Telegram Group & Telegram Channel
Har bir xodim mas’uliyatni his qilgan holda vijdonan ishlasa, natija ham shunga yarasha bo'ladi

🟢Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda vazirlik markaziy apparati, departament va boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

💬Yig‘ilishda bir qancha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Xususan, shu kecha-kunduzda mamlakatimiz hududlarida paxta ekinini nest-nobud qilmasdan yig‘ib-terib olish jarayonlari hamda paxta qabul qilish maskanlarida paxta qabul qilishning kunlik hisob-kitobini yuritish masalalari, xususan, amaldagi raqamlarning “Agroplatforma” axborot tizimida aks ettirilayotgan raqamlarga mutanosibligi jihatlari tahliliy muhokama qilindi.

▶️Bundan tashqari joriy yildan e’tiboran, mamlakatimiz dalalarida ilk bor ekilgan xorijiy g‘o‘za navlarini kelgusi yilgi ekish ishlariga hozirdanoq kirishish kerakligi, joriy yilda xorijiy g‘o‘za navlarini parvarishlash, sifatli hosil olish va turli navlarni tajribadan o‘tkazish borasida keng ko‘lamli, natijaga yo‘nalgan ishlar amalga oshirilganligini, keyingi yillarda ham keng dalalarda xuddi shu yo‘sinda tizimli ravishda mazkur jarayonlarni amalga oshirishda har birimiz jonbozlik ko‘rsatishimiz kerakligini aytib o‘tdi.

🤔Yig‘ilishda xalqaro aloqalarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bunda hamkor mamlakatlar bilan mavjud aloqalarni yanada mustahkamlash, bu orqali umumiy o‘sish va farovonlikka erishishga qaratilgan kelgusi hamkorlik uchun ham yangi imkoniyatlar ochilishi aytib o‘tildi.

🟢Shuningdek, kuzgi g‘alla ekish ishlarining joriy holati ham tahlil qilindi. Vazir hududlarga "Ishchi guruhlar" chiqqan holda mavjud vaziyatni o‘rganishi, zarur bo‘lganda amaliy choralar ko‘rish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ijro masalalari ham muhokama qilindi. Unda bugungi islohotlar jarayonidagi kamchilik va muammolar, ularni hal etish yo‘llari, ijro intizomini mustahkamlash masalalari atroflicha tahlil qilindi. Bunda asosiysi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni tashkil etish, ushbu hujjatlarni ijrochilarga tezkor yetkazilishi, mazkur hujjatlar ijrosi amalda nazorat qilinishini shaxsan tashkil etish hamda o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishini ta’minlash ijro intizomini mustahkamlashdagi asosiy vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.

❗️Yig‘ilish yakunida, bugun har bir xodim eski qolipdagi, real hayotdan uzoq, yuzaki yondashuvlarga yo‘l qo‘ymasligi, bugungi shiddatli taraqqiyot hamma sohalarda vaziyatni tanqidiy baholab, ularni rivojlantirishda yangicha usul va samarali tizimlarni, zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etishni, yuksak mas’uliyat va tashabbuskorlikni talab etishi aytib o‘tildi. Shu nuqtayi nazardan, har bir mas’ul xodim ishiga vijdonan, o‘zaro kollaboratsiyaga asoslangan ish olib borish muhimligi ta'kidlandi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

group-telegram.com/uzagroministry/31516
Create:
Last Update:

BY QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI

Share with your friend now:
group-telegram.com/uzagroministry/31516

View MORE
Open in Telegram

Telegram | DID YOU KNOW?

Date: |

The Dow Jones Industrial Average fell 230 points, or 0.7%. Meanwhile, the S&P 500 and the Nasdaq Composite dropped 1.3% and 2.2%, respectively. All three indexes began the day with gains before selling off. NEWS One thing that Telegram now offers to all users is the ability to “disappear” messages or set remote deletion deadlines. That enables users to have much more control over how long people can access what you’re sending them. Given that Russian law enforcement officials are reportedly (via Insider) stopping people in the street and demanding to read their text messages, this could be vital to protect individuals from reprisals. And indeed, volatility has been a hallmark of the market environment so far in 2022, with the S&P 500 still down more than 10% for the year-to-date after first sliding into a correction last month. The CBOE Volatility Index, or VIX, has held at a lofty level of more than 30. 'Wild West'
from ye

Telegram QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
FROM American