Telegram Group & Telegram Channel
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF
tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart. Belgilangan hollarda oyning soʻnggi kuni bilan keyingi oy 10-kuniga qadar o‘tgan oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta EHF taqdim etiladi.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

Soliq to‘lovchilarning elektron tizimga o‘tishlarini yengillashtirish va qulay sharoit yaratish hamda soliqchi-ko‘makchi tamoyili asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) keyingi oyning 10-sanasigacha rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.
Hozirda 1 000ga yaqin korxona oy boshida QQS hisoboti taqdim etilgandan keyin EHF rasmiylashtirmoqda. Bu orqali kontragent uchun QQSni asossiz hisobga olish manfaatida ayrim tadbirkorlar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, soliq summalarini kamaytirishga oid turli sxemalardan foydalanib ushbu berilgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, "Sh. J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun QQS hisobotini 2025-yil 1-yanvarda soliq organiga taqdim etgan. Hisobot berilganidan so‘ng 2-yanvarda o‘tgan yil dekabr uchun EHF yozib, "M.K.T" XKdan 20 so‘mga taxta mahsulotlarini xarid qilgan.
O‘z navbatida ushbu taxta mahsulotlarini 2-3-yanvar kunlari yana dekabr bilan EHF yozib "XS" MCHJga 491 mlrd so‘m (shundan QQS 52,6 mlrd so‘m)ga sotgan. "XS" MCHJ esa EHFlar orqali ushbu mahsulotlarni 70 dan ziyod kontragentlarga sotish orqali QQSni asossiz hisobga olinganligi ma’lum bo’lgan.

Shuningdek, "Sh.J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun hisobot taqdim etgandan keyin rasmiylashtirilgan EHFlar uchun qayta hisobot topshirmasdan 3-yanvarda Andijon viloyatidagi "D" MCHJ tarkibiga qo‘shilib ketgan.
E'tiborlisi, "D" MCHJning bugungi kunda davlat budjetidan 7,7 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

❗️Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida yanvar oyi uchun EHF rasmiylashtirish muddati fevral oyining 9-sanasigacha hamda kelgusida ushbu muddatlar bosqichma-bosqich qisqartirilib borilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/soliqnews/15035
Create:
Last Update:

BY Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal

Warning: Undefined variable $i in /var/www/group-telegram/post.php on line 260

Share with your friend now:
group-telegram.com/soliqnews/15035

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

Ukrainian forces successfully attacked Russian vehicles in the capital city of Kyiv thanks to a public tip made through the encrypted messaging app Telegram, Ukraine's top law-enforcement agency said on Tuesday. You may recall that, back when Facebook started changing WhatsApp’s terms of service, a number of news outlets reported on, and even recommended, switching to Telegram. Pavel Durov even said that users should delete WhatsApp “unless you are cool with all of your photos and messages becoming public one day.” But Telegram can’t be described as a more-secure version of WhatsApp. Meanwhile, a completely redesigned attachment menu appears when sending multiple photos or vides. Users can tap "X selected" (X being the number of items) at the top of the panel to preview how the album will look in the chat when it's sent, as well as rearrange or remove selected media. Russian President Vladimir Putin launched Russia's invasion of Ukraine in the early-morning hours of February 24, targeting several key cities with military strikes. Telegram does offer end-to-end encrypted communications through Secret Chats, but this is not the default setting. Standard conversations use the MTProto method, enabling server-client encryption but with them stored on the server for ease-of-access. This makes using Telegram across multiple devices simple, but also means that the regular Telegram chats you’re having with folks are not as secure as you may believe.
from ye

Telegram Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
FROM American