing:
👉 https://www.group-telegram.com/ToshkentshaharMMTB
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida fransuz tili o‘qitiladi

Joriy yilning 14-15-oktabr kunlari Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet xalqaro haftalik doirasida Toshkent shahriga tashrif buyurdi.

😄Natali Lasslet Parij shahrida imzolangan grant kelishuvini amalga oshirish maqsadida poytaxtdagi 34-sonli hamda 100-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

📌So‘ngra Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorlari malaka oshirish institutida ikkinchi xorijiy til sifatida fransuz tili joriy qilinadigan MTT rahbar va metodistlari uchun “Kokoro lingua” platformasidan foydalanish bo‘yicha seminar tashkil etildi.

✏️ Maʼlumot uchun: 2024-yilning 3-oktabr kuni Parij shahridagi O‘zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasi binosida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Xilola Umarova hamda Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha taʼlim tashkilotida 5-6 yoshlik bolalar uchun bepul fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolagan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov hamda Jahon banki Bosh iqtisodchisi janob Hiroshi Saeki boshchiligidagi delegatsiya vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📍 Uchrashuv davomida tomonlar:

taʼlim tizimini raqamlashtirishga oid masalalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
oʻqituvchilar malakasini oshirish borasidagi birgalikda loyihalarni davom ettirish;
raqamlashtirish boʻyicha loyihalarga grant mablagʻlarni jalb qilish;
istiqboldagi boshqa hamkorlik masalalarin
i atroflicha muhokama qilishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Jadidlar izidan
❗️ 2024-yil 14-oktabr holatiga ko‘ra “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 111 610 ta o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

🌀 O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 8 400 ta.
Andijon viloyati: 4 124 ta.
Buxoro viloyati: 3 415 ta.
Jizzax viloyati: 2 439 ta.
Qashqadaryo viloyati: 11 180 ta.
Navoiy viloyati: 10 368 ta.
Namangan viloyati: 3 140 ta.
Samarqand viloyati: 9 570 ta.
Sirdaryo viloyati: 1 296 ta.
Surxondaryo viloyati: 33 781 ta.
Toshkent viloyati: 10 106 ta.
Farg‘ona viloyati: 4 174 ta.
Xorazm viloyati: 6 204 ta.
Toshkent shahri: 3 413 ta.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda!

📣 Bizni @jadidlarizidanuz telegram kanalida kuzatib boring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_forum

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy-tadqiqot institutida Britaniya Kengashining Ingliz tili dasturi rahbari Michael Connolly bilan uchrashuv tashkil etildi.

📍 Poytaxtimizda davom etayotgan Markaziy Osiyo universitetlari forumi doirasida boʻlib oʻtgan tadbirda olimning “Ingliz tilini oʻqitishning taʼlim sohasida tutgan oʻrni va istiqbollari” mavzusida ochiq muloqot shaklidagi maʼruzasi tinglandi.

Unda ingliz tili fani oʻqituvchilari, talaba va oʻquvchi-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. O‘zaro muloqot shaklida o‘tkazilgan tadbirda bildirilgan fikrlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.

👉 Maʼlumot uchun: Maykl Konolli ingliz tilini yuqori sifatli va inklyuziv oʻqitish, oʻrganish, baholash, shuningdek, yoshlar uchun raqamli va boshqa asosiy koʻnikmalarni taqdim etish boʻyicha qator xalqaro tashkilotlar bilan doimiy hamkorlik qilib keladi. Uning ilmiy tajribasi Yaponiya, Ispaniya, Misr kabi mamlakatlardagi pedagoglar kasbiy faoliyatida keng qoʻllaniladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/16 14:14:12
Back to Top
HTML Embed Code: