Telegram Group & Telegram Channel
📣 “Ilm-fan va innovatsion rivojlanish” jurnalining 2024-yil 5-sonida Namangan toʻqimachilik sanoati instituti xodimlari – t.f.d., professor Muradov Rustam Muradovich, t.f.f.d. (PhD), doktorant Saloxiddinova Maxliyo Nurmuxammad qizi hamda Namangan muhandislik texnologiya instituti dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Qosimov Axtam Akramovich tomonidan yozilgan “Paxtani tashishda havodan ajratish jarayoni eksperimentlarini rejalashtirish va optimallashtirish” sarlavhali maqola chop etilmoqda.

Maqolada paxta tozalash korxonalari hududida asosiy binolardan uzoq masofada joylashgan g‘aramlardagi paxtani quvurlar orqali tashishda qo‘llaniladigan qo‘zg‘aluvchan qurilma bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining tahlili keltirilgan.

O‘rganishlar davomida mazkur qurilmaning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham ko‘zga tashlangan, qurilma ish samaradorligining pastligi, tashish hamda paxtani havodan ajratish jarayonida tola va chigit sifatiga zarar yetishi, tolaning yo‘qotilishi kabi holatlar aniqlangan.

Ushbu kamchiliklarni kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida qo‘zg‘aluvchan qurilma uchun takomillashgan separator taklif etildi. Mazkur konstruksiya paxta tozalash korxonasining ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilib, ishlab chiqarish sharoitida ham sinab ko‘rildi.

Yangi konstruksiyaga doir tadqiqotlarning optimal parametrlarini aniqlash uchun tajribalar rejalashtirildi va belgilangan standart asosida o‘tkazildi. Tajribalar mobaynida olingan qiymatlar zamonaviy kompyuter dasturida qayta ishlanib, regression tenglamalar olindi. Styudent mezoni asosida regression tenglamalar koeffisientlarining ahamiyatga molikligi, Fisher mezoni yordamida esa olingan tenglamaning adekvatligi, ya’ni to‘g‘riligi tekshirib ko‘rildi.

Facebook
| Telegram | Web | Instagram

group-telegram.com/Ilmfanjurnali/448
Create:
Last Update:

BY "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali

Share with your friend now:
group-telegram.com/Ilmfanjurnali/448

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

On December 23rd, 2020, Pavel Durov posted to his channel that the company would need to start generating revenue. In early 2021, he added that any advertising on the platform would not use user data for targeting, and that it would be focused on “large one-to-many channels.” He pledged that ads would be “non-intrusive” and that most users would simply not notice any change. Oleksandra Matviichuk, a Kyiv-based lawyer and head of the Center for Civil Liberties, called Durov’s position "very weak," and urged concrete improvements. 'Wild West' Either way, Durov says that he withdrew his resignation but that he was ousted from his company anyway. Subsequently, control of the company was reportedly handed to oligarchs Alisher Usmanov and Igor Sechin, both allegedly close associates of Russian leader Vladimir Putin.
from ye

Telegram "Ilm-fan va innovatsion rivojlanish" ilmiy jurnali
FROM American