Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#uchrashuv
Soliq qo‘mitasi Raisi tizimda faoliyat yuritayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashdi
Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev soliq organlarida mehnat qilayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ulardan bir qanchasi rahbarlik lavozimlarida, jumladan viloyat soliq boshqarmalaridagi mas'ul tuzilmalar, tuman, shahar soliq inspeksiyalariga rahbarlik qilmoqda.
Sh.Kudbiyev barcha xodimalarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, ularning ishtirokisiz soliq tizimining samarali faoliyatini tasavvur qilish qiyinligini taʼkidladi. Suhbat chog‘ida mehnat sharoitlari va karyera istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tadbir qatnashchilari professional muhitni yaxshilashga qaratilgan o‘z fikrlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Qo'mita Raisi tomonidan "korxonabay" va "mahallabay" yo'nalishlarda ishlayotgan xodimlarni rag'batlantirish hamda KPI tizimining ayrim mezonlarini qayta ko'rib chiqish taklifi qo'llab-quvvatlandi.
Halol mehnati va soliq qonunchiligini keng jamoatchilikka yetkazishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimi Mukambar Tojiboyevaga navbatdan tashqari maxsus unvon berildi.
Uchrashuvdagi iliq va samimiy muhit barcha qatnashchilarga har bir xodimning hissasi qadrlanadigan katta jamoaning muhim a'zosi, bir qismi ekanini his qilish imkonini berdi.
Tadbir yakunida Sh.Kudbiyev ayollarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat, farovonlik va yangi yutuqlar tiladi.
_________
#встреча
Более тысячи женщин в налоговой службе: теплая встреча с председателем накануне праздника
В преддверии Международного женского дня председатель Налогового комитета провел встречу с более чем тысячей женщин, работающих в налоговых органах. Некоторые из них занимают руководящие должности, в том числе возглавляют ответственные структуры в областных налоговых управлениях, а также руководят районными и городскими налоговыми инспекциями.
Ш.Кудбиев искренне поблагодарил всех сотрудниц за труд, отметив, что без их участия сложно представить эффективную работу налоговой системы. В беседе обсуждались актуальные вопросы, связанные с условиями работы и карьерными перспективами.
Участницы встречи поделились своими мнениями и предложениями, направленными на улучшение профессиональной среды. Председателем поддержаны инициативы по поощрению сотрудников, работающих по системе «корхонабай» и «махаллабай», и пересмотру некоторых критериев KPI.
За добросовестный труд и активный вклад в широкое разъяснение общественности налогового законодательства сотрудница Ташкентской области Мукамбар Таджибаева повышена в специальном звании.
Теплая и душевная атмосфера встречи позволила всем присутствующим почувствовать себя частью большой команды, где ценят вклад каждого сотрудника.
В завершение мероприятия Ш.Кудбиев поздравил женщин с наступающим праздником, пожелал им успехов, благополучия и новых достижений.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#mahallabay
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar oʻrganildi
Fargʻona viloyati Qoʻshtepa tumanidagi “Namuna”, “Qorajiyda” “Kichik beshkapa” hamda “Loyson” MFYlari “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Soliq qoʻmitasi Raisi Sh.Kudbiyevga biriktirilgan.
Ushbu hududlarda kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish maqsadida Sh.Kudbiyev Qoʻshtepa tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Namuna” va “Qorajiyda” MFYlarda mahalla yettiligi hamda mahalla faollari bilan uchrashib, hududdagi aholi tomonidan tomorqadan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish, suv bilan taʻminlash, suvni tejovchi sugʻorish tizimlari, elektr energiyasi bilan taʼminotidagi muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
Mahalladagi aholi bilan suhbatlashib, ularning tomorqani doimiy daromad olish manbaiga aylantirish boʻyicha masʻullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida bajarilayotgan ishlar tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan joyiga chiqqan holda oʻrganildi hamda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli yakunlash yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Forwarded from Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi | АРГОС
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Давлат_хизматчиси
⚡️Дилдора Хашимова: Давлат хизматчиси учун энг муҳим жиҳат — ҳалоллик ва садоқат
"Давлат хизматчиси" рукнимизнинг бу галги қаҳрамони Ўзбекистон Республикаси Солиқ қўмитаси Жамоатчилик билан алоқалар бошқармаси бошлиғи Хашимова Дилдора Хуррамовна. Давлат хизматида ишлаш — унинг болалик орзуси бўлган.
— Солиқ тўловчилар янгиликларимизни кутади, — дейди у. — Одамларнинг сизга бўлган ишончи — энг катта ютуғингиз.
Оила ва карьера ўртасидаги мувозанатни сақлаб, давлат хизматида муваффақиятли ишлаётган қаҳрамонимизнинг фикрларини тинглаб кўринг.
📱 Youtube саҳифамизда батафсил.
Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Moʻtabar onaxonlar, aziz opa-singillar!
Barchangizni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan o‘z nomimdan va Farg‘ona viloyati soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan samimiy tabriklayman.
Ayol jamiyat gultoji, millat tarbiyachisi. Uning mehr-muhabbati navnihollarni, ertamiz egalarining unib-o‘sishiga, kamol topishiga sabab bo‘ladi. Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtli bo‘ladi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir. Ayollarga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va, albatta, shunday bo‘lib qoladi.
Fursatdan foydalanib, barchangizga oilaviy baxt-saodat, sihat-salomatlik va xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!
Bahor va nafosat bayrami muborak bo‘lsin, dilbar ayollar!
Ehtirom ila,
Maqsudxon Mamatxanov,
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i

Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ayollar!
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2025-yil 11-mart
fevral oyi uchun:
- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);
mart oyi uchun:
- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);
- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);
- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).
Telegram I Facebook I

#barqarorlik_reytingi
Tadbirkorlar faoliyat manziliga borgan holda tushuntirish ishlari olib borilmoqda
Tadbirkorlarni Barqarorlik reytingida yuqori toifaga chiqishiga ko’maklashish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz muloqotlar davom etmoqda.
Mutaxassislar tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni shaxsiy kabinet orqali birma-bir tahlil qilib, mavjud kamchiliklarni batafsil tushuntirmoqdalar. Shuningdek, ularni yuqori toifaga olib chiqish uchun zarur maslahat va tavsiyalar berilmoqda.
Bundan tashqari, uchrashuvlar jarayonida soliq qonunchiligiga kiritilayotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati ham tadbirkorlarga yetkazildi.
Telegram I Facebook I Instagram I Youtube