Tok qalamchalari bilan ishlash tartibi. Ulardan foydalanishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?🍇Toklarni ko‘paytirish uchun lozim bo‘lgan eng yaxshi qalamchalar
sog‘lom, o‘z navining eng yaxshi namunasi bo‘lgan
tok novdalaridan kesib olinadi.
🧬Ular o‘z tarkibida yetarlicha uglevodga boy ozuqalarni jamlagan bo‘lishi lozim, chunki ular yerga suqilgandan keyin birmuncha muddat ildiz va novdalar rivoji aynan shu ozuqa hisobidan ta’minlab turiladi.
📌Ko‘paytirish uchun
yaxshi qalamchalarni saralab olish tokning sog‘lom o‘sib, unishida muhim ahamiyatga ega. Agarda qalamchalar
boshqa navdan kesib olingan bo‘lsa, ko‘paytirishning mutlaqo imkoni yo‘qoladi. Buning uchun, ko‘paytirish jarayonini
boshqatdan boshlash lozim bo‘ladi.🌲Qalamchalarni tayyorlashda faqatgina bir yoshli tok novdalaridan foydalanish kerak. Bunda qalamchalar
100 tadan qilib bog‘lanadi, 2 metrga 1 metr qilib chuqur qaziladi. Chuqurga bog‘langan qalamchalar joylashtiriladi. Keyin ular
tuproq bilan to‘liq ko‘mib berkitiladi.
🟢Chuqurdagi qalamchalar
nam holatda saqlanishi shart. Agarda havo
quruq bo‘lsa, qalamchalar ko‘milgan chuqurga
suv quyish talab etiladi. Lekin namlashda ham
me’yor kerak,
ortiqcha suv berish muammo keltirishi tayin.
⬇️Masalan, qalamchalar suvli hududda uzoq vaqt qolsa, o‘z tanasidan yig‘ilgan
energiya zaxirasini sarflash natijasida kurtaklarni uyg‘onishi tezlashadi. Bu jarayonlar qalamchalarning nobud bo‘lishiga olib keladi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram