Soha rivojiga oid harakatlarni shubha ostiga qo‘yadigan yagona omil — bu mas’uliyatsizlikdir📍Qishloq xo‘jaligida
zamonaviy texnologik uslublarni qo‘llash, istiqbolli loyihalarni tatbiq etish,
hosildorlikka yo‘nalgan agrotexnik tadbirlar ko‘lamini kengaytirish, shuningdek, tizimga oid potensial ko‘rsatgichlarni yanada rivojlantirish masalasi doim ustuvor vazifalar sifatida ko‘riladi.
🤔Ayni shu jarayonlarni o‘rganish, sohada amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini o‘rganish maqsadida
Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning tashrifga oid navbatdagi manzili Xovos tumanidagi "Numon eks" paxta qabul qilish maskani bo‘ldi.
❌Afsuski, ushbu maskandagi holat unchalik ham quvonarli emas. Paxtani qabul qilish, u yuklangan transport raqamini ro‘yxatga kiritib, mahsulotning sof qiymatini aniqlash va
"agaroplatforma.uz" tizimiga raqamlarga oid muhim ma’lumotlarni shaffof tarzda kiritish masalasida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Jamlangan umumiy paxta borasidagi ma’lumotlarni platformada aks ettirish va uni sinxronlash borasida tajribasizlik mavjudligini ko‘rish mumkin.
↔️Ta’kidlash o‘rinli, maskan xodimlarida
paxtani vaqtinchalik saqlashdan ko‘zlangan maqsad nimaligi, saqlashga oid tushunchalar,
mahsulotni sifat darajasida jamlash uchun qanday uslubiy qo‘llanmalardan foydalanish zarurligi borasida ham xabardorlik mavjud emas. Paxtani shartnoma asosida qabul qilishing o‘ziga xos majburiyatlari haqidagi tushunchalar ham ishchi xodimlarga yetarlicha singdirilmagan.
ℹ️Ishga nisbatan bunday sovuqqonlik bilan yondashuv quyidagicha
salbiy oqibatlarni keltirishi mumkin:
➖maskanda jamlangan paxtaning umumiy qiymatini aniqlashda muammolar yuzaga keladi;
➖vaqtinchalik saqlash uchun keltirilgan paxtaning navlarini ajratib olishda qiyinchiliklar ortadi;
➖mahsulotning sifat ko‘rsatgichi borasidagi statistik holat tushunarsizlashadi.
➡️Vazir ushbu holatni keskin tanqid qilarkan, avvalo, xodimlardagi potensial salohiyatni oshirish, keltirilgan paxtaning
sof qiymatini platformalarda aks ettirish borasida tajribani rivojlantirish, tizimda olib borilayotgan rivojlanishga oid harakatlarni
shubha ostiga qo‘yadigan bu kabi kechirib bo‘lmas mas’uliyatsizliklarga barham berish bo‘yicha o‘zining ko‘rsatma va topshiriqlarini berdi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram