group-telegram.com/soliq_Live/6462
Last Update:
BUXORO XALQARO AEROPORTIDA CHET EL FUQAROLARIGA “TAX FREE” SUMMASINI QAYTARIB BERISH XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI SHOXOBCHA ISH BOSHLADI
🔸2023 yil 1 yanvardan boshlab chet davlat fuqarolariga ular tomonidan O’zbekiston hududidagi chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlaridan ayrim turdagi tovarlarni sotib olishda to‘langan QQS summasi “tax free” tizimi orqali qaytarib beriladi.
🔸Buxoroda ushbu pul mablag‘larini qaytarishni rasmiylashtirish jarayonlari Buxoro xalqaro aeroportida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” unitar korxonasining servis shoxobchasi orqali amalga oshiriladi.
✅Bugun mazkur shoxobcha o‘z ishini boshladi.
🔸Bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Soliq servis” unitar korxonasi, viloyat davlat soliq va bojxona boshqarmalari hamda Buxoro xalqaro aeroporti mas’ullari ishtirok etdilar.
▫️Ta’kidlanishicha, “Tax free” respublikaning barcha hududlaridagi chakana savdo obyektlarida qaror bilan tasdiqlangan roʻyxatga kiritilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi.
🔸Buning uchun chet davlat fuqarosi “Soliq” mobil ilovasida roʻyxatdan o‘tishi va xaridlari boʻyicha taqdim etilgan onlayn-NKT fiskal cheklarini skanerlashi kerak.
▫️“Tax free” summasini hisoblash, uni chet davlat fuqarosining bank plastik kartasiga yoki bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish tizim operatori “Soliq-servis” DUK tomonidan amalga oshiriladi.
🔸“Tax free” summasi chet davlat fuqarosining respublika hududidan chiqib ketish holati tasdiqlangan soʻng, xarid amalga oshirilgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin qaytariladi.
✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
BY Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260
Share with your friend now:
group-telegram.com/soliq_Live/6462